28.02.2019 yildagi PQ-4217-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruv organlari, birlashma, qoʻshilma, qism, muassasa va harbiy tuzilmalarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibiga yagona yondashuvni taʼminlash, harbiy anʼanalarni mustahkamlash, gʻurur va vatanparvarlik hissini kuchaytirish, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, boʻlinmalarni jangovar-xizmat faoliyatda yuksak natijalarni qoʻlga kiritishga ragʻbatlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat va harbiy burchni soʻzsiz bajarish ruhida tarbiyalash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruv organlari, birlashma, qoʻshilma, qism, muassasa va harbiy tuzilmalarini (keyingi oʻrinlarda — harbiy boʻlinmalar) davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, harbiy boʻlinmalarga topshiriladigan davlat mukofoti shon-sharaf, jasorat va iftixor ramzi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining har bir harbiy xizmatchisiga Vatani oldidagi uning muqaddas burchi, xalqiga sadoqati, jasorat va qatʼiylikni yodiga tushirishga xizmat qiladi, shuningdek, jangovar-xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishganligi uchun harbiy boʻlinmalarni ragʻbatlantirishning oliy shakli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, davlat mukofotlari bilan harbiy boʻlinmalar Vatan va davlat manfaatlarini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda, tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha operatsiyalarda harbiy burchni bajarishda shaxsiy tarkibning jasorati va xizmati, namoyon etgan qahramonligi, jasorati, qatʼiyligi va mardligi, aksilterror operatsiyalardagi ishtiroki, jangovar-xizmat vazifalarni bajarish mobaynida koʻrsatgan fidoyiligi, jangovar tayyorgarlik va mamlakatning mudofaa qobiliyatini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishdagi yuqori koʻrsatkichlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini, harbiy ilm-fanni, mamlakatning mudofaa sanoatini rivojlantirishda qoʻshgan hissasi va yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlashdagi katta yutuqlari uchun taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning mazmun va mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4217-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-fevraldagi PQ-4217-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqaruv organlari, birlashma, qoʻshilma, qism, muassasa va harbiy tuzilmalarini (keyingi oʻrinlarda — harbiy boʻlinmalar) Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat mukofotlari) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Harbiy boʻlinmalar “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, I va II darajali “Shon-sharaf” ordenlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Harbiy boʻlinmalar davlat mukofotlari bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanni himoya qilish boʻyicha janglarda, shu jumladan Davlat chegarasi va davlat manfaatlarini qoʻriqlash va himoya qilishda, tinchlik va barqarorlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar hamda aksilterror operatsiyalar vaqtida harbiy burchni ado etishda harbiy boʻlinma koʻrsatgan qahramonligi va xizmatlari;

jangovar harakatlar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar yoki ommaviy tartibsizliklar davomida insonlarni qutqarish vaqtida harbiy boʻlinmaning shaxsiy tarkibi koʻrsatgan ommaviy qahramonligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar-xizmat vazifalarini bajarish mobaynida shaxsiy tarkib koʻrsatgan mardligi va fidoyiligi, jangovar tayyorgarlikdagi yuqori koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa salohiyati va milliy xavfsizlikni mustahkamlash ishida, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini oshirish va Oʻzbekiston Respublikasida huquq-tartibotni taʼminlashdagi ulkan xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi hamda uning nufuzini xalqaro darajada oshirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatning harbiy ilm-fani, mudofaa sanoatini rivojlantirish, shuningdek, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qarorlar harbiy xizmat koʻzda tutilgan vazirlik va idoralar (keyingi oʻrinlarda — vazirliklar) rahbarlarining taqdimnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Boʻysunuvchi harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi tashabbus bilan chiqish vazirliklar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, birlashmalar komandirlari (qoʻmondonlari)ga va ularga tenglashtirilgan mansabdor shaxslarga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar davlat mukofotiga taqdim qilinadigan harbiy boʻlinmalarning jangovar-xizmat faoliyatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajali jangovar shaylik, qoʻshinlar tayyorgarligi hamda samarali boshqaruv faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori kasbiy tayyorlanganlik va harbiy boʻlinmalar harakatining hamjihatligi, shuningdek, jang va turli operatsiyalarni tashkillashtirish hamda olib borish mobaynida shaxsiy tarkibning mahorati va koʻnikmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tuzumini muhofaza qilish va xavfsizligini taʼminlash vazifalarini birgalikda bajarish masalalarini vazirlik va idoralarning boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda sifatli tashkillashtirish va taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jangovar vaziyatda, tabiiy ofatlar yoki boshqa hollarda odamlar hayoti va sogʻligʻini saqlashga oid harakatlar tezkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash, mamlakatning harbiy ilm-fani va mudofaa sanoatini rivojlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat va harbiy burchni soʻzsiz bajarish ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatan oldidagi harbiy burchni bajarish vaqtida harbiy boʻlinmalarning shaxsiy tarkibi koʻrsatgan qahramonligi, vatanparvarligi, mardligi va qatʼiyligi, shuningdek, mustahkam harbiy intizom va sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhit.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Harbiy boʻlinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, tarkibiga taqdirlashga tavsiya qilinadigan harbiy boʻlinma kiruvchi vazirlik rahbarining taqdimnomasiga koʻra, mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik rahbarining taqdimnomasiga taqdirlanadigan harbiy boʻlinma toʻgʻrisidagi tarixiy maʼlumotnoma va harbiy boʻlinma faoliyatini xolisona baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taqdimnomada harbiy boʻlinma toʻgʻrisida qisqacha axborot aks ettiriladi, tegishli davlat mukofoti taklif etilib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanni himoya qilish boʻyicha janglarda, shu jumladan Davlat chegarasi va davlat manfaatlarini qoʻriqlash va himoya qilishda, tinchlik va barqarorlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar hamda aksilterror operatsiyalar vaqtida harbiy burchni ado etishda harbiy boʻlinma koʻrsatgan qahramonligi va xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi uch yil davomida (tinchlik davrida) shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarlikdagi muvaffaqiyatlari hamda mudofaa salohiyati va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, harbiy boʻlinmaning jangovar shayligini saqlash, shuningdek, jamoat huquq-tartibotini taʼminlash boʻyicha vazifalarni bajarishdagi boshqa ulkan xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash, mamlakatning harbiy ilm-fani va mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan hissasining taʼrifi keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdimnoma vazirlikning rasmiy blankida rasmiylashtiriladi va uning rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Harbiy boʻlinmaning tarixiy maʼlumotnomasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy boʻlinmaning nomi va vazifasi, uning tuzilishi, qayta tuzilishi va rivojlanish tarixi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkibning yurishlar, janglar va operatsiyalardagi ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, shuningdek, harbiy intizom holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy boʻlinma va shaxsiy tarkibning mukofotlari va koʻrsatgan xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy boʻlinma qoʻmondonligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy boʻlinmaning muhim sanalari, bayram va yubileylari, shuningdek, uning hayoti va jangovar-xizmat faoliyatidagi boshqa eng ahamiyatli voqealar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy boʻlinma joylashgan joyi va boʻysunuvining oʻzgarishi koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harbiy boʻlinmani taqdirlash haqidagi iltimosnoma instansiya boʻyicha tegishli vazirlik rahbariga yuboriladi, u bir oy muddatda iltimosnomani qoʻllab-quvvatlaydi yoki rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik rahbari harbiy boʻlinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi iltimosnomani qoʻllab-quvvatlash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni tarkibi har yili u tomonidan belgilanadigan maxsus idoraviy komissiyaning xulosalariga asosan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Harbiy boʻlinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi iltimosnoma vazirlik rahbari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taqdirda, materiallar koʻrib chiqish uchun oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Harbiy boʻlinmani davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatida koʻrib chiqilgandan soʻng, kelishish uchun oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Harbiy boʻlinmaga davlat mukofotini topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki uning koʻrsatmasiga binoan shunday vakolat berilgan shaxs tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat mukofotlaridan foydalanish va saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan harbiy boʻlinmalar oʻz nomlanishlarida ular taqdirlangan davlat mukofotlarining nomlaridan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy boʻlinmaning Jangovar bayrogʻiga ushbu harbiy boʻlinma taqdirlangan orden va medallar qadab hamda ana shu davlat mukofotlarining lentalari qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qismning Jangovar bayrogʻiga qadab qoʻyiladigan davlat mukofoti lentasining eni 10 sm, lentaning bant bilan uzunligi — 260 sm, popuk (bubon)lar — 20 sm dan, bantning uzunligi — 25 sm.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Harbiy boʻlinma taqdirlangan orden va medallar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ketma-ketlikda Jangovar bayroqning old tomoniga qadaladi. Birinchi davlat mukofoti bayroq matosining yuqori chekkasidan 10 sm pastda, dastasidan 4 sm masofada qadaladi, qolgan davlat mukofotlari dasta boʻylab yuqoridan pastga birin-ketin 5 sm oraligʻida qadaladi. Davlat mukofotlarini Jangovar bayroqqa qadash uchun matoga orden yoki medal oʻlchami boʻyicha maxsus ipak astarlar tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy boʻlinma taqdirlangan orden va medallarning lentalari Jangovar bayroq dastasining nayza koʻrinishidagi metall uchiga qadab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Harbiy boʻlinma taqdirlangan orden va medallar tinchlik va urush davrining barcha sharoitlarida Jangovar bayroq bilan birga saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mukofotlari va ularning guvohnomalarini saqlash harbiy boʻlinmalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jangovar bayroqning matosini taʼmirlash zarurati tugʻilganida orden va medallar vaqtinchalik harbiy boʻlinma shtabining maxfiy-rejim organiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Harbiy boʻlinma qayta tuzilganida (tugatilganda) harbiy boʻlinmaga davlat mukofotini berish (topshirish) tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bir harbiy boʻlinma boshqa harbiy boʻlinma sifatida qayta tuzilganida davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari yangi tuzilgan harbiy boʻlinma ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir harbiy boʻlinma ikki va undan ortiq harbiy boʻlinmalarga qayta tuzilganida davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari maxsus idoraviy komissiyaning qaroriga asosan yangi tuziladigan harbiy boʻlinmalardan birining ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki va undan ortiq harbiy boʻlinmalar birlashtirilib bitta harbiy boʻlinma qayta tuzilganida ushbu harbiy boʻlinmalarning davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari yangi tuzilgan harbiy boʻlinma ixtiyorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Harbiy boʻlinma tugatilganda ushbu harbiy boʻlinma taqdirlangan davlat mukofotlari va ularning guvohnomalari maxsus idoraviy komissiyaning qaroriga muvofiq doimiy saqlash uchun taalluqliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyiga yoki harbiy xizmat koʻzda tutilgan vazirlik va idoralarning boshqa muzeylariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Harbiy boʻlinmalarda asosiy tantanali tarixiy voqealarning, shu jumladan davlat mukofotlari bilan taqdirlashlarning hisobini yuritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasining bir xil orden, medal va Faxriy yorligʻi bilan takroran taqdirlashga yoʻl qoʻyilmaydi, darajalarga ega boʻlgan davlat mukofotlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Darajalarga ega boʻlgan davlat mukofotlari bilan taqdirlash ketma-ketlikda — quyi darajadan yuqori darajaga qarab amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Harbiy boʻlinma harbiy xizmatchilari harbiy boʻlinma taqdirlangan davlat mukofotlarining butligini taʼminlash boʻyicha barcha choralarni koʻrishga majburlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy boʻlinma taqdirlangan davlat mukofoti yoʻqolgan taqdirda qonunchilikka muvofiq xizmat surishtiruvi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat mukofotining yoʻqolishi va shikastlanishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy boʻlinmalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI