28.05.2019 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2023-yillar davri uchun O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 ― 2023-yillar davri uchun O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 ― 2023-yillar davri uchun O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metrologik faoliyat subyektlarining funksional vazifalari va mas’uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi etalon bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa, respublika hududlarida modernizatsiya qilish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining metrologik ta’minot darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan metrologiya bo‘yicha o‘zaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiyotga va o‘lchashlar birligini ta’minlash xalqaro tizimlariga teng huquqli sherik sifatida integratsiyalashuviga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanishini kengaytirish hamda o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish hamda avtomatlashtirish darajasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligiga tasdiqlangan Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
440-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraqqiyotning bugungi bosqichida mahsulot sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot tarmoqlarini jadal va barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishning rentabelligi va samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va davlat boshqaruvida qo‘llanadigan o‘lchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini ta’minlamasdan, qayd etilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida respublika korxonalari tomonidan texnologik jarayonga zamonaviy uskunalarni, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini nazorat qiladigan o‘lchash priborlarini joriy etish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada o‘lchash texnikasi miqdori va yangi turlarining ko‘payishi tendensiyasini hisobga olgan holda, metrologik faoliyat va uning infratuzilmasining takomillashishi doimiy ravishda O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlarga va mahalliy ishlab chiqarish, ayniqsa, kichik biznes korxonalarini va xususiy tadbirkorlikni eng qulay rivojlantirish sharoitlariga mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, zarur metrologik infratuzilma yaratilgan. Qonun hujjatlariga muvofiq yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan va o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradigan milliy metrologiya organi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarlik qiladigan davlat metrologiya xizmati faoliyat yuritmoqda.
(beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalarning samarali hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan alohida muammoli masalalar va salbiy hodisalar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish masalalari hali to‘liq hal etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchash vositalari tavsiflarini baholash taribotlarining qonuniyligini ta’minlash, shuningdek, ularni muomalaga kiritishda ham, ulardan foydalanish jarayonida ham, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohada ularning yaroqliligini tasdiqlash masalalarining huquqiy tartibga solinishini qo‘shimcha takomillashtirish zarurati mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning mavjud etalonlar bazasi alohida o‘lchash turlari bo‘yicha yuqori aniqlikdagi priborlarni metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olishga imkonini bermaydi, bu esa ularni xorijiy metrologik institutlarga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimining ishlash jarayonida vazifalarni sifatli bajarishga qodir bo‘lgan malakali metrolog-mutaxassislar yetishmasligi kuzatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘llanayotgan o‘lchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish yagona tizimi mavjud emasligi jiddiy muammo hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida, davlat va jamiyatning o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tadqiq etish va prognoz qilish mexanizmi va metodologiyasini ishlab chiqish imkonini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy jamiyatda ko‘pgina faoliyat sohalarida milliy va xalqaro ehtiyojlar bir-biriga yaqinlashadi va shuning uchun metrologiya va metrologik faoliyat sohasidagi milliy siyosat hamda mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydigan va savdoda to‘siqlar yuzaga keltirishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada rivojlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda har bir mamlakat o‘zida o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalarini mujassam etgan, shuningdek, obyektlar, o‘z vakolatlari doirasida o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi ishlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va yuridik shaxslarni ifoda etadigan o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabati bilan hozirgi paytda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekistonning o‘rnatilgan huquq tartibi va iqtisodiyotini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish bir tomondan, o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining keyingi yo‘nalishlarini belgilash, ikkinchi tomondan esa — mamlakatda metrologik infratuzilmani va uning ishlash prinsiplarini takomillashtirish zaruratini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi xorijiy mamlakatlarning o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimlarini yaratish tajribasini hisobga olgan holda, Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining