1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.12.00 Xorijdagi vatandoshlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)

1. Ushbu Nizom xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini taklif qilishni rasmiylashtirish va ko‘p martalik vizalarni berish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshlar — kelib chiqishi O‘zbekiston Respublikasidan bo‘lgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomini olgan, tarixiy Vataniga ma’naviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda etnik va til nuqtai nazaridan o‘zini o‘zbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqa qilish istagida bo‘lgan xorijda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning oila a’zolari — vatandoshning turmush o‘rtog‘i, uning ota-onasi va farzandlari (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qiluvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, unga nisbatan turmush o‘rtog‘i, to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali va yon shajara bo‘yicha qarindoshlar-vatandoshlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VTD turdagi kirish vizasi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi va uning fuqarolari bo‘lgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila a’zolari uchun 2 yil muddatga beriladigan viza toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaFR bo‘linmalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limlari ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun taklif qiluvchi doimiy istiqomat qiladigan joyidagi MvaFR bo‘linmasiga murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi 2 nusxada ariza-anketa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qiluvchining pasporti (nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar, nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar vatandosh O‘zbekiston Respublikasiga oila a’zolari bilan birgalikda kelish niyatida bo‘lsa, ularning har birining shaxsini va qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari;
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. MvaFR bo‘linmasi uch ish kuni mobaynida ariza-anketani va taqdim etilgan boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi, vatandoshning taklif qiluvchiga qarindoshlik darajasini o‘rganib chiqadi hamda vatandoshlar va taklif qiluvchining shaxsini ichki ishlar organlaridagi mavjud ma’lumotlar bazasi bo‘yicha tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza-anketa o‘rganib chiqilgach, agar vatandoshning O‘zbekiston Respublikasiga kelishiga ichki ishlar organlarida to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelishish uchun vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakolatli organ bilan kelishilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklidagi taklifnoma to‘ldirilib MvaFRB bo‘linmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi va bevosita taklif qiluvchiga yoki uning ishonchli vakiliga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatandoshlarni taklif qilish haqidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Taklif qiluvchi ushbu muddat mobaynida taklifnomani O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vatandoshlarga O‘zbekiston Respublikasiga ko‘p martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasiga ko‘p martalik kirish vizalari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vatandoshlarga ko‘p martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taklif etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda viza talabi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaFR bo‘linmasi tomonidan berilgan taklifnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif qilinuvchi vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish vizalari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda — aviachipta yoki bron nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Taqdim etilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Murojaat ijobiy hal etilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amal qilish muddati ikki yil bo‘lgan ko‘p martalik “VTD” turdagi kirish vizasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda vizaning amal qilish muddati taklif qilinayotgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vatandoshlarni ichki ishlar organlarida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan vatandoshlar o‘z xohishlariga ko‘ra mehmonxona, davolash muassasalari, sanatoriy va dam olish uylarida (keyingi o‘rinlarda joylashtirish muassasalari deb ataladi) hisobdan o‘tgan holda vaqtincha bo‘lishlari yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tib hududiy ichki ishlar organlarida hisobda turib xususiy uy-joylarda yashashlari mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xususiy uy-joyda yashash istagini bildirgan vatandoshlarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taklif qiluvchi o‘zi yashab turgan joydagi MvaFR bo‘linmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimi o‘rnatilgan MDHga a’zo davlatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vizasiz rejimi o‘rnatilgan MDHga a’zo davlatlardan kelgan vatandoshlarning taklif qiluvchi bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar nusxasi olinib asli qaytarib beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning vaqtincha turar joy maydoni berishga roziligi to‘g‘risidagi arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi — agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. MvaFR bo‘linmasi turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan vatandoshlarning hujjatlari haqiqiyligini, o‘z vaqtida topshirilganligini, arizadagi biografik va viza ma’lumotlarining to‘g‘ri yozilganligini tekshirishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Barcha tekshirishlar tugaganidan so‘ng ikki ish kunida MvaFR bo‘linmasi ikki yil muddatga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtiradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxat muddati shaxsini tasdiqlovchi hujjat va viza muddatidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha yashovchi vatandoshlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vatandoshlar yashash manzillarini o‘zgartirsalar, uch ish kunidan kechikmay turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy MvaFR bo‘linmasiga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlikni o‘zgartirish uchun murojaat qilishi lozim (mehmonxona, sanatoriy va davolanish muassasalariga ko‘chib o‘tish bundan mustasno).
