ILOVA
| | | | | | |
| T/r |
Strategik vazifalar |
Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmi |
Muddatlar |
Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqaruv organlari va tuzilmalarning masʼuliyati, muvofiqligi va oʻzaro boʻysunishi* | |
|
qonun hujjatlarini ishlab chiqishda |
qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda | ||||
|
1-ustuvorlik. Makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy oʻsish | |||||
|
1.1. |
Iqtisodning barqaror, mutanosib rivojlanishini taʼminlash |
Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollarini baholash, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar pul-kredit parametrlari, davlat budjeti, toʻlov, tarmoqlararo toʻlov balanslari, moddiy balanslar va boshqalarni oʻzaro bogʻlashni takomillashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va yillik prognozlarini ishlab chiqish. |
har yili III chorak |
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar, idoralar |
| | | Quyidagilar asosida iqtisodiyotning ustuvor sektorlari va sohalarini jadal rivojlantirish uchun qulay muhit shakllantirishni taʼminlovchi makroiqtisodiyotni boshqarish kompleks mexanizmini ishlab chiqish: - davlat investitsiyalari ajratish tizimini takomillashtirish; - maqsadli soliq, bojxona, kredit stavkalari va imtiyozlar belgilash; - pul-kredit, valyuta, tashqi iqtisodiy, narx, amortizatsiya siyosatini takomillashtirish; - raqobat muhitini rivojlantirish. |
2001-yil mart |
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, (Davlat bojxona qoʻmitasi) |
| 1.2. | Milliy valyuta va narxlarni barqarorlashtirishni taʼminlovchi balanslangan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish | Quyidagilar asosida pul-kredit siyosati asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish: - iqtisodiy oʻsish indikatorlarini va narxlar indekslarini maqbul uygʻunlashtirishga erishish boʻyicha birgalikdagi sayʼ-harakatlarni muvofiqlashtirish; - pul boʻyicha takliflar ustidan qatʼiy miqdoriy nazoratni amalga oshirish; - pul massasi oʻsishining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini belgilash; - kredit va kassa rejalarini ishlab chiqishni takomillashtirish; - qayta moliyalash stavkalarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish. |
Har yili III chorak |
Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| | | Toʻlov �izimini takomillashtirish, zamonaviy bank texnologiyalarini qoʻllash va toʻlov plastik kartalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish. | 2001-yil | Markaziy bank, Moliya vazirligi | Markaziy bank, Moliya vazirligi |
| 1.3. | Inflatsiyani pasaytirish, inflatsiya jarayonlarini boshqarish | 2001-2003-yillarda inflatsiya darajasini pasaytirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqish: - pul emissiyasi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish; - tijorat banklari tomonidan loyihalarning samaradorligi va xarajatlarni qoplashidan kelib chiqqan holda kreditlar ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirish; - eng muhim mahsulot turlariga narx belgilash jarayonlari monitoringini taʼminlash; - strategik tovarlar (ishlar va xizmatlar) narxlari oʻzgarishi oqibatlarining koʻp variantli hisob-kitoblarini amalga oshirish; - qayta moliyalash stavkalarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish; - iqtisodiy jihatdan asoslangan davlat qisqa muddatli va uzoq muddatli majburiyatlarini, boshqa qimmatli qogʻozlarini chiqarish, shuningdek Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari siyosatini maqbullashtirish hisobiga budjet taqchilligini inflatsiyasiz qoplashga bosqichma-bosqich erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
2001-yil I yarim yilligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Monopoliyadan ch�qarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi), Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tijorat banklari |
| 1.4. | Budjet-soliq siyosatini takomillashtirish, moliya tizimini isloh qilish | Soliq-budjet siyosatini takomillashtirish, fiskal funksiyalarini kamaytirish va soliqlarning ragʻbatlantiruvchi rolini kuchaytirish, respublika va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni maqbullashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish: - soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan isteʼmolchilarga oʻtkazishni bosqichma-bosqich taʼminlash, toʻgʻridan toʻgʻri soliqlar salmogʻini qisqartirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini koʻpaytirish; - soliqqa tortishning oʻxshash bazasiga ega boʻlgan soliqlarni birxillashtirish chora-tadbirlari tizimini qabul qilish, soliq mexanizmini soddalashtirish; - resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni ragʻbatlantirishni taʼminlovchi soliq resurslari stavkalarini maqbullashtirish; - yigʻiluvchanlik darajasini oshirish va boshqa rezervlar hisobiga soliq solish bazasini kengaytirish; - bojxona bojini undirishda tarif razryadlarini birxillashtirish; - baholashda va budjet xarajatlarini amalga oshirishda normativ usulini kengaytirish; - Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibida mahalliy budjetlar ulushini oshirish. |