ko‘rsatmalari va tavsiyalariga muvofiq 2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqardi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsepsiyaning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘llanadigan o‘lchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish yo‘li bilan keng ishlab chiqarish kooperatsiyasini, yuqori texnologik mahsulot parametrlarining muvofiqligi baholanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metrologik faoliyatning ilmiy, texnik, normativ va tashkiliy asoslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, respublikada o‘tkazilgan o‘lchash va sinash natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar sog‘ligi va hayotini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy tovar va xizmatlarning sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan o‘lchash natijalarini olishda fuqarolar, davlat va jamiyat ehtiyojlarini to‘liq qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat metrologiya xizmatlari organlarining salohiyatini kuchaytirish, Konsepsiya vazifalarini amalga oshirish va metrologik xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun ularning o‘rni va mas’uliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOZM ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metrologik faoliyat subyektlarining funksional vazifalari va mas’uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi etalonlar bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa respublika hududlarida modernizatsiyalash hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining metrologik ta’minot darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilish va uni kengaytirish mexanizmlarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiyotga va o‘lchashlar birligini ta’minlash xalqaro tizimiga teng huquqli hamkor sifatida integratsiyalashuviga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanishini kengaytirish hamda o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashida, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Qonun hujjatlarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining normativ bazasini milliy iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish, ularni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Metrologiya bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va zarur bo‘lsa, metrologik faoliyatning zamonaviy rivojlanish yo‘llarini hisobga olgan holda ularni qayta ko‘rib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublikada o‘lchashlar birligini ta’minlash masalalarini tartibga soladigan xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xizmatlarni amalga oshirish yagona tartibini belgilash qismida metrologik ishlar va xizmatlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan barcha uchun majburiy bo‘lgan talablarni, ishlab chiqilayotgan hujjatlarga, ishlarga haq to‘lanishiga, ularni bajarish muddatlariga, mas’ul ijrochilarga, shuningdek, metrologik tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishiga va O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimidagi terminologiyaning bir xil qo‘llanishiga qo‘yiladigan umumiy va maxsus talablarni o‘rnatish bo‘yicha masalalarni huquqiy jihatdan tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va qiyosiy baholash asosida respublikada o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarni metrologik tekshiruv va nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy asoslarni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat metrologiya xizmatiga kirmaydigan yuridik shaxslarning texnik bazasi asosida o‘lchash vositalarining metrologik tekshiruvini amalga oshirish huquqiy masalalarini tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologiya xizmati tuzilmasini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologiya xizmati tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek ularning metrologiya sohasidagi funksional vazifalarini chegaralash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xalqaro standartlar asosida zamonaviy menejment va metrologik xizmatlar sifatini boshqarish tizimlarini, shuningdek, metrologiya bo‘yicha xizmatlar sifatidan mamnunlikni baholash mexanizmlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimida O‘zbekiston vaqt shkalasini yuritish ishlarini amalga oshiradigan vaqt va chastota xizmatini, fizik konstantalar hamda modda va materiallarning xossalari haqida standart axborotli ma’lumotlar xizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv xizmatini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, respublika sanoatining metrologik tekshiruvini ta’minlash uchun standart namunalar tayyorlash, etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish usul va vositalarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik loyihalar ishlab chiqilishini tashkil etish ishlarini faollashtirish yo‘li bilan Milliy metrologiya institutining faoliyatini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ustuvor vazifalarni, ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish va metrologiya bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, O‘zbekiston iqtisodiyot tarmoqlari metrologik ta’minotining qonunchilik va amaliy masalalarini ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilish sohasida takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat va jamiyatning o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tadqiq qilish va prognoz qilish mexanizmi va metodologiyasini ishlab chiqqan holda, qo‘llanayotgan o‘lchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishlab chiqarish metrologik ta’minoti masalalari bo‘yicha