O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Belgilansinki, 2019-yil 1-aprelga qadar tijorat banklari tomonidan birja savdolarida paxta tolasini sotib olish uchun to‘qimachilik tashkilotlariga berilgan bank kafolatlari ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.E. Maksudov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-aprel,
351-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 351-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-bandda:
a) to‘rtinchi xatboshidagi “, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshidagi “, qolgan 65 foiziga bank kafolati berish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin”.
2. 1-ilova quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. 2019-yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat’i nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblaydi: 20/120 ga ko‘paytirilgan haqiqiy sotish narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i = haqiqiy sotish narxi × 20/120)”.
3. 2-ilovaning 14-bandda:
a) uchinchi xatboshidagi “, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) to‘rtinchi xatboshidagi “, qolgan 65 foiziga bank kafolati berish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/351/3009-son)