07.06.2019 yildagi 472-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldIni olish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 2 503 nafar, xalq ta’limi tizimida 14 272 nafar pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Psixologiya”, 19 ta oliy ta’lim muassasasida “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha 5 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul kvotalari keskin oshirildi, xususan 2018/2019 o‘quv yilining o‘zida 2 665 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yildan boshlab profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, 5 696 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida profilaktika inspektorlari, 5 328 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida esa mahalla vakillarining xonalari tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib borilayotgan ishlar ko‘lamiga qaramasdan sohada zudlik bilan bartaraf etilishi talab etiladigan qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning psixologik holati diagnostikasiga ixtisoslashgan psixolog kadrlar hamda tashkilotlar mavjud bo‘lsada, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni amalga oshiradigan yagona tuzilmaning mavjud emasligi psixologik xizmatlar faoliyati samaradorligining past darajada qolishiga ta’sir ko‘rsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va mahalla vakillarining xizmat xonalari tashkil etilgan bo‘lsada, ularning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi yo‘nalishlari hamda faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari belgilab berilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq), “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlariga tobelik, o‘z joniga qasd qilish holatlari davom etmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, oliy ta’lim tizimida psixologiya sohasida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixolog kadrlarning bilimlari umumiy bo‘lib qolib, tor soha mutaxassislarini tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, psixologiya sohasida magistratura va doktoranturaga qabul soni past darajada bo‘lganligi oqibatida, milliy psixologiya maktabini shakllantirishda oqsoqlik sezilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, psixolog kadrlarning moliyaviy rag‘batlantirilishi, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar faoliyatining qoniqarsiz ahvolda ekanligi ularga tajribali psixolog kadrlarni jalb qilish imkoniyatini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga, ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat ko‘rsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy ta’limda tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik markazlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazini ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni amalga oshiradigan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola ruhiyatida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash uchun ishonch telefoni va “call-center” tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar psixologiyasiga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar psixologiyasiga oid ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida qo‘shimcha 2 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan aholiga psixologiya xizmatlari markazlari orqali maslahatlar berib borishni ta’minlaydigan aholiga psixologik xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan bo‘lim va shu’balarni jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik va oilaviy muammolar bilan ishlash tajribasiga ega hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin, shuningdek ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini tashkillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va bir oy muddatda o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini rivojlantirish, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yib yashash, muvaffaqiyatga erishgan ijobiy shaxslar va obrazlar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish uchun media-reja ishlab chiqsin va media-reja doirasida tegishli teleko‘rsatuvlar, media mahsulotlarni yaratishni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tajribadan kelib chiqib, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida psixologiya ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligini 8 haftadan 15 haftaga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash rejasini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi psixologiya sohasi kadrlarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilari uchun oila psixologiyasi va etikasi bo‘yicha maxsus kurs tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda uning ijrosi ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada psixologlar ilmiy maktabini kengaytirish maqsadida kelgusi yillarda tayanch doktorantura va doktoranturaga ajratiladigan kvotalar sonini 30 foizga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlarining vazifalari va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
472-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 472-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Mas’ul

I. Psixologik xizmat ko‘rsatish ishlarini tartibga solish va tizimlashtirish

1.

Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan ishchi guruh shakllantirish.

2. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish faoliyatini tizimlashtirishga qaratilgan “Psixologik xizmat” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

15-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

2.

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar
va oliy ta’lim muassasalari psixolog xodimlarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarini qayta ko‘rib chiqish.

1. Psixologik xizmat xodimlarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.

2. Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Xususan:

bola ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni tezda aniqlash;

bola ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarini amalga oshirish;

tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ish olib borish va boshqalar.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

25-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

3.

Ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat xodimlari uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish.


2.
Psixologik xizmat xodimlari uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, tasdiqlash va foydalanish uchun ta’lim muassasalariga yetkazish choralarini ko‘rish

2019-yil

15-iyun

2019-yil

1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

II. Oliy ta’lim muassasalarida psixologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish va tor yo‘nalishlar va mutaxassisliklar joriy etish

4.

“Pedagogika va psixologiya” va “Psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni joriy etish.

“Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kesimida “Amaliy psixologiya”, “Yoshlar psixologiyasi” ta’lim yo‘nalishlarini;

“Psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida “Psixologik xizmat faoliyatini boshqarish”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Klinik psixologiya”, “Yuridik psixologiya” ta’lim yo‘nalishlarini;

“Pedagogika va psixologiya” magistratura mutaxassisligi kesimida “Tashkiliy psixologiya va kouching texnologiyasi”, “Ta’lim va boshqaruvda kognitiv psixologiya”, “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogikasi” mutaxassisliklarini;

“Psixologiya” magistratura mutaxassisligi kesimida “Pozitiv psixologiya: oilaviy konsultatsiya va kouching”, “Ijtimoiy psixologiya
va ijtimoiy amaliyot”, “Yuridik rivojlanish psixologiyasi va shaxsga yo‘naltirilgan konsultatsiya” mutaxassisliklarini tashkil etish;

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik
va idoralar

5.

Psixologlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida psixologiya sohasi bo‘yicha qayta tayyorlash kursalarini tashkil etish.

1. Qayta tayyorlash kurslarining o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish.

2. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

3. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida psixologiya bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuzasidan tashkiliy ishlarni bajarish.

2019-yil

1-iyul

2019-yil

1-avgust

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar

III. Ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining faoliyatini tashkil etish

6.

Ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari tomonidan olib boriladigan asosiy faoliyat turlari va amalga oshiriladigan vazifalar, ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. Ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari tomonidan olib boriladigan asosiy faoliyat turlari va amalga oshiriladigan vazifalar, ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilovchi idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda,

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining vazifalari va vakolatlarini aniq belgilab berish;

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari tomonidan yuritiladigan hujjatlar nomenklaturasini tasdiqlash;

profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining ta’lim muassasalarida faoliyat yuritish tartibi;

ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan profilaktik tadbirlarni tashkil etish;

ta’lim muassasalarida ta’lim sifati, tarbiya jarayoni, ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ular uchun ajratilgan xonalarni ta’lim muassasasi imkoniyatidan kelib chiqib optimizatsiya qilish;

ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari nazarda tutish.

2019-yil
15-iyun

2019-yil
10-iyul

Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

Yoshlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlaydigan profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining psixologiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borish.

1. Profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun
yosh davrlari psixologiyasi, deviant xulq-atvor psixologiyasi, profilaktikasi va korreksiyasi asoslari, ijobiy psixologiya, konfliktologiya va mediatsiya sohalarida malaka oshirish bo‘yicha trening kurslarini tashkil etish.

2. Psixologiya sohasidagi tajribali amaliyotchi psixologlar, mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda trening kurslarini tashkil etish.

3. Profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ishlovchi m�s’ul xodimlar va jamoatchilik vakillari sifatida faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimidagi o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida qayta ko‘rib chiqish va yangilash.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

10-iyul

2019 yil

1-avgust

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

8.

Profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ishlovchi mas’ul xodimlar
va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar, o‘quvchilar
va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan ishlash bo‘yicha axborotnomalar va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh shakllantirish va takliflar ishlab chiqish.

2. Xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda yoshlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan ishlash bo‘yicha axborotnomalar va metodik qo‘llanmalar yaratish hamda tarqatish.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

10-iyul

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura,

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

9.

Bolalar va kattalar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish laboratoriyalari”ni tashkil etish.

1. “Psixologik xizmat ko‘rsatish laboratoriyalari”ning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi ijrochilarning qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2. Psixologiya bo‘yicha kadr tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish laboratoriyalari”ni tashkil etish hamda ularga oliy ta’lim muassasalari mablag‘lari hisobid�n haq to‘lash hisobiga professor-o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarini mutaxassis sifatida jalb etish, shuningdek talabalarning malakaviy amaliyotini “Psixologik xizmat ko‘rsatish laboratoriyalari”da tashkil etish.

2019-yil
15-iyun

2019-yil
iyuldan

boshlab muntazam

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

IV. Bola ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni aniqlash, uning sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari

10.

Ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat ko‘rsatish xonalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.