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Muayyan manzilda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi asosida yashayotgan vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq bo‘lish istagini bildirsalar, amaldagi turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi bekor qilinmasdan, boshqa manzilga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda yangi manzildagi turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi avvalgi turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi muddatidan oshmasligi lozim.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasida bundan buyon qolishga qonuniy asoslari bo‘lmasa, viza va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari tugaguncha mamlakat hududidan chiqib ketishlari lozim.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vatandoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari, ta’lim olishlari, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish bilan yashash guvohnomasi olishlari mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnoma olish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari kerak.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vatandoshlarning “VTD” turdagi vizalari mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnoma yoki ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga uzaytirilganda viza turi o‘zgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar vatandosh shaxsini tasdiqlovchi hujjatni turli sabablarga ko‘ra almashtirsa, amal qilish muddati tugamagan eski hujjatdagi viza va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish MvaFR bo‘linmasi tomonidan belgilangan tartibda yangisiga o‘tkazib berilishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vatandoshlarning kirish vizasi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgani quyidagi hollarda bekor qilinadi:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi yoki jinoyati uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklifnoma, vizani rasmiylashtirish hamda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida yolg‘on ma’lumot yoki qalbaki hujjat taqdim etilganda;
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash guvohnomasi rasmiylashtirilganda va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganda;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan hamda boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan vatandoshlar haqida joylashtirish muassasalari ma’muriyatlari, uy-joy mulkdorlari zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Taklif etuvchi
Vatandoshlarni taklif etish uchun ariza-anketa to‘ldiradi va tegishli hujjatlar bilan doimiy yashash joyidagi MvaFR bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIB MvaFR tizimlari
Vatandoshlarni taklif qilayotgan shaxslardan ariza-anketani va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.
Taklif qiluvchi shaxslar va vatandoshlarning qarindoshlik darajasini o‘rganib chiqadi xamda vatandoshlar va taklif qiluvchining shaxsini IIOdagi mavjud ma’lumotlar bazasi bo‘yicha taqqoslaydi.
Ariza-anketa o‘rganib chiqilgach, agar vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishiga IIOda to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelishish uchun vakolatli organga yuboradi.
Uch ish kuni mobaynida
3-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DXXB
Vakolatli organ ariza-anketani ko‘rib chiqadi va vatandoshning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi uchun taklifnomani rasmiylashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi.
O‘n ikki ish kuni mobaynida
4-bosqich
QoraQalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB MvaFR tizimlari
Vakolatli organ bilan kelishilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng taklifnomani rasmiylashtiradi va bevosita taklif qiluvchiga yoki uning ishonchli vakiliga topshiradi.
Bir ish kuni mobaynida
5-bosqich
Taklif qiluvchi
O‘zbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Taklifnomada ko‘rsatilgan muddatlarda
6-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari
O‘zbekiston Respublikasiga vatandoshlarni taklif qilayotgan shaxsdan belgilangan namunadagi viza buyurtmasi va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.
Taklifnomada ko‘rsatilgan muddatlarda taklif qiluvchining murojaatiga ko‘ra
7-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti
Viza buyurtmasi o‘rganib chiqilganidan so‘ng, agar vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi ma’lumotlar aniqlanmasa, “VTD” kirish viza turini rasmiylashtirish va berish uchun chet eldagi konsullik muassasasiga tasdiqnoma (teleks) yuboradi.
Besh kun mobaynida
8-bosqich
Taklif qiluvchi
Vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasiga kelganidan so‘ng turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish uchun yashash joyidagi MvaFR bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Uch ish kuni mobaynida
9-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB MvaFR tizimlari
Taklif qiluvchidan vatandoshlarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.
Turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan vatandoshlarning hujjatlari haqiqiyligini va ularni taqdim etish muddatlariga rioya etilishini tekshiradi.
Barcha tekshirishlar tugaganidan so‘ng vatandoshga ikki yil muddatga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish rasmiylashtiriladi.
Ikki ish kuni mobaynida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
6. Telefonlar (mobil) __________________________________ (uy) _______________________________________
7. Mening vatandoshim______________________________________________________________________________
(vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili)
________________________________________________________________________________________________ qarindoshlik darajasi, fuqaroligi, yashash davlatdan. Agar taklif etilayotgan vatandosh avval O‘zbekiston
________________________________________________________________________________________________ Respublikasiga kelgan bo‘lsa, u holda uning O‘zbekiston Respublikasiga qachon, qayerdan va qanday maqsadda
________________________________________________________________________________________________ hamda qancha muddatga kelganligi ko‘rsatilsin)
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ O‘zbekiston Respublikasiga kelishiga ruxsat berishingizni so‘rayman.
8. U bilan birga 16 yoshga to‘lmagan quyidagi farzandlari keladi:
(ushbu band ota yoki onaning biriga rasmiylashtiriladi)
9. Vatandosh(lar)ning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan vaqtida uy-joy va moddiy ta’minlash majburiyatini olaman. 10. Menga men tomonidan taklif etilayotgan vatandosh(lar)ni dam olish va bayram kunlaridan tashqari uch sutka ichida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun IIOga murojaat qilishim lozimligi tushuntirildi. 11. Men tomonimdan avval O‘zbekiston Respublikasiga taklif etilgan vatandosh(lar):
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Qarindoshlik darajasi, fuqaroligi
Tug‘ilgan yili va joyi
Qaysi mamlakatdan kelgan, ish joyi, lavozimi va yashash manzili
Taklif etiluvchi oxirgi marta O‘zbekistonda qachon va qayerda bo‘lgan. Kelishdan maqsad
12. Mening mehnat faoliyatim, shu jumladan, o‘qish va harbiy xizmat. (Ushbu bandni to‘ldirishda korxona, tashkilot va muassasada ishlangan vaqtda qanday nomlangan bo‘lsa, o‘sha nom bilan, harbiy xizmatni o‘tash davri harbiy guvohnomadagi yozuvlarga muvofiq, lavozimni ko‘rsatgan holda to‘ldirilishi lozim)
Yil va oy
Ish joyi va lavozimi
Korxona, tashkilot va muassasa joylashgan manzil
Kelish
Ketish
13. Men xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirildim. 14. Arizaga_______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ni ilova qilaman.
Imzo ______________
Anketadagi ma’lumotlarni ______________seriya, ________________________ raqamli pasport bilan solishtirdim va arizani qabul qildim _________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________ (arizani qabul qilgan xodimning lavozimi, unvoni va imzosi)
20___ yil “____” _____________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ariza-anketa taklif qiluvchi tomonidan aniq va to‘liq to‘ldirilishi shart.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
(4-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (ariza Konsullik-huquqiy departament yoki uning hududiy bo‘linmalari rahbari nomiga yoziladi) _______________________________________________ _______________________________________________ _______________________________________________ _______________________________________________ (taklif qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, yashash joyi bo‘yicha manzili va telefon raqami)
VIZANI RASMIYLASHTIRISH UCHUN ARIZA
Quyidagi shaxsga viza rasmiylashtirishda yordam berishingizni so‘rayman:
1.
Vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning avvalgi familiyasi, ismi, otasining ismi (pasporti asosida va lotin bosma harflari bilan)
2.
Fuqaroligi (avvalgi fuqaroligi)
3.
Tug‘ilgan vaqti (yil, kun, oy) va joyi (shahar va mamlakat)
4.
Jinsi
5.
Pasport turi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati
6.
Ish (o‘qish) joyi (tashkilotning to‘liq nomi va lavozimi)
7.
O‘zbekistonga safar maqsadi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan berilgan taklifnoma raqami
8.
Qarindoshlik aloqalari
9.
O‘zbekiston Respublikasida turgan vaqtda yashaydigan manzili
10.
O‘zbekistonda yashash muddati
____________dan ___________gacha ________marta ________kun (har bir kirishda)
11.
Viza olish joyi (davlat / shahar)
O‘zbekiston Respublikasining______________________ dagi Elchixonasi/Konsulxonasi
12.
Vatandoshni turar joy bilan ta’minlash va o‘z vaqtida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Taklif qiluvchi shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yoki hududiy bo‘linmalariga va taklif qilinayotgan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi konsullik muassasasiga yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning taqdim etilishi vatandoshga viza rasmiylashtirishni to‘xtatishga yoki uni bekor qilishga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sana _________________________ Imzo _____________________ F.I.O. _____________________________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
(5-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
______________________________________ MvaFRning hududiy bo‘linmasi ko‘rsatilsin ______________________________________
boshlig‘iga
ARIZA
Meni ___________________________________________________ muddatga quyidagi manzilga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishga so‘rayman: ________________________________________________________________________________________________
(turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan manzil ko‘rsatiladi)
(turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinayogan manzilning to‘liq nomi )
__________________________________________________________ga turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.
Menga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalari tushuntirildi.
Sana__________________________________
Imzo_________________________________
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 09/19/326/2965-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)