26.05.2017 yildagi PQ-3011-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki ishtirokida “M39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” hamda “Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qaytaqurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1433-sonli hamda 2011-yil 28-dekabrdagi “Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Gʻuzor-Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1671-sonli qarorlarini ijro etish hamda 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash Dasturining samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qaytaqurish” loyihasi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida (keyingi oʻrinlarda — ITBdeb ataladi) 2010-yil 2-mart kuni oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum imzolandi hamda 2010-yil 12-noyabr kuni Surxondaryo viloyatida uzunligi 100 km boʻlgan Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qayta qurish uchun umumiy summasi 167,2 mln. AQSH dollari miqdorida Istisna'a shartnomasi va Istisna'a agentlik bitimi tuzildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITB ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qaytaqurish” loyihasini amalga oshirish doirasida xalqaro tanlov savdolari natijalari boʻyicha 2012-yil 21-mart kuni Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Akkord Industry Construction Investment Corporation” OJS (Ozarbayjon) (keyingi oʻrinlarda — “Akkord”kompaniyasi deb ataladi) oʻrtasida uzunligi 100 km boʻlgan (1330 — 1395 km, 1400 — 1410 km va 1426 — 1451 km) avtomobil yoʻlini qayta qurish uchun umumiy qiymati 126,7 mln. AQSH dollari miqdorida, shuningdek, 2011-yil 20-iyul kuni “Temelsu International Engineering Services Inc.” (Turkiya) kompaniyasi bilan qurilish ustidan texnik nazorat amalga oshirish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatish uchun umumiy qiymati 3,8 mln. AQSH dollari miqdorida kontraktlar tuzildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan shartnomalarga muvofiq, noqulay ob-havo sharoitlari va texnik jihatdan kechikishni inobatga olmagan holda 2012-yil 12-iyun qurilish ishlari boshlanadigan muddat etib, 2014-yil 12-iyun qurilish ishlari tugallanadigan muddat etib belgilab qoʻyildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Akkord” kompaniyasi yoʻl-qurilish texnikasini oʻz vaqtida mobilizatsiya qilmaganligi, ekstremal noqulay iqlim sharoitlari, imoratlarning buzilishi taʼminlanmaganligi, shuningdek, Surxondaryo viloyatining tegishli tashkilotlari elektr energiya va tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlab bermaganligi sababli loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirishda kechikish yuz berdi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengashning bayonotlari bilan 2015-yil 5-martdan (118-sonli) 2015-yil 1-avgustgacha va 2015-yil 22-oktabrdan (186-sonli) 2016-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-may holatiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul ifodasida 77,0 mln. AQSH dollari oʻzlashtirildi va 78,0 mln.AQSH dollari toʻlandi, 19,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi ajratilgan avans mablagʻlarini hisobga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda 1400 — 1410 km va 1426 — 1451 km (35 km) uchastkalarda yoʻl qurilish ishlari va 18 ta koʻprik qurilishi yakunlandi, 1330 — 1395 km (65 km) uchastkada yoʻl qurilish ishlari 60 foizni va koʻpriklarni qayta qurish boʻyicha 62 foizni tashkil etdi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan pudratchi tashkilotlar va muhandis-maslahatchi bilan hamkorlikda yoʻl-qurilish ishlarini 2018-yil 21-martga qadar uzil-kesil tugatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va jadvallar ishlab chiqildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Gʻuzor-Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — STJ deb ataladi), Quvayt arab iqtisodiytaraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QAITJ deb ataladi) hamda Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — ADTJ deb ataladi) oʻrtasida 2010-yil 2-mart kuni Qashqadaryo viloyatida uzunligi 73 km boʻlgan Gʻuzor — Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qayta qurish uchun umumiy summasi 70,1 mln. AQSH dollari miqdorida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum imzolandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va QAITJ oʻrtasida hamda 2011-yil 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va STJ oʻrtasida umumiy summasi 51,0 mln. AQSH dollari miqdorida qarz bitimlari imzolandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 24-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi qarz bitimi imzolanishini kelishish uzoq vaqt davom etishi tufayli ADTJ tomonidan 19,1 mln. AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish shartlariga rozi boʻlmadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ADTJ tarafidan loyihani moliyalashtirish qismi borasida tomonlar nuqtai nazarlarining mos kelmaganligi tufayli uzunligi 38 km (0 — 38 km) boʻlgan avtomobil yoʻlini qayta qurish Respublika yoʻl jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshirilmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eʼlon qilingan xalqaro tender savdolar takliflar tushmaganligi tufayli oʻtkazilmadi, natijada STJ va QAITJ bilan kelishilgan holda mahalliy pudratchi tashkilotlar ishtirokida milliy tender savdolari oʻtkazildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalari boʻyicha “Global Road” MCHJ, “Istiqlol