1. Ta’lim muassasasidagi psixologik xizmat ko‘rsatish xonalari va ularning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish.


2. Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat ko‘rsatish xonalarini tashkil etish.

3. Ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat ko‘rsatish xonalarini bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha choralar ko‘rish

2019-yil
15-iyun

2019-yil
1-avgust

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

11.

Psixolog mutaxassislar, bo‘lajak psixolog talabalar uchun o‘quv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish

1. Oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari bazasidagi psixologiyaga oid o‘quv adabiyotlarning tillar kesimidagi tahlilini va inventarizatsiyasini o‘tkazish orqali mavjud o‘quv adabiyotlari bazasini shakllantirish.

2. Psixologiyaga oid xorijiy tillardagi o‘quv adabiyotlarni mualliflik huquqini saqlagan holda o‘zbek tiliga tarjima qilish va fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratish.

3. Respublikamizdagi yetakchi psixolog olimlardan iborat mualliflar guruhini shakllantirish va xorijiy metodikalardan foydalanilgan holda milliylik va mentalitetni inobatga olib, o‘zbek tilida yangi o‘quv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

1-sentabr

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’�im vazirligi,

Xalq ta’lim vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi tegishliligi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda

12.

Ommaviy axborot vositalarida bolalar
va o‘smirlarning ruhiyatiga destruktiv ta’sir qiluvchi media mahsulotlari (kino, klip, multfilm, reklama va hokazo) chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Ommaviy axborot vositalarida bolalar va o‘smirlarning ruhiyatiga destruktiv ta’sir qiluvchi media mahsulotlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralarini ko‘rish.

3. Jurnalistika sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida shaxs psixologiyasiga destruktiv ta’sir etuvchi axborotlar to‘g‘risida tushunchalarni beruvchi maxsus kurslarni tashkil etish.

2019-yil
15-iyun


2019-yil
1-iyul

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Respublika ma’naviyat
va ma’rifat markazi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

13.

Voyaga yetmaganlar orasida psixologik salomatlikni keng targ‘ib etishga va psixik salomatlik bilim va ko‘nikmalarini yoshlar va kattalarda shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy, amaliy, ilmiy va fundamental loyihalar ta’sis etish.

1. Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi grantlarni berish komissiyasi tomonidan tanlov e’lon qilish.

2. Tanlov g‘oliblarining loyihalarini moliyalashtirish.

3. Loyihalarning samaradorligini nazorat qilib borish.

Alohida

reja asosida

Innovatsion rivojlantirish vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

14.

“Psixologik salomatlik yo‘lida O‘zbekiston” shiori ostida milliy targ‘ibot kompaniyasini amalga oshirish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. O‘zbekistonda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan samarali amalga oshirilgan milliy va xalqaro dasturlar, ijtimoiy loyihalarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, milliy targ‘ibot kampaniyasini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish va hamkorlikda tasdiqlash.

3. “Psixologik salomatlik yo‘lida O‘zbekiston” shiori ostida milliy targ‘ibot kampaniyasini amalga oshirish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar, targ‘ibot kataloglari, flayerlar, brashyuralar, ko‘rgazmali, audio va video materiallar, televizion dasturlar, ijtimoiy reklamalar (roliklar), internet saytlari va bloglarni yaratish.

4. Bola ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni tezda aniqlab, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etish, mazkur masalada ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning rolini oshirish, shuningdek, har bir shaxsning umumiy va oilaviy psixologik salomatlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ishlab chiqarish korxonalari, davlat idoralari, nodavlat va jamoat tashkilotlarida, ayniqsa, mahalla, oila va ta’lim muassasalarida “Psixologik salomatlik yo‘lida O‘zbekiston” shiori ostida milliy targ‘ibot kampaniyasini amalga oshirilishini nazarda tutgan holda kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Yoshlar o‘rtasida hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yib yashash, muvaffaqiyatga erishgan ijobiy shaxslar va obrazlar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish uchun media-reja ishlab chiqish va ushbu rejaga muvofiq teleko‘rsatuvlar, media mahsulotlarni yaratish.

2019-yil

15-iyun

2019-yil

15-iyun

Yil davomida

Yil davomida




Yil davomida

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 09/19/472/3253-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)