02.12.2004 yildagi 706-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Deputat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) saylangan hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Deputat faoliyatining huquqiy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Deputat vakolatlarining muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza bergan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u qonunga koʻra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u chaqirib olingan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u vafot etgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatda guvohnoma va koʻkrak nishoni boʻladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat sifatida roʻyxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Deputat guvohnoma va koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek, bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Deputatning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Deputatning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputat soʻrovi bilan murojaat etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda maʼlum qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilar bilan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan uchrashuvlar oʻtkazishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat qonunlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Deputatning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan qaysi komissiya tarkibiga saylangan boʻlsa, shu komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning tegishli xalq deputatlari Kengashining hamda qaysi komissiya tarkibida boʻlsa, shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning zimmasida qonunlarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan olib boradigan ishlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputati oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan aloqa bogʻlab turadi, tegishli xalq deputatlari Kengashida ularning manfaatlarini ifoda etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini koʻradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida toʻrt marta saylovchilarga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot beradi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit taʼminlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga koʻra bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan oʻzlarining masʼul vakillarini yuboradilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
(7-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Deputat soʻrovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga javobni deputatga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Deputatlik odobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan yoki uning topshirigʻiga koʻra tegishli xalq deputatlari Kengashining organi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Deputatning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir deputatga oʻz vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq maʼmuriy, jinoiy yoki oʻzga tarzda javobgar boʻladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish maqsadida deputatga qanaqa tarzda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga toʻsqinlik qiladigan, bila turib unga yolgʻon axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻzining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan, vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida tegishli xalq deputatlari Kengashiga ishni tergov qilish, sudda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni nazarda tutadigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab boʻladigan holat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari Kengashining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, yuqori turuvchi prokuror tegishincha yuqori Kengashga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qarorni bekor qilish va masalani tegishli xalq deputatlari Kengashi qayta koʻrib chiqishi uchun topshirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar deputat oʻzi xalq deputatlari Kengashi deputati boʻlgan viloyat, tuman yoki shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa, deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Deputatning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini koʻrsatib, tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek, ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning kirish tartibi qonunda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajarish bilan uygʻun tarzda olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari deputatni u oʻz deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, uning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Deputatni harbiy yigʻinlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻz vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yigʻinlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Deputat faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, tuman, shahar hokimliklari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatga texnik vositalar, aloqa vositalari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat tegishli viloyat, tuman, shahar hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek, yoʻl pattalarini navbatsiz sotib olish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
706-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 20-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)