autsorsing xizmatlarini tashkil etish orqali shtatida metrolog lavozimi ko‘zda tutilmagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga yordam ko‘rsatish, texnik parkini jihozlash va zamonaviylashtirish bo‘yicha maslahatlar taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Texnik bazani takomillashtirish va zamonaviylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xalqaro etalonlar darajasiga kuzatiluvchanlikni ta’minlash uchun o‘lcham birliklarini uzatish maqsadida mavjud etalonlar bazasini tahlil qilish, o‘lchash turlari bo‘yicha ehtiyojlarni o‘rganish va respublika sanoatini rivojlantirish istiqbollarining monitoringini o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Etalonlar soni va o‘rta yoshini sanoati rivojlangan mamlakatlarning mos qiymatigacha yetkazish, eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari parkini yuqori texnologik jihatdan yangilash, shuningdek, modda va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari miqdorini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Milliy etalonlar, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risidagi kelishuv doirasida o‘zaro tan olinishini ta’minlaydigan CIPM MRA etalonlar tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 2019 ― 2022-yillar davri uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘lchash imkoniyatlarini kengaytirish va barcha yo‘nalishlar bo‘yicha respublika korxonalarining ehtiyojlarini metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun zamonaviy o‘lchash uskunalari parkini shakllantirish, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida o‘lchash laboratoriyalarining keng tarqalgan tarmog‘ini yaratish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasiga investitsiyalar, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash, shuningdek, metrologiyani rivojlantirish bilan bog‘liq investitsion loyihalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Muhim iqtisodiyot yo‘nalishlarining (energetika, transport, mashinasozlik, ekologiya, tibbiyot va boshq.) o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini ta’minlagan holda, ularga metrologik xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. O‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Metrologik kuzatiluvchanlik va xalqaro darajada tan olinish masalalarini tartibga solishga yordam beradigan, O‘zbekiston Respublikasining o‘lchash vositalarini kalibrlash milliy tizimini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kalibrlash o‘tkazish bo‘yicha xalqaro standartlar, qo‘llanmalar va tavsiyalarni, ularni bevosita qo‘llash yo‘li bilan joriy etish, shuningdek, o‘lchash texnikasi sohasidagi eng ilg‘or yutuqlar asosida kalibrlash usuliyatlarini (usullarini), vaqt va mablag‘lar sarfini kamaytirish maqsadida o‘lchashlarni avtomatlashtirish va axborotlashtirish usullarini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mahsulotni yanada yuqoriroq aniqlik bilan ishlab chiqarishga yordam beradigan, yanada aniq va sifatli o‘lchashlarni ta’minlash uchun alohida olingan yo‘nalishlarda qiyoslash ishlarini bajarishdan kalibrlash o‘tkazishga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining bazasida taqdim etilgan o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari sonini ko‘paytirish uchun etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xalqaro qiyoslashda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xalqaro qiyoslash doirasida yoki boshqa mamlakatlarning metrologiya tashkilotlarida bajariladigan, kattalik birliklari etalonlarini solishtirish, kalibrlash natijalarini tan olish mexanizmini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mahsulotni sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimida mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti sifatida o‘lchash vositalarini kalibrlashni rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oddiy foydalanuvchilar va laboratoriyalarning kalibrlash xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va kalibrlashni tashkil etish va o‘tkazishga zamonaviy yondashuvni joriy etish zaruratini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kalibrlash o‘tkazilishi tavsiya etilgan o‘lchash vositalarining ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kalibrlashni, kattalik birliklari etalonlarini kalibrlash, kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish, kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin bo‘lgan qismida, rivojlantirishga yordam beradigan me’yorlarni kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bajarilayotgan o‘lchashlarning davlat etalonlarigacha kuzatiluvchanligini ta’minlagan holda, o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqi uchun akkreditatsiyalangan metrologiya xizmatlari tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik shartida bosqichma-bosqich kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qo‘mitalaridagi faoliyatni faollashtirish yo‘li bilan milliy o‘lchash etalonlarini va o‘lchash natijalarini tan olish maqsadida shu tashkilotlar ishida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishini jadallashtirish, shuningdek, yetakchi metrologiya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mahalliy sanoat sohasiga innovatsion texnologiyalar va g‘oyalarni o‘tkazish uchun metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, sanoati rivojlangan mamlakatlarning yetakchi metrologiya laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. MOZMda O‘zbekiston Respublikasining faolligini oshirish, Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (KOOMET) loyihalarida ustuvor sohalar bo‘yicha faoliyatni faollashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo kengashi Ilmiy-texnik komissiyasining (NTKMetr) asos bo‘luvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish, modda va materiallar tarkibi va xossalarining davlatlararo standart namunalarini yaratish va ularni qo‘llash bo‘yicha dasturini, shuningdek, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha boshqa dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. O‘zbekiston Respublikasining, CIPM MRA Kelishuvi doirasida e’tirof etilgan mintaqaviy metrologiya tashkiloti hisoblangan Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qo‘shilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Metrolog-mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining yaqin va uzoq kelajakda metrolog-mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini monitoring qilish va aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yaqin kelajakda yosh kadrlarning muntazam ravishda malaka oshirishini, ularning layoqatliligini oshirishni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Faoliyati o‘lchashlarni bajarish yoki o‘lchash axborotidan foydalanishni ko‘zda tutadigan mutaxassislar uchun ularni metrologiya asoslari sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan ta’minlash maqsadida asosiy kasb-hunar ta’limi va qo‘shimcha kasb-hunar dasturlarining vaqti-vaqti bilan aktuallashtirilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi metrologiya institutlarida kadrlarni o‘qitish va malakalarini oshirish yo‘li bilan metrologiya, shuningdek etalonlarni saqlash, o‘rganish va imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida kadrlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Metrologiya sohasida davlat etalonlarini saqlovchi ilmiy xodim, etalonlar saqlovchisi, kalibrlash bo‘yicha mutaxassis va qiyoslovchilar kabi mutaxassislar gradatsiyasini o‘rnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Davlat metrologiya xizmati organlarining respublika ilmiy muassasalari bilan uzluksiz o‘zaro hamkorligini ta’minlash yo‘li bilan metrologiya sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar kontingentini shakllantirish va tayyorlash, shuningdek, ilmiy ishlar o‘tkazish uchun texnik va uslubiy asoslar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Axborot tarkibi, uni olish muddatlariga qo‘yiladigan talablarni baholagan holda, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha muassasalarining metrologik faoliyat sohasiga oid axborotga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlarini tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, idoralararo ma’lumot uzatish va almashish tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini, davlat axborot resurslarining integratsiyasini, shu jumladan elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. O‘lchashlar birligini ta’minlash axborot fondining unda mavjud bo‘lgan axborotga ishlov berish va uni taqdim etish bo‘yicha axborot va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Manfaatdor shaxslarni keyinchalik xabardor qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasida o‘lchash vositalarining miqdori va holatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan, davlat metrologiya xizmatining o‘zaro bog‘langan axborot resurslari kompleksini ifodalaydigan o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi yagona axborot tizimi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ish jarayonini optimallashtirish, shuningdek, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida xizmatlar ko‘rsatish vaqti va mablag‘larini kamaytirish maqsadida axborotlashtirish va masofadan erkin foydalanish mexanizmini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari metrologiya xizmatlari ishining ko‘rsatkichlarini monitoring qilish asosiy mexanizmi sifatida foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsepsiyaning amalga oshishidan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Konsepsiyaning amalga oshirilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Butun jahon savdo tashkiloti (JST)ga qo‘shilishi bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni hisobga olgan holda, xalqaro bozorda O‘zbekiston mahsuloti va xizmatlarining raqobatbardoshligi oshishiga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni himoya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lchash natijalarining O‘V birliklariga kuzatiluvchanligini ta’minlashga, mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda o‘lchash va sinash natijalarining tan olinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan yuqori aniqlikdagi priborlarning metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olinishiga va mahalliy korxonalarning xorijiy metrologiya institutlariga tobeligini kamaytirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishga, shuningdek har yili davlatlararo, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning milliy etalonlari bilan solishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari, ijtimoiy sohalari, fan va mudofaasining, birinchi navbatda, qonun bilan tartibga solinadigan sohalarida o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha davlat funksiyalarini bajarish bo‘yicha ehtiyojlarini qoplashga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Natijalarga erishish darajasi va ularning samaradorligi maqsadli ko‘rsatkichlari ilovada taqdim etilgan Konsepsiyada ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining doimiy monitoringi asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KO‘RSATKIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maqsadli ko‘rsatkich

