Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Poyezdlarning shahar atrofida harakatlanishini tashkil etgan holda “Andijon-Savay-Xonobod” temir yoʻl uchastkasini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Poyezdlarning shahar atrofida harakatlanishini tashkil etgan holda “Andijon-Savay-Xonobod” temir yoʻl uchastkasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi 5364-F-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Poyezdlarning shahar atrofida harakatlanishini tashkil etgan holda “Andijon-Savay-Xonobod” temir yoʻl uchastkasini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-may,
378-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/378/3098-son)