Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2004 07.05.1992 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.05.1992 yildagi 225-son
Kuchga kirish sanasi
07.05.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GIDROMETEOROLOGIYA BOSh BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Gidrometeorologiya xizmatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan..
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 7-maydagi 225-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi (“Boshgidromet”) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya tizimiga rahbarlikni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshgidromet” gidrometeorologiya sohasida tarmoqlararo boshqaruvni va respublikaning butun hududida tabiiy muhitning ifloslanish darajasini kuzatishni amalga oshiradi hamda unga topshirilgan faoliyat sohasining ahvoli va rivojlanishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Boshgidromet” O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom, gidrometeorologiya bo‘yicha xalqaro shartnomalar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Boshgidromet” zimmasiga quyidagilar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika xalq xo‘jaligi, aholisi va mudofaasini gidrometeorologik ta’minlash, gidrometeorologik kuzatishlar davlat tizimini va tabiiy muhitning ifloslanishi, uning oqibatlarini kuzatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va xalq xo‘jaligi uchun yetkaziladigan zararni kamaytirish, xavf yoki zararning oldini olish maqsadida favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi yoki jiddiy zarar yetkazuvchi stixiyali gidrometeorologik hodisalar va tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida oldindan ogohlantirish tizimini amalga oshirish, shuningdek, ofatlar, halokatlar oqibatlarini tezda bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik xarakteristikalar ustidan kuzatishlarni amalga oshirish, ob-havoni, daryolarda suvning oz-ko‘pligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini, iqlimning o‘zgarishini uzoq muddatli va qisqa muddatli prognoz qilishni yaxshilash, tabiiy muhit ifloslanishining monitoringini amalga oshirish va takomillashtirish, radioaktivlik ham shu jumlaga kiradi, ionosferaning holatini, radio to‘lqinlarning tarqalishi shart-sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarning ilmiy texnikaviy darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlari va yaylovlardagi o‘simliklarning holati, stixiyali gidrometeorologik hodisalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq, quruqlik yuza suvlarining ifloslanishi, uning oqibatlari ustidan muntazam kuzatishni tashkil etish va amalga oshirish, bu oqibatlarni tahlil etish, ifloslantiruvchi moddalarning chegaralar orasida ko‘chishini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik axborot to‘plashni amalga oshirish, uni tahlil etish va umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni haqiqiy va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar va iqlimning o‘zgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborot, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli stixiyali gidrometeorologik hodisalar, tabiiy muhitning ekstremal ifloslanishi to‘g‘risidagi shoshilinch axborot bilan ta’minlash. Gidrometeorologik sharoitlarni, tabiiy muhitning ifloslanish darajasini o‘rganish va baholash ishlarini bajarishda “Boshgidromet” vazirliklar va O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining boshqa organlari ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududidagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi, xavfli va stixiyali gidrometeorologik hodisalarning paydo bo‘lishi, tabiiy muhitning ekstremal ifloslanishi to‘g‘risidagi, radioaktiv ifloslanish ham shu jumlaga kiradi, shoshilinch axborot va ogohlantirishlarni davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyalar, fuqaro mudofaasi organlari orqali yetkazish, haqiqiy va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar hamda iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi joriy axborot aholiga davlat boshqaruvi organlari va ommaviy axborot vositalari orqali bu organlar bilan kelishilgan sxema bo‘yicha yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Meteorologiya Tashkilotining Xalqaro ob-havo xizmati tizimida mintaqaviy meteorologik markaz vazifasini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish, vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi ishlarni davlat nazoratiga olish va ularni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarni kosmik va boshqa vositalar yordamida olinadigan tabiiy resurslar tez o‘zgaradigan parametrlarining uzoqdan turib olingan o‘lchovlari ma’lumotlari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stixiyali ofatlar, sanoat halokatlari va boshqa favqulodda vaziyatlar rayonlarida halokat-qutqarish va tiklash ishlarini gidrometeorologik axborot bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yo‘li bilan suvni hisobga olish va davlat suv kadastrlarini yuritishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy muhitning ifloslanishi to‘g‘risida davlat gidrometeorologiya fondi ma’lumotlarini va davlat fondi ma’lumotlarini yuritish, shuningdek, axborotni markazlashtirilgan holda hisobga olish va o‘z vakolati doirasida uni bu fondlarning iste’molchilariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya, tabiiy muhitning ifloslanishi va uning oqibatlari, gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish va uni nazorat qilish muammolari bo‘yicha fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya ixtisosi bo‘yicha radio operatorlar va o‘rta malakali mutaxassislar tayyorlash, tabiiy muhitning ahvoli, respublika hududidagi iqlim, agrometeorologik sharoitlar va suv resurslari, tabiiy muhitning ifloslanishi va uning oqibatlari to‘g‘risida ilmiy texnikaviy, ilmiy-amaliy va o‘quv adabiyoti tayyorlash va nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