Har yili I yarim yillik | Moliya vazirligi | Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
| | | Davlat xaridlari tizimi asosida davlat ehtiyojlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. | 2001-yil II chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
| | | Davlat moliya va moddiy resurslaridan foydalanishning normativ bazasini ishlab chiqish. | Doimo | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi |
| 1.5. | Bank tizimini yanada isloh qilish | Investitsiya jarayonining asosiy boʻgʻini boʻlishga daʼvat eti�gan bank sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yoʻnalishlar va aniq chora-tadbirlarni belgilash: - banklarni yanada kapitallashtirish; - xususiy banklar sonini koʻpaytirish; - aholi mablagʻlarini bank tizimiga jalb etishni ragʻbatlantirish; - kredit siyosatini, kredit berish shakllari va usullarini takomillashtirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va sektorlaridagi investitsiya loyihalarini kreditlashda tijorat banklari ishtirokini kengaytirish; - tijorat banklarining investitsiya vositachilari sifatidagi rolini oshirish; - majburiy sugʻurtalash asosida fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimini shakllantirish. |
Har yili Pul-kredit siyosati asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqqan holda | Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Banklar uyushmasi) | Markaziy bank, tijorat banklari, Moliya vazirligi, (Banklar uyushmasi) |
| 2-ustuvorlik. Iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlar | |||||
| 2.1. | Mineral va qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlashni taʼminlovchi aktiv tarkibiy va investitsiya siyosatini oʻtkazish | Iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning uzoq muddatli strategiyasini, davlat investitsiya, ilmiy-texnika siyosatini, uni amalga oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi imtiyoz va preferensiyalar tizimini ishlab chiqish | 2001-yil II chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (Fan va texnika davlat qoʻmitasi) | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,(Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi) |
| | | Iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarning takroriy ishlab chiqarish, tarmoq va hududiy mutanosibliklarni takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻrta muddatli prognozlarini ishlab chiqish. | Ikki yilda bir marta | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar va idoralar |
| | | Tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarni (mahalliy va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni) rivojlantirish, ilgʻor, resurslarni tejaydigan texnologiyalar asosida bazaviy tarmoqlarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqish. | Doimo | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar |
| | | Iqtisodiyot tuzilmalarini (ishlab chiqaruvchi kuchlarni) joylashtirishning oʻrta muddatli davrga moʻljallangan, quyidagilarni nazarda tutuvchi sxemalarini ishlab chiqish: - mineral-xomashyo, mehnat, yer-suv resurslari va infratuzilmalar, toʻplangan ishlab chiqarish va intellektual potensialdan oqilona foydalanish; - xorijiy investitsiyalarning respublika mintaqalariga barqaror kirib kelishi; - raqobat muhitini rivojlantirish; - kichik va xususiy biznesni jadal rivojlantirish; - hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish. |
Ikki yilda bir marta | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) |
| | | Tarkibiy oʻzgarishlarning asosiy ustuvorliklari va strategik vazifalarini amalga oshirishni hisobga olgan holda oʻrta muddatli davrga (2-5 yil) investitsiya dasturlarini ishlab chiqish | 2001-yil IV chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti), Moliya vazirligi, Markaziy bank | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti), Moliya vazirligi, Markaziy bank, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) |
| | | Qisqa muddatli (yillik) va oʻrta muddatli (3 yil) davrga mahsulotlar va xomashyolarning eng muhim turlari boʻyicha moddiy balanslarini tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish | 2001-yil III chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar, idoralar |
| 2.1-qoʻshimcha ustuvorlik. Yoqilgʻi-energetika kompleksining barqaror ishlashi va uni rivojlantirish | |||||
| 2.1.1. |
Yoqilgʻi-energetika kompleksini barqaror, mutanosib rivojlantirishni taʼminlash |
Yoqilgʻi-energetika kompleksining respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish bazasi sifatidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda uning tarmoqlari muammolarini hal qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; “ |
