21.05.2019 yildagi PQ-4325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda davlat korxonalari, xususan, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar va banklar)ni restrukturizatsiya hamda isloh qilishga qaratilgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar va tarkibiy oʻzgartirishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, joriy holatni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, davlat ishtirokidagi aksariyat korxonalar va banklar past rentabellik bilan faoliyat yuritmoqda, ulardan baʼzilari resurslarga xarajatlarning ortib borayotganligi hamda oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarlar va koʻrsatayotgan xizmatlarning narxlari va tariflarini tartibga solish mexanizmlari takomillashmaganligi oqibatida sezilarli zarar koʻrmoqda. Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklardagi boshqaruv tuzilmasi ular faoliyatining samaradorligini oshirish uchun real stimullarga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarning raqobatbardoshligi hamda samaradorligini oshirish, faoliyati natijalarini tijoratlashtirishni taʼminlash, shuningdek ushbu korxonalar va banklarda korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi hamda vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy shtat birliklari doirasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish va tarif jihatdan tartibga solish masalalari qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, shu jumladan davlat korxonalari, xoʻjalik birlashmalarining xoʻjalik va boshqarish funksiyalarini ajratish orqali ularni restrukturizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni taʼminlash boʻyicha oʻrta muddatli davrga moʻljallangan yagona strategiyani ishlab chiqib hamda uni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarning tovarlari va xizmatlariga narxlar hamda tariflarni erkin shakllantirish, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun mavjud barcha afzalliklar va imtiyozlarni yalpi xatlovdan oʻtkazish va ularni bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish hamda shunday korxonalarni zamonaviy korporatsiyalar etib qayta tashkil qilish orqali ularning xususiy sektor bilan teng bozor sharoitlarida toʻlaqonli faoliyat yuritishiga oʻtishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, Agentlik bilan birgalikda ularni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli xorijiy va xalqaro institutlar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni isloh qilish boʻyicha ishlarni samarali tashkil qilish va amalga oshirish, Agentlik bilan birgalikda ularning boshqaruvi tarkibiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish masalalari qismida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank va Agentlik bilan birgalikda xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi tijorat banklarining raqobatbardoshligi, rentabelligi, faoliyatining tijoratlashganligi holatini, shu jumladan ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushining zamonaviy bozor sharoitlariga mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qilish, shuningdek, banklardagi korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish jarayonlarining samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank va Agentlik bilan birgalikda davlat ishtirokidagi tijorat banklarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash bilan bogʻliq tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar hamda zarur tartib-taomillarni oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish, shu jumladan Agentlik bilan birgalikda ularning boshqaruvi tarkibiga yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni faol jalb etish jarayonlari doirasida xorijiy va xalqaro institutlar bilan ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni isloh qilish vazifalarini samarali amalga oshirish hamda davlat aktivlarini boshqarishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etishni taʼminlash maqsadida ushbu qaror bilan yuklatilgan vazifalar qismida Agentlikning bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga boʻysunishi va hisobot berishini saqlab qolgan holda, Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatga biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4325-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PQ-4325-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 471 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2019-y., 07/19/4325/3163-son)