Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-may,
416-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrda 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari” 8-boʻlimi 13-bandidagi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)