O‘lch. bir.

Haqiqiy qiymat

Maqsadli qiymatlar

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

Davlat etalonlarining soni

bir.

12

21

23

28

33

33

2.

Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining bazasida qaydlangan O‘zbekiston Respublikasi kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari to‘g‘risidagi yozuvlar soni

bir.

-

-

3

7

13

18

3.

Davlatlararo darajada o‘tkaziladigan solishtirishlar soni

bir.

6

8

11

15

19

22

4.

Boshlang‘ich namunaviy o‘lchash vositalari (ishchi etalonlar) miqdori

bir.

151

164

188

206

225

234

5.

Milliy darajada o‘tkaziladigan solishtirishlar — laboratoriyalararo solishtirishlar soni

bir.

17

19

22

24

27

32

6.

Davlat metrologiya xizmati organlarida qo‘llanadigan o‘lchash texnikasi umumiy miqdoridagi zamonaviy o‘lchash texnikasi ulushi

%

9,7

11,8

14,1

16,1

18,1

18,8

7.

Respublika sanoatida foydalaniladigan o‘lchash vositalarining metrologik tekshiruv bilan qamrab olinganligi

%

87,6

89,1

92,3

94,5

95,2

96,1

8.

Kalibrlash ishlari hajmining qiyoslash ishlariga nisbati

%

0,01

3

8

15

23

30

9.

O‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish maqsadida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining soni

bir.

1

2

3

5

6

7

10.

O‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish

bir.

164

178

183

191

202

207

11.

Ishlab chiqilgan (yangi o‘zlashtirilgan) kalibrlash usullarining soni

bir.

40

69

102

137

174

211

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 440-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimining huquqiy bazasini xalqaro normalar bilan takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada metrologiya xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasining Qarori

2019-y.
may

“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

2.

O‘lchashlarni bajarish usullarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi

3.

Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va qiyosiy baholash asosida respublikada o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning metrologik tekshiruvi
va nazoratini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-y.
sentyabr

“O‘zstandart” agentligi

II. O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologiya xizmati tuzilmasini takomillashtirish

4.

Davlat-xususiy sheriklik shartlarida o‘lchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan, akkreditatsiyalangan yangi o‘lchash laboratoriyalarini tashkil etish.

Takliflar tayyorlash

2019-y.
sentyabr

“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

5.

Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya tashkil etish.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktorining buyrug‘i

2019-y.
iyun

“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoral�r

6.

Metrologiya xizmatlarining sifatini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, metrologiya bo‘yicha xizmatlar sifatidan mamnunlikni baholash mexanizmlarini yaratish.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktorining buyrug‘i

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Respublika davlat metrologiya xizmati xodimlarining salohiyatini kuchaytirish.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktorining buyrug‘i

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi

8.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tizimida Fizik konstantalar hamda modda va materiallar haqida standart axborot ma’lumotlar xizmatini, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv xizmatini tashkil etish.

“O‘zstandart” agentligi bosh direktorining buyrug‘i

2020-y.
iyun

“O‘zstandart” agentligi

9.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tizimida Vaqt shkalasini yuritish ishlarini amalga oshiradigan vaqt va chastota xizmatini tashkil etish.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining buyrug‘i

2022-y.
iyun

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Texnik bazani takomillashtirish va modernizatsiyalash

10.

Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan “O‘zstandart” agentligi bo‘linmalarining o‘lchash vositalari parkini rejali yangilash.

Modernizatsiyalash va qayta jihozlash dasturi

Har yili

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Moliya vazirligi

11.

O‘zbekiston Respublikasida ionli nurlanish ikkilamchi etalonlari dozimetrik laboratoriyasini tashkil etish.

Grant mablag‘larini o‘zlashtirish rejasi

2020-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

12.

Davlat metrologiya xizmatlarining akkreditatsiya doirasini bosqichma-bosqich kengaytirish va texnik parkining yangilanishini hisobga olgan holda yangi o‘lchash usullarini o‘zlashtirish.

Tadbirlar rejasi

Har yili

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

13.

Zamonaviy o‘lchash laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar jalb qilish.

Takliflar tayyorlash

2019 — 2023-yy.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

VI. O‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish

14.

O‘zbekiston Respublikasi O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini o‘lchash vositalarini kalibrlash ishlarini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha takomillashtirish.

“O‘zstandart” agentligi qarori

2019-y.
iyun

“O‘zstandart” agentligi

15.

Xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida O‘z DSt 8.029:2017 “O‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. O‘lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar” davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

“O‘zstandart” agentligi qarori

2019-y.
sentyabr

“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Keyinchalik zarur etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlash maqsadida o‘lchash vositalarini kalibrlash xizmatlaridagi ehtiyojlarni tahlil qilish.

Jamlama axborot

2019-y.
iyun

“O‘zstandart” agentligi

17.

Xalqaro standartlar va tavsiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan, o‘lchash vositalarini kalibrlash usullarini tartibga soluvchi davlat standartlarini ishlab chiqish.

Reja-jadval

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi

18.

Namunaviy o‘lchash vositalari parkining yangilanishini hisobga olgan holda, xalqaro talablar asosida qiyoslash va kalibrlash usullarini ishlab chiqish.

Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar

2020-y.
mart

“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

COOMET tomonidan ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq massa o‘lchovlari, bosim va harorat kattaliklari laboratoriyalariga Sifat menejmenti tizimini e’tirof etish guvohnomasini olish.

E’tirof etish guvohnomasi

2020-y.
iyun

“O‘zstandart” agentligi

20.