2003-yil IV chorak |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi) |
(“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi), sugʻurta kompaniyalari, tijorat banklari |
|
2.1.2. |
Energiya resurslari zaxiralari barqaror va yetarlicha oʻsishini va ularni ishlab chiqarishni taʼminlovchi uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazish, qazib olish va qayta ishlashga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish |
Neft va gaz boʻyicha geologiya-razvedka obyektlarini kengaytirish, chet el investitsiyalarini jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini, shu jumladan konlarni va xomashyoni qayta ishlash korxonalarini konsessiyaga berish yoʻli bilan jalb qilish dasturini ishlab chiqish |
2001-yil I chorak, har yili | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Energetika vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi) | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Energetika vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi) |
| 2.1.3. |
Yoqilgʻi-energetika kompleksining razvedka qilingan energetika zaxiralaridan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali, oqilona foydalanilishni taʼminlash |
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani energetika resurslaridan oqilona va tejab foydalanishni taʼminlovchi zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalarga bosqichma-bosqich oʻtkazish, energiyaning muqobil manbalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish |
2001-2003-yillar | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi) |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi) |
|
2.1.4. |
Yoqilgʻi-energetika kompleksining energiya ishlab chiqarish quvvatlarini va infratuzilmasini zamonaviylashtirish | 2001-2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida energiya ishlab chaqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: zamonaviy yuqori tejamli bugʻ-gaz qurilmalari joriy etilgan holda energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rekonstruksiya qilish; energetika tarmogʻiga elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish koʻpaytirilishini taʼminlovchi chet el investitsiyalarini jalb qilish; energiyaning muqobil manbalari: quyosh kollektorlari va shamol-energetika qurilmalaridan foydalanishni kengaytirish; borish qiyin va chekka joylarda energiyaning avtonom manbalarini amaliyotga joriy etish; energiyaning nobud boʻlishi va energetikaning atrof muhitga taʼsirini kamaytirish imkonini beruvchi mineral-tolali izolatsiya materiallari negizida energetika asbob-uskunalari uchun issiqlikdan saqlovchi qoplamalarning yangi toifalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish; energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish ustidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlovchi energiyani hisobga olish tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirish, yoritishning ushbu ehtiyojlar uchun elektr energiyasi isteʼmolini jiddiy ravishda kamaytirish imkonini beruvchi yuqori samarali priborlarini joriy etish |
Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlarini har yil¸ aniqlashtirgan holda 2000-yil dekabr |
Iqtisodiyot v�zirligi (“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi), Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi) |
Iqtisodiyot vazirligi (“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi), Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi) |
| 2.2-qoʻshimcha ustuvorlik. Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirish | |||||
| 2.2.1. | Suv resurslari va yer fondidan oqilona va balanslangan holda foydalanish asosida agrar sektorning barqaror rivojlanishini taʼminlash | Suv resurslarining qisqa muddatli va oʻrta muddatli balanslarini ishlab chiqishni amaliyotga tatbiq etish | Har yili III chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi), Moliya vazirligi | (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari |
| | | Zamonaviy texnologiyani, almashlab ekishlarning ilmiy asoslangan tizimini joriy etishni, gʻoʻza, don va boshqa ekinlarning istiqbolli navlarini joylashtirishni, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni hisobga olgan holda yer fondidan oqilona foydalanish prognozini ishlab chiqish. | Har yili III chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi), Moliya vazirligi | (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari |
| 2.2.2. | Qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish, bozor oʻzgartirishlarini chuqurlashtirish | 2001-2003-yillarda qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturlarini ishlab chiqish: - qishloq xoʻjaligi kooperativlarida (shirkatlarida) pay tizimini va oilaviy pudratni yanada rivojlantirish; - qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tuzilmasida fermer xoʻjaliklari salmogʻini jadal oʻstirish; - dehqon xoʻjaliklari faoliyatini faollashtirish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash; - qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining industrial va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishdan manfaatdorligini oshirish; - qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini mablagʻ bilan taʼminlashni takomillashtirish, ularning kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish; - qishloqni yuqori unumli texnika va material resurslari bilan taʼminlashning muqobil shakllarini rivojlantirish. |
