Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Maxkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun shisha idish mahsuloti ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 816-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Shisha idish va boshqa qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, ichki bozorni yanada toʻliq toʻldirishni taʼminlash va eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarordan kelib chiqqan holda, “Asl Oyna” MChJ bilan oʻn kun muddatda qoʻshimcha bitim tuzilishini taʼminlasin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-iyun,
463-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 463-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun shisha idish mahsuloti ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 816-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 12-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Asl Oyna” MChJ bilan ushbu qarorga ilovada nazarda tutilgan 2017 — 2021-yillarda umumiy qiymati 110 mln AQSh dollari boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 500 ta yangi ish oʻrni tashkil etish uchun Toshkent shahri, Sergeli tumani, Janubiy sanoat zonasida joylashgan umumiy maydoni 10 gektardan ortiq boʻlgan “Monolit uylar qurish boʻyicha sobiq baza” mulkiy kompleksini, shuningdek, “Toshvilyoʻlsanoat” unitar korxonasining Toshkent shahri, Sergeli tumani, Janubiy sanoat zonasida joylashgan tutash hududlari bilan birgalikda umumiy maydoni 5,85 gektar boʻlgan bino va inshootlarini “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzsin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/463/3243-son)