Institutning kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida chop etish maqsadida CIPM maslahat qo‘mitalari yoki mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qo‘mitalari tomonidan tashkil etiladigan asosiy va qo‘shimcha solishtirishlarda ishtirok etish.

Reja-jadval

Har yili

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

21.

Solishtirishlar “piloti” tomonidan solishtirish natijalariga ishlov berish va solishtirish hisobotlarini tayyorlash.

Hisobot

2021-yil
davomida

“O‘zstandart” agentligi

22.

COOMET, VIPM va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari tomonidan solishtirishlar Yakuniy hisobotini ekspertizadan o‘tkazish.

Mintaqaviy metrologiya tashkilotlari dasturi

2022-y. iyun

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

O‘lchash imkoniyatlarini mintaqaviy metrologiya tashkilotining asosiy solishtirishlar axborot ma’lumotlar bazasida chop etish.

Solishtirish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar

2021 — 2023-yy.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

24.

Milliy miqyosda metrologiya xizmatlarining layoqatliligini tekshirishni (laboratoriyalararo solishtirish) tashkil etish va o‘tkazish.

Reja-jadval

Har yili

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

V. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, xalqaro darajada e’tirof etilishiga erishish

25.

Xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qo‘mitalaridagi ishlarni kuchaytirish yo‘li bilan milliy o‘lchash etalonlarini va o‘lchash natijalarini e’tirof etish maqsadida shu tashkilotlar ishida mutaxassislarning muntazam faol ishtirok etishini ta’minlash.

Yig‘ilish bayonlari va seminarlar (treninglar)

Yig‘ilish jadvallariga muvofiq

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

26.

Metrologiya ishlarining natijalarini o‘zaro e’tirof etish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzolash bo‘yicha hukumatlararo komissiyaga takliflar kiritish.

Kelishuv loyihasi

2019 — 2023-yy.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

TIV

27.

O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturiga (APMP) qo‘shilish masalasini ishlab chiqish.

Qo‘shilishga ariza tayyorlash

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,
TIV

VI. Metrolog-xodimlarning malakasini oshirish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida fanni rivojlantirish

28.

Metrologiya xizmatining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, amaldagi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga o‘zgarishlar kiritish.

Lavozimlar klassifikatoriga o‘zgarishlar kiritish

2019-y.
sentyabr

“O‘zstandart” agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

29.

Lavozimini ko‘tarish, xorijda yetakchi metrologiya institutlarida malakalarini oshirish orqali respublika etalonlar bazasi kengayishiga qarab etalon-saqlovchilar sonini ko‘paytirish.

Idora hujjati

Har yili

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

30.

Xalqaro ekspert-metrologlarni jalb qilgan holda, mutaxassislar o‘qish va amaliyotlarini tashkil etish

Seminarlar va treninglar

Har yili

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari

31.

ISO/IEC 17025:2017 standartiga muvofiq mas’ul mutaxassislarning amaliyotlarini tashkil etish.

O‘qish jadvali

2019-yil
davomida

“O‘zstandart” agentligi

32.

Yosh xodimlarning layoqatlilik darajasini oshirish, ularning malakasini oshirish, seminarlarda ishtirok etishini muntazam ravishda ta’minlaydigan kompleks tizim ishlab chiqish.

O‘qish dasturi

2019-y.
iyun

“O‘zstandart” agentligi

33.

Metrolog-mutaxassislarning malakalarini oshirish, shuningdek, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida ekspertlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish.

Ta’lim dasturlari

2020-y.
mart

“O‘zstandart” agentligi

VII. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish

34.

Metrologik tekshiruv natijalarini kuzatib borish mexanizmini joriy etish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

Vaqt va mablag‘lar sarfini kamaytirish maqsadida o‘lchash texnikasi, o‘lchashlarni avtomatlashtirish va axborotlashtirish usullari doirasidagi eng ilg‘or yutuqlar asosida o‘lchash, kalibrlash, qiyoslash usuliyatlarini (usullarini) takomillashtirish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2020-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

36.

O‘lchash vositalari miqdori va holatini hisobga olish asosida integratsiyalashgan axborotli tizimlar va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2021-y.
sentyabr

“O‘zstandart” agentligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur Amaliy choralar rejasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida, ishlab chiqilayotgan hujjat shakli o‘zgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ko‘p hujjatlar birlashtirilgan taqdirda, tegishli bandlarning bajarilishi uchun belgilangan eng so‘nggi muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 09/19/440/3205-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)