2000-yil dekabr | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, D�vlat mulki qoʻmitasi,”Oʻzagromashservis”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyalari, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi) | (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi), Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzagromashservis”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyalari, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi |
| 2.2.3. | Qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlovchi, qishloq xoʻjaligi korxonalaridan boʻshaydigan mehnat resurslarini ish bilan samarali taʼminlovchi ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish | Qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash va ichki isteʼmol bozorini xalq isteʼmoli mollariga toʻldirish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning tashkiliy-huquqiy, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish. | 2001-yil I chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Milliy bank), tijorat banklari | (Davlat mulki qoʻmitasi,Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Milliy bank), tijorat banklari, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) |
| 2.2.4. | Mamlakat aholisi ehtiyojlarini ishonchli taʼminlaydigan qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat tarmoqlarini jadal rivojlantirish | Ekin maydonlarini tarkibiy oʻzgartirish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qulay makroiqtisodiy sharoitlar (narxlar, soliqlar, kreditlar, subvensiyalar, dotatsiyalar) yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. | 2001-yil I chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi), Moliya vazirligi, Markaziy bank | (Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) |
| 3-ustuvorlik. Koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish | |||||
| 3.1. | Kichik va oʻrta biznesning jadal rivojlanishi va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining barqaror oʻsishi uchun sharoitlar yaratish | Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning yagona tizimini shakllantirish yoʻli bilan kichik va oʻrta biznesning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushini oshirish maqsadida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha quyidagi dasturiy chora-tadbirlarni tayyorlash: - xorijiy moliya resurslarini jalb qilish; - moddiy xomashyo resurslari bozoridan foydalanishni taʼminlash; - huquqiy himoyani taʼminlash; - kadrlar tayyorlash; - eksportga moʻljallangan va importning oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish. |
2001-yil I chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi),Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari | (Davlat mulki qoʻmitasi), Markaziy bank, (Milliy bank), tijorat banklari, (Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi),sugʻurta kompaniyalari |
| 3.2. | Sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishning iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish | Monopol tuzilmalar faoliyatini, narxni boshqarish va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan monopoliyadan chiqarish, mulkchilik va xoʻjalik yuritishning turli shakllarini rivojlantirish asosida raqobat muhitini shakllantirish. | 2001-yil I chorak | Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, (Adliya vazirligi), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3.3. | Yaxlit, oʻzaro bogʻlangan, funksional bozor infratuzilmasini yaratish | Bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. Respublika mintaqalaridagi nobank moliya institutlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish. | 2001-yil III chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi, FTDQ) | Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi, FTDQ) |
| 4.1. | Eksportni barqaror oʻstirish va iqtisodiy tarmoqlarga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish | Quyidagilar asosida eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni va importning oqilona tashkil etilishini ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish: - eksport va import balansini takomillashtirish; - respublikamizda ishlab chiqarilgan tovarlarni tashqi bozorga chiqarish tizimini rivojlantirish; - tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish va samaradorligini oshirish; - valyuta bozorini yanada erkinlashtirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish; -eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar va preferensiyalar tizimini takomillashtirish. |
Har yili | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) | Moliya vazirligi, Markaziy bank, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi), Davlat soliq qoʻmitasi, (Davlat bojxona qoʻmitasi) |
| 4.2. | Tayyor mahsulotlarning eksportdagi hajmi va ulushini koʻpaytirish, import haj-mi va tarkibini oqilona tashkil etish | Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlar prognozlari bilan bogʻliq holda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning oʻrta muddatli strategik vazifalarini belgilash. | 2001-yil I chorak | (Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi), Moliya vazirligi, Markaziy bank, (Milliy bank), vakolatli banklar |
| | | Quyidagilar asosida eksportning oʻsishini va importni oqilona tashkil etishni taʼminlovchi savdo balansini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash: - bojxona va soliq siyosatini takomillashtirish; - importchilar uchun eksport majburiyatlarini joriy etish; - eksport-import operatsiyalarini kreditlashni va sugʻurtalashni rivojlantirish. |
Har yili III chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi,(Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi), Davlat soliq qoʻmitasi, (Davlat bojxona qoʻmitasi) | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi), Davlat soliq qoʻmitasi, (Davlat bojxona qoʻmitasi) |
| 4.3. | Ichki valyuta bozoriga valyuta mablagʻlari oqimini kengaytirishning qulay sharoitlarini va ragʻbatlanti-rish omillarini yaratish | Umumiqtisodiyot kompleksi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilar boʻyicha sayʼ-harakatlarni ishlab chiqish: - ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligiga erishish; - birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash; - eksport imkoniyatini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish. |
Doimo | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) | Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi), vakolatli banklar |
| 5-ustuvorlik. Zamonaviy yaxlit infratuzilma yaratish | |||||
| 5.1. | Zamonaviy transport infratuzilmasini yaratish | Quyidagilarni nazarda tutuvchi zamonaviy transport infratuzilmasini yaratish dasturlarini amalga oshirish: - respublika mintaqalari oʻrtasi�a yuklar va yoʻlovchilar tashishning qoʻshni davlatlar chegaralarini kesib oʻtishni istisno qiluvchi ishonchli transport qatnovini yoʻlga qoʻyish; - Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasining transport qatnovlari markazi sifatidagi rolini taʼminlovchi transport yoʻlaklarini yaratish, yaratiladigan transmilliy yoʻlaklar orqali Yevropa va Osiyoning eng yirik portlariga toʻsiqlarsiz va koʻp variantli chiqish loyihalarini amalga oshirish va ularni tugallash. |
Qabul qilingan dasturlarga muvofiq har yili | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) | (“Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi), Moliya vazirligi |
| 5.2. | Aloqa va telekommunikatsiyalar, axborot texnologiyalarining zamonaviy infratuzilmasini yaratish | Jahon axborot resurslaridan foydalanishni taʼminlovchi telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. | 2001-yil I chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar, idoralar | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirliklar, idoralar |
| 5.3. | Oʻzaro bogʻliq funksional bozor infratuzilmasini shakllantirish | Quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzaro bogʻliq funksional bozor infratuzilmasini yaratish: - bank sektoridagi islohotlarni jadallashtirish, nobank moliya institutlarini rivojlantirish va chet el investorlarini jalb qilish asosida ularning faoliyat koʻrsatish sifati va ishonchliligini xalqaro standartlargacha yetkazish; - nobank moliya institutlari (sugʻurta, lizing, auditorlik, injiniring, marketing, menejment va boshqa masalalar boʻyicha konsalting)ni jadal rivojlantirish; - axborot bilan taʼminlashning zamonaviy tizimini shakllantirish. |
Qabul qilingan dasturlarga muvofiq har yili | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Fan va texnika davlat qoʻmitasi) | Markaziy bank, Moliya vazirligi, (Fan va texnika davlat qoʻmitasi) |
| 6-ustuvorlik. Mehnat bozorini shakllantirishga oid faol siyosat | |||||