antropogen faoliyatning gidrometeorologik jarayonlar, iqlim, tabiiy muhitga ta’sirini tahlil etish hamda uning zararli oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda xalq xo‘jaligi tegishli tarmoqlarining gidrometeorologik ta’minoti, tabiiy muhitning ifloslanishini kuzatish va ularni ro‘yobga chiqarish rejalari va sxemalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning loyihalashtirilishi uchun gidrometeorologik xarakteristikalar hisob-kitoblari uslublari va tabiiy muhitning ifloslanish darajasi bo‘yicha me’yor va qoidalarni ishlab chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish kuchlari va yirik xalq xo‘jaligi inshootlarini joylashtirish sxemalarini gidrometeorologik asoslash, texnik-iqtisodiy asoslashlar hamda bunday inshootlarni qurish va qayta qurish loyihalari ekspertizasida belgilangan tartibda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmik, gidrometeorologik axborotlarni, tabiat resurslari axborotini olish, to‘plash, qayta ishlash va tarqatishning uslublari va texnik vositalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatishlar, aloqa, gidrometeorologik axborot va tabiiy muhitning ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tarqatishning texnik vositalari tizimlarini rivojlantirish va ulardan foydalanishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda gidrometeorologik asboblar, apparatlar va kuzatishning boshqa texnik vositalari, shu jumladan, tabiiy muhitning ifloslanishini kuzatuvchi vositalar, gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish vositalari ro‘yxatini aniqlash, shuningdek, ana shu asboblar va apparatlarga talablarni ishlab chiqish, ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi ehtiyojlari uchun ishlab chiqarishda qatnashish va ularni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik xarakteristikalar, tabiiy muhitning ifloslanishi ustidan kuzatishlarning davlat tizimida o‘lchash natijalarining (radioaktiv o‘lchash ham shu jumlaga kiradi) zamonaviy texnik darajasi, birligi va taqqoslanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga qarashli tashkilotlar faoliyatini metrologik ta’minlashning asosiy qoidalari, me’yorlarini standartlashtirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meteorologik nazorat olib borish, shu jumladan, meteorologik, gidrologik, agrometeorologik asboblar va qurilmalarni tekshirish va attestatsiyadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologiya, iqlim va uning o‘zgarishi, tabiiy muhitning ifloslanishi, atmosferaning yuqori qatlamlari va uning ozon qatlamining holatini kuzatish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshgidromet” mutaxassislari, muhandis-texniklari va boshqa xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush davrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Birlashgan Qurolli Kuchlarini gidrometeorologik, geofizik va radiometrik ta’minlash (o‘z vakolati doirasida) hamda “Boshgidromet” tashkilotlarini ana shu sharoitlarda ishlash uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus harbiy qismlarni komplektlash bo‘yicha harbiy-safarbarlik ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshgidromet” tashkilotlarini yopiq rejimda gidrometeorologik va geofizik axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va berishga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejimli-maxfiy va shifrli ishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Boshgidromet”ga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va davlat boshqaruvining boshqa organlari, korxonalar va tashkilotlardan “Boshgidromet” zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan gidrometeorologiya, gidrometeorologik va boshqa geofizik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish va tabiiy muhitning ifloslanishi bo‘yicha materiallarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik axborot va tabiiy muhitning ifloslanishi to‘g‘risidagi axborotdan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlarga ularni boshqa Iste’molchilarga berishga ruxsat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat darajasidagi kuzatish punktlarini ratsionalizatsiyalash hamda Gidrometeorologiya bo‘yicha Davlatlararo Kengash bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida gidrometeorologik stansiyalar va postlar, davlatlararo va xalqaro darajada tabiiy muhitning ifloslanishini kuzatish punktlarini tashkil etish va ularni tugatish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidrometeorologiya bo‘yicha Davlatlararo Kengashda va Xalqaro Meteorologiya Tashkilotida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlar, xorijiy davlatlar mutaxassislarini konsultant sifatida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘lari, respublika budjeti xalqaro va boshqa tashkilotlar, homiylar, xususiy shaxslar mablag‘lari hisobidan “Boshgidromet” mutaxassislarini chet elga belgilangan tartibda xizmat safariga yuborish hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlar mutaxassislari va xorijiy mutaxassislarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladigan asosiy ishlar bilan birga xo‘jalik shartnomalari asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, belgilangan tartibda korxonalarning muassislari bo‘lish, mazkur Nizomda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa xo‘jalik va tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrometeorologik tadbirlar (ishlar)ni amalga oshirish ustidan idoradan tashqari nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Boshgidromet”ning vakolati doirasiga qiruvchi gidrometeorologiya va tabiiy muhit ifloslanishini kuzatish masalalari bo‘yicha uning ko‘rsatmalari vazirliklar va O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek, idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Boshgidromet” o‘ziga topshirilgan boshqaruv sohasiga rahbarlik qilishni bevosita O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi (GMM), O‘zbekiston Respublikasi tabiiy muhitning ifloslanishini kuzatish markazi (TMIKM), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi gidrometeorologiya markazlari va gidrometeorologik byurolar orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Boshgidromet”ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshgidromet” boshlig‘ining o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat maqomi, moddiy-maishiy ta’minoti, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra “Boshgidromet” boshlig‘i vazirga, boshliq o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Gidrometeorologiya sohasida davlat boshqaruvi masalalarini hal etishni jamoa bo‘lib ishlab chiqish, bu tarmoq faoliyati va rivojlanishining eng muhim masalalarini muhokama qilish uchun “Boshgidromet”da hay’at tuziladi. Uning tarkibiga “Boshgidromet” boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari lavozim bo‘yicha kiradilar, shuningdek, Markaziy apparat ayrim bo‘linmalarining, yirik muassasalarning rahbarlari, yetakchi mutaxassislar va olimlar kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hay’atning shaxsiy tarkibi “Boshgidromet” boshlig‘ining taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at majlislari zaruriyatga ko‘ra, lekin oyida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Boshgidromet” o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, shuningdek, ularning nizomlari (ustavlari)ni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Gidrometeorologiya sohasida muhim muammolarni ko‘rib chiqish uchun “Boshgidromet” huzurida ilmiy-texnika Kengashi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnika Kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining manfaatdor organlari vakillari, ilmiy va jamoatchilik vakillari kirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnika kengashining shaxsiy tarkibi va uning to‘g‘risidagi Nizom “Boshgidromet” boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Boshgidromet” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.