Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Samarqand viloyatida Bulungʻur suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Zarafshon daryosi suv resurslaridan samarali foydalanish va Samarqand viloyati sugʻoriladigan yer maydonlarining suv bilan taʼminlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bosh loyiha tashkiloti “OʻzGIP” MChJ tomonidan 100 mln kub m. hajmdagi suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Samarqand viloyatida Bulungʻur suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Samarqand viloyatida Bulungʻur suv omborini qurish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) texnik-iqtisodiy hisobi ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan tasdiqlansin.
3. Loyihani amalga oshirish boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Samarqandsuvqurilishinvest” davlat muassasasi buyurtmachi etib;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
istisno tariqasida “Zarafshonmaxsussuvqurilish” davlat unitar korxonasi bosh pudratchi etib;
qurilishni yakunlash muddati 2021-yil 1-iyul qilib belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti “OʻzGIP” MChJ bilan birgalikda 2019-yilning 1-dekabriga qadar mazkur qarorning 2-bandi bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq talab etiladigan kapital qoʻyilmalarni:
joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan;
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida ajratilishini nazarda tutsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov loyihani amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, suv xoʻjaligi vaziri Sh.R.Xamrayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-may,
413-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 413-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Samarqand viloyatida Bulungʻur suv omborini qurish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
|
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Oʻlchov birligi |
Hammasi |
shu jumladan budjet mablagʻlari |
|
1. |
Loyihaning umumiy qiymati * |
ming AQSh dollari ekvivalentida ** |
46 048,35 |
46 048,35 |
|
2. |
Kapital qoʻyilmalar summasi, hammasi |
ming AQSh dollari ekvivalentida |
46 048,35 |
46 048,35 |
|
shu jumladan: |
||||
|
mashinalar va asbob-uskunalar |
ming AQSh dollari ekvivalentida |
1 489,32 |
1 489,32 | |
|
qurilish — montaj ishlari |
ming AQSh dollari ekvivalentida |
41 862,52 |
41 862,52 | |
|
boshqa xarajatlar |
ming AQSh dollari ekvivalentida |
2 696,51 |
2 696,51 | |
|
3. |
Suv ombor hajmi |
100 mln kub m. | ||
|
4. |
Sugʻoriladigan maydon |
35,8 ming ga | ||
|
5. |
Yaratilayotgan ish oʻrni *** |
51 kishi | ||
|
6. |
Investitsiya davri |
36 oy | ||
|
7. |
Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlar qiymati |
46 048,35 ming AQSh dollari ekvivalentida | ||
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichi ishchi hujjatlar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng aniqlanadi.
** AQSh dollari kursi 2019-yil 26-mart holatiga — 8389,97 soʻm/AQSh dollari miqdorida olingan.
*** Suv omboridan foydalanish xizmatini tashkil etish.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/413/3144-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)