20.05.2019 yildagi PF-5722-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4256-son qaroriga asosan, shuningdek respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini yanada kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) oʻrtasida 2019-yil 24-martda ustav fondi miqdori 10 million AQSH dollarini tashkil etuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi imzolanganligi va kompaniya investitsiya portfeli shakllanib borishiga muvofiq ustav fondining bosqichma-bosqich 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan miqdorga yetkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan kompaniyaning kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasining (BAA) ulushi 75 foizni hamda Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi 25 foizni tashkil qilishi, belgilangan tartibda qoʻshimcha ishtirokchilarni jalb qilish mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi, shuningdek uning taʼsischilari daromad soligʻi, shu jumladan dividend va foizlar koʻrinishidagi daromadlar, mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan, shuningdek, uning mol-mulki va aktivlarini realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan istisno tariqasida 10 yil muddatga ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasining boshqaruv organlarida Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi uch oy muddatda Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasiga yollanib ishlash maqsadida jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga hamda ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda kirish vizalarining rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi buyurtmanomalariga binoan Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasiga yollanib ishlash maqsadida jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojini undirmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berishni va uzaytirishni, vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilishni va vaqtincha propiskani uzaytirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5722-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-maydagi PF-5722-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandning ikkinchi xatboshidagi “5” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-sentabrdagi “Oʻmon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1197-son qarorining rus tilidagi matni 4-bandi birinchi xatboshidagi “na 10 let” soʻzlari “do 1-yanvarya 2030 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5722/3154-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)