22.05.2019 yildagi PQ-4329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion hududlarda, magistral avtomobil va temir yo‘llari bo‘yida telekommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek, Internet tarmog‘iga simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlari yetarli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, elektron davlat xizmatlarining ommabopligini ta’minlash, shuningdek, hududlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmoqlari, qurilmalari, vositalari va obyektlari, operatorlar va provayderlarning mobil aloqa bazaviy stansiyalari, shu jumladan ijaraga beruvchilarning hududlarida ijara asosida o‘rnatilgan stansiyalar (keyingi o‘rinlarda — telekommunikatsiya obyektlari) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanmagan jamoat, sanoat, turar-joy, ma’muriy binolar va inshootlarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, loyiha-smeta hujjatlari 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlangan binolar va inshootlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya obyektlarini ko‘chirish, qayta o‘rnatish, shuningdek, ularning faoliyatiga uchinchi shaxslar tomonidan har qanday aralashish yuzaga kelgan muammolarni hal etishning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan hollardagina hamda faqat mazkur obyektlarning egasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya obyektlarini ko‘chirish yoki qayta o‘rnatish, ularni sozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlari mazkur o‘zgarishlarning tashabbuskori tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoda yashovchilardan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishga ariza mavjud bo‘lganda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga bino ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmadan beg‘araz asosda foydalangan holda o‘tkazishni rad etishga yoki to‘sqinlik qilishga haqli emaslar, mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019-yil 1-avgustdan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat-xususiy sheriklik shartlarida olis va qishloq aholi punktlarida joylashgan budjet tashkilotlari uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishni ta’minlagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga, mobil aloqa operatorlaridan tashqari, 10 yil davomida quyidagilar kafolatlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbektelekom” AK tomonidan Internet tarmog‘iga kirish xizmatini ulanish joyidan qat’i nazar yagona tarif bo‘yicha taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni beg‘araz asosda taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini yaratishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlariga, ular telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanganidan so‘ng, ularning buyurtmalari bo‘yicha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma’lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat’i nazar 2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2022-yil 1-yanvarga qadar telekommunikatsiya obyektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) o‘rnatilgan tartibda kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda jamoat, ma’muriy, turar-joy va sanoat maqsadlaridagi binolar va inshootlarni loyihalashga topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida majburiy tartibda quyidagi talablarni ko‘zda tutsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarda telekommunikatsiya obyektlarini o‘rnatish uchun tegishli maydonlar va infratuzilmalarni, ularga elektr ta’minotini keltirgan holda, ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar ichida telefoniya, ma’lumotlar uzatish va Internet tarmoqlari, kabel televideniya va efir televideniyasini jamoaviy qabul qilish tizimlari, shuningdek, “xavfsiz uy” va qo‘riqlash signalizatsiyasi kabellarini o‘tkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar-joy, jamoat, ma’muriy va sanoat hududlarida telekommunikatsiya liniyalarini yotqizish va telekommunikatsiya obyektlarini (telekommunikatsiya shkaflari, antenna minoralari, machtalari va boshqalar) o‘rnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratilishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga telekommunikatsiya obyektlarini o‘rnatishga har taraflama ko‘mak bersin, shuningdek, zaruratga ko‘ra, ularning temir yo‘llar bo‘yidagi elektr tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l-transport infratuzilmasini qurish va kapital ta’mirlashda bir vaqtda temir yo‘llari bo‘ylab, shuningdek, zaruratga ko‘ra, avtomobil yo‘llari bo‘ylab kelgusida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga ijaraga berish uchun telekommunikatsiya kanalizatsiyasini qurishni ko‘zda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish hamda olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlarga, shuningdek, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyat markazlarida tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining server hamda telekommunikatsiya qurilmalarini zamonaviy maydonchalarda joylashtirish bo‘yicha xizmatlar majmuasini taqdim etuvchi xosting va trafik almashuvi markazlarini tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida keng polosali ulanish va mobil Internet qamrovi zonalari to‘g‘risida hududlar kesimidagi ma’lumotlarni chop etib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda mobil aloqa va simsiz ulanish qurilmalaridan turli chastotalardagi elektromagnit nurlanishi ta’siri xavfsizligining sanitariya qoidalari va me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion zonalarda, magistral avtomobil va temir yo‘llar bo‘ylarida quyidagilarni o‘z vaqtida ta’minlab borsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari murojaatlari bo‘yicha telekommunikatsiya obyektlarini elektr tarmoqlariga ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tumanlar markazlaridagi mobil aloqa tarmoqlari bazaviy stansiyalarini hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining markaziy bog‘lamalarini, teleradioeshittirish obyektlarini elektr tarmoqlaridan o‘chirilmaydigan toifali obyektlar qatoriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmoqlari tayanch ustunlariga telekommunikatsiya tarmoqlarini beg‘araz asosda o‘rnatishga (osishga) ruxsat berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2022-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan telekommunikatsiya vositalari ilovaga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turistik obyektlarda bosqichma-bosqich, shu jumladan 2019-yilda davlat-xususiy sheriklik shartlarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalanish bo‘yicha ommaviy nuqtalarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tegishli xulosa berishni ular kiritilgan sanasidan boshlab ikki hafta muddatda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda telekommunikatsiya obyektlarini olib kirish, loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish va qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4329-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvarga qadar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladigan telekommunikatsiya vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TIF TN kodi

(2017-yilgi versiyasi)

Tovarning qisqacha nomlanishi

1.

8471 70

telekommunikatsiya va Internetdan foydalanish tarmoqlari uskunasining tarkibiga kiruvchi xotirlovchi qurilmalar

2.

8536 70 000

optik tolalar, optik-tolali jgutlar yoki kabellar uchun ulagichlar

3.

8544 20 000

koaksial kabellar va boshqa koaksial elektr o‘tkazgichlar

4.

8544 42 100 0

1000 V dan ko‘p bo‘lmagan kuchlanish uchun elektr o‘tkazgichlar va telekommunikatsiyalarda foydalaniladigan ulash moslamalari bilan jihozlangan boshqa o‘tkazgichlar

5.

8544 49 200 0

80 V dan ko‘p bo‘lmagan kuchlanish uchun elektr o‘tkazgichlar va telekommunikatsiyalarda foydalaniladigan boshqa o‘tkazgichlar.

6.

8544 70 000 0

optik-tolali kabellar

7.

9001 10 100 0

tasvirlarni uzatish uchun kabellar

8.

9001 10 900

optik tolalar, optik-tolali jgutlar va kabellar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4329/3168-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son, 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)