Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 28.05.2019 yildagi 437-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) va Filial huzuridagi akademik litseyni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Filialning vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qishloq va suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha erishilgan yutuqlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi va Qashqadaryo viloyatidagi ishlab chiqarish sohalarining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni qo‘llagan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish va iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va malakaviy amaliyotlarni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim berish jarayonida nazariya va amaliyot chambarchas bog‘liqligini ta’minlash va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va yetakchi tashkilotlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish hamda professor-o‘qituvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish orqali Filialning ilmiy salohiyatini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) akademik litseyning vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq sifatli o‘qitishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablarining iste’dodli o‘quvchilarini saralab olish, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tarkibini tanlov asosida malakali, yuqori kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan to‘ldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga keng jalb qilish, o‘quv-metodik materiallar tayyorlash hamda yosh o‘qituvchilar orasida ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, axborot-resurs markazi fondi, sport anjomlari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida hududdagi soha tashkilotlarida yetakchi va faxriy mutaxassislar bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish orqali ularning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial hamda akademik litsey Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida zarur shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Filial faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik organi etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalari va tashkilotlardan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlarini Filialning budjetdan tashqari mablag‘lari, rag‘batlantirish fondi hisobidan moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda iqtidorli talabalarning rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasalarida amaliyotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Filialni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi usullar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial professor-o‘qituvchilari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi ma’lumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, o‘quv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, jumladan, xorijdan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda yosh olimlar, tayanch doktorantlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarga stajirovkaga yuborilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy ta’minotini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial binolarining qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar yo‘naltirilishini, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vasiylik kengashi bir oy muddatda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining amaliyot o‘tash obyektlariga biriktirilishini tasdiqlasin va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(6-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) akademik litsey faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial va akademik litseyni saqlash xarajatlari 2019-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial va akademik litseyning boshlang‘ich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy ta’mirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial va akademik litseyning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial va akademik litseyni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial va akademik litseyda o‘quv-metodik jarayon tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial va akademik litseyning axborot-resurs markazlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod shoh ko‘chasi, 19-uy manzilida joylashgan Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga, shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Qovchin qishlog‘i manzilida joylashgan Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda akademik litseyga operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji va Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar tegishlicha Filial va akademik litsey binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2019/2020 o‘quv yili boshlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining buyurtmanomalariga muvofiq Qashqadaryo viloyatida faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika vositalarini belgilangan tartibda Filialga berishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlarining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filial bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash yuzasidan loyihalar ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Filial va akademik litseyni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qashqadaryo viloyati hokimligi respublika oliy ta’lim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan, shu jumladan, 2 ta ikki xonali xizmat uyi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Filialga 3 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat, 1 ta maxsus avtotransport vositasi va 1 ta avtobus hamda akademik litseyga 1 ta xizmat avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
437-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Z. Ro‘ziyev

Qashqadaryo viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

B. Rajapov

Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

3.

U. Umurzakov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

4.

G‘. Begaliyev

Qarshi tumani hokimi

5.

Sh. Donayev

Yakkabog‘ tumani hokimi

6.

A. Boykarayev

Koson tumani hokimi

7.

R. Sagdullayev

Kitob tumani hokimi

8.

B. Raximov

Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

9.

S. Xurramov

Amu-Qashqadaryo nasos stansiyasi boshqarmasi boshlig‘i

10.

L. Radjabov

“Qashqadaryo suv qurilish invest” DUK direktori

11.

X. Parmanov

Qashqadaryo suv omboridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

12.

I. Qurbonov

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

13.

Z. Ismoilov

Chimqo‘rg‘on suv omboridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

14.

M. Shukurov

Hisorak suv omboridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i

15.

Sh. Aslanov

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ bosh direktori

16.

Q. Qurbonov

“Muborakneftgaz” MCHJ direktori

17.

J. Usmonov

Qashqadaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i

18.

N. Xolov

“O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash instituti Qashqadaryo bo‘linmasi boshlig‘i

19.

lavozimi bo‘yicha

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 09/19/437/3202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)