Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) hamda Yadro sinovlarini butunlay taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnomani tayyorlash qoʻmitasi bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi oʻrinlarda — Elchixona)ning ish haqi fondiga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda uning shtat jadvaliga MAGATE bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritilsin.
2. Elchixonaning shtat jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Elchixonaning 2019-yil uchun moʻljallangan xarajatlar smetasini mazkur xorijdagi muassasaning tashkiliy-shtat tuzilmasi yangilanishini hisobga olgan holda tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yil budjetida tasdiqlangan xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish hajmlari doirasida Elchixona xarajatlarini moliyalashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy diplomatiya vakolatxonalaridagi shtatlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 560-son qarorining 5-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-aprel,
PQ-4261-son