| 6.1. | Mehnatga layoqatli aholini ish bilan oqilona taʼminlashni demografik rivojlantirish muammolari | Mehnat bozorini va ish bilan bandlikni tartibga solishning quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tizimi samaradorligini oshirish: - aholining demografik oʻsishi prognozlarini ishlab chiqish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan taʼminlash muammolarini hal qilish; - mehnat resurslarining prognoz balanslarini aholini ish bilan samarali taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini asoslagan holda ishlab chiqish; - ish bilan taʼminlashning hududiy dasturlarini amalga oshirish va asosan budjetdan tashqari manbalar hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish; - aholining oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashini ragʻbatlantirish, mikrokreditlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari darajasida moliya-kredit ittifoqlari (kooperativlar) tizimini rivojlantirish va mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash; - oldini olish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida koʻrish uchun qishloq tumanlarida va aholi yashash joylarida mehnat bozori ahvolining tezkor monitoringini oʻtkazish. |
Doimo | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi), Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) | Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, (Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) |
| 6.2. | Mehnat bozoridagi talab va taklifning mutanosibligi asosida kasb-hunar kadrlari tayyorlash | Tegishli mutaxassislarga boʻlgan talab va takliflar asosida va iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar va bozor oʻzgarishlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ishchi kadrlari va mutaxassislar tayyorlash hamda ularni qayta tayyorl�sh dasturlarini ishlab chiqish. | Har yili II chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, (Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi) | Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, (Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi) |
| 7-ustuvorlik. Xalq moddiy faravonligini yanada barqaror oʻstirish, aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish | |||||
| 7.1. | Aholi daromadlarining barqaror oʻsishini taʼminlash | Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish: - qulay makroiqtisodiy rejim yaratish; - oʻzinii oʻzi ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini daromadlarni (aksiyalardan, koʻchmas mulkdan olingan dividendlar va boshqalar) oshirishning bozor mexanizmlariga jalb qilish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyat koʻrsatishini erkinlashtirish; - aholi qoʻlida boʻlgan daromadlarni koʻpaytirish va isteʼmol talabini oʻstirishga ragʻbatlar va sharoitlarni koʻpaytirish borasida mehnatga haq toʻlash fondini tartibga solishning amaldagi mexanizmini takomillashtirish. |
2001-yil II chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi | Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi�� |
| 7.2. | Isteʼmol talabini tahlil qilish va boshqarish asosida isteʼmol tarkibini maqbullashtirish | Oilalarning isteʼmol budjetlarini muntazam oʻrganish asosida isteʼmol tarkibini oqilona tashkil etish. | Har yili I chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi | Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi |
| 7.3. | Ichki bozorni isteʼmol tovarlari va xizmatlar bilan toʻldirish | Isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi va aholiga pulli xizmat koʻrsatuvchi ishlab turgan raqobatga qodir korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirish hisobiga respublikamizda ishlab chiqilgan isteʼmol tovarlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish. | 2001-yil I chorak | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar |
| 7.4. | Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ishonchli ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash | Quyidagi mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish: - aholining kam taʼminlangan qatlamlarini aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish; - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali himoyalashning aniq manzilliligini va samaradorligini kuchaytirish. Onalar va bolalarning toʻlaqonli, uygʻun ravishda har tomonlama rivojlanishini ijtimoiy kafolatlashning ishonchli tizimini taʼminlash boʻyicha dasturlarni quyidagi kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish: - zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish; - oʻsib kelayotgan avlodni jismoniy jihatdan toʻgʻri tarbiyalash maqsadida sport infratuzilmasini yaratish va yanada rivojlantirish; - bolalar hayotining barcha bosqichlarida ularning har tomonlama maʼnaviy, intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantirish; - oʻsib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat, tarixiy merosni, milliy anʼanalarni chuqur hurmat qilish ruhida tarbiyalash. |
Har yili I chorak 2001-yil | Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, (Sogʻliqni saqlash vazirligi), Ijtimoiy taʼminot vazirligi | Moliya vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, (Sogʻliqni saqlash vazirligi), Moliya vazirligi |
| | | Nodavlat pensiya jamgʻarmalarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni va meʼyoriy-qonuniy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish | 2002-2003-yillar | Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi | Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi |
| | | | | | |