Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi oʻrtasidagi investitsiyaviy iqlimni yaxshilash va mamlakatimizning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-mart,
PF-5693-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi PF-5693-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-ilova:
a) quyidagi mazmundagi 15 va 77-bandlar bilan toʻldirilsin:
“15. Eron Islom Respublikasi;
77. Janubiy Afrika Respublikasi”;
b) 15 — 75-bandlar tegishli ravishda 16 — 76-bandlar va 76-band tegishli ravishda 78-band deb hisoblansin;
v) 15-band “shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi” soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 6-ilova:
a) quyidagi mazmundagi 23 va 109-bandlar bilan toʻldirilsin:
“23. Eron Islom Respublikasi;
109. Janubiy Afrika Respublikasi”;
b) 23 — 107-bandlar tegishli ravishda 24 — 108-bandlar va 108-109-bandlar tegishli ravishda 110-111-bandlar deb hisoblansin;
v) 27-band “shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi” soʻzlar bilan toʻldirilsin.