yol qurilish ta'minot korxonasi” XK, “Nasaf temir yoʻl kompleks qurilish” XK va “Ziyo capital qurilish” MCHJ mahalliy kompaniyalari bilan uzunligi 35 km boʻlgan (38 — 73 km) avtomobil yoʻlini qayta qurish uchun umumiy qiymati 86,8 mlrd, soʻmlik, shuningdek, 2013-yil 11-mart kuni “Saudi Consulting Services (SAUDCONSULT)” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan qurilish ustidan texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun umumiy qiymati 1,6 mln. AQSH dollari miqdorida shartnomalar tuzildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan shartnomalarga muvofiq, noqulay ob-havo sharoitlari va texnik jihatdan kechikishni inobatga olmagan holda 2015-yil 15-fevral qurilish ishlari boshlanadigan muddat etib, 2016-yil 14-avgust qurilish ishlari tugallanadigan muddat etib belgilab qoʻyildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi tashkilotni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan 2 ta xalqaro tanlov savdosi natija bermaganligi, noqulay iqlim sharoitlari, yoʻl boʻyidagi imoratlar belgilangan muddatlarda buzib tashlanmaganligi, shuningdek, loyihani moliyalashtirish sxemasidan pudrat ishlarining 33 foizini moliyalashtirishi lozim boʻlgan ADTJ chiqarib tashlanganligiva mablagʻlarning yetishmayotgan qismini moliyalashtirish uchun STJ roziligini olish zarurligi tufayli loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirishda kechikish yuz berdi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-may holatiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul ifodasida 23,7 mlrd, soʻm oʻzlashtirildi va 41,0 mlrd, soʻm toʻlandi, 17,4 mlrd, soʻm miqdoridagi ajratilgan avans mablagʻlarini hisobga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalda 28,4 kilometrli yer usti yoʻl koʻtarmasi, 6,4 kilometrli shagʻal, 4,0 kilometrli asfalt qoplamasi yotqizildi, ikkita koʻprik qayta qurildi (60%) va transport chorrahasi qurildi (90%);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan pudratchi tashkilotlar va muhandis-maslahatchi bilan hamkorlikda yoʻl-qurilish ishlarini 2018-yil 1-noyabrga qadar uzil-kesil tugatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va jadvallar ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuqoridagi kontraktlar boʻyicha qurilish ishlari toʻliqhajmda va belgilangan muddatlarda tugatilishini taʼminlash uchun ITB ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasining investitsiya davrini amalga oshirish muddatini 2018-yil 1-oktabrgacha hamda STJ va QAITJ ishtirokida “Gʻuzor-Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasining investitsiya davrini amalga oshirish muddatini 2019-yil 1-maygacha uzaytirish, mazkur loyihalarning umumiy qiymatini oshirmaslik toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi uzaytirilayotgan muddatlarda tuziladigan qoʻshimcha bitimlarda pudratchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun qatʼiy choralarni, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishi choʻzib yuborilishi tufayli sarflangan xarajatlarning summasini undirish boʻyicha qatʼiy choralarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur loyihalar boʻyicha investitsiya davrlarini amalga oshirish muddatlarining uzaytirilishi pudratchi tashkilotlarni oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmasligi, shu jumladan, yoʻl-qurilish ishlarini oʻz vaqtida tamomlamaganligi uchun jarima sanksiyalari qoʻllanilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu moddaning 2-bandi talablarini hisobga olgan holda mazkur loyihalarni amalga oshirishning investitsiya davrlari muddatlari uzaytirilishi haqida ITB, STJ va QAITJga tegishli soʻrovlar yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari Davlat qoʻmitasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari rahbarlarining zimmasiga ITB ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qayta qurish” hamda STJ va QAITJ ishtirokida “Gʻuzor-Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihalarining oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan uzaytirilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1433-sonli hamda 2011-yil 28-dekabrdagi “Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Gʻuzor-Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qaytaqurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1671-sonli qarorlarida taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining amal qilishi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3011-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3011-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent-Termiz M39 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-1433-sonli qarori 1-ilovasi 11-bandining “Jami*” ustunida “42,5” raqami “97” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 201 1 yil 28-dekabrdagi “Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Gʻuzor-Chim-Koʻkdala 4R87 avtomobil yoʻlini qayta qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1671-sonli qarorining 1-ilovasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jami*” ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-bandida “73” raqami raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandida “48” raqami “82” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“*** Uzunligi 38 km boʻlgan avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasining oʻz mablagʻlari hisobidan qayta qurilmoqda, 35 kilometrlik avtomobil yoʻllari STJ va QAITJ mablagʻlari hisobidan qayta qurilmoqda”.