Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.06.1995 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 30.06.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT KORXONALARINI OChIQ TURDAGI AKSIONERLIK JAMIYATLARIGA AYLANTIRIShGA OID TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki boʻlgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyundagi PF-1164-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish Tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat korxonasini qayta tashkil etish natijasida tuzilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining Namunaviy ustavini, shuningdek, xususiylashtirishning Namunaviy rejasini ikki hafta muddatda tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini chiqarishning 1995-yil uchun jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Xoʻjalik uyushmalarining (korporatsiyalar, konsernlar va korxonalar boshqa birlashmalarining) rahbarlari aksiyalar chiqarishning obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan jadvalini bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xoʻjalik uyushmalari va tashkilotlari bilan birgalikda 1, 2-ilovalar talablariga muvofiq davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishini, ularning va aksiyalar chiqarilishining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy organlari davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksionerlik jamiyatlarini ular joylashgan yerdagi hokimliklarda roʻyxatdan oʻtkazadilar. Qolgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Vaqt” Milliy depozitariysiga qiymatli qogʻozlar bilan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Vaqt” Milliy depozitariysi qisqa muddatlarda Milliy depozitariyning hududiy filiallarini va roʻyxatdan oʻtkazish punktlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalardan soliq olish Tartibini ikki hafta muddatda tasdiqlansin va manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi respublika aksionerlik jamiyatlari aksiyalari boʻyicha xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar olishgan dividendlarni repatriatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki oʻn kun muddatda, xalqaro moliya institutlari tavsiyanomalarini hisobga olgan holda, investitsiya fondlari toʻgʻrisida Nizom loyihasini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining 30 foizgachasini, ularning nominal qiymati boʻyicha, investitsiya fondlariga ajratish nazarda tutilsin, bunda ular bitta investitsiya fondiga 10 foizdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1995-yilning oktyabrida koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 15-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 15-iyundagi 221-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Tartib davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayonini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish tegishli tarmoq boʻyicha tasdiqlangan jadvalda nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va boshqalar uch kun muddatda koʻrsatib oʻtilgan jadvalni korxonalarga yetkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasining rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiyasi tuzish toʻgʻrisida uch kun muddatda buyruq chiqaradi. Komissiya bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish rejasini (xususiylashtirishning Namunaviy rejasiga muvofiq);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlik jamiyati ustavi loyihasini (Namunaviy ustavga muvofiq);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar emissiyasi prospektini (emissiyaning Namunaviy prospektiga muvofiq) ishlab chiqadi va Davlat mulki qoʻmitasiga yoki uning hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari taqdim etilayotgan hujjatlarning ishonchliligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat mulki qoʻmitasi hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda xususiylashtirish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek Moliya vazirligi bilan birgalikda emissiya prospektini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning qoʻyilgan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan hollarda Davlat mulki qoʻmitasi bir hafta muddatda ularga zarur oʻzgartirishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan korxonani xususiylashtirish rejasining tasdiqlanishi uni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror, Moliya vazirligi bilan birgalikda emissiya prospektining tasdiqlanishi esa aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mulki qoʻmitasi (uning hududiy boshqarmasi) ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining taʼsischisi sifatida, tegishli uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va korxonalar bilan birgalikda aksionerlik jamiyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksionerlik jamiyatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bir hafta muddatda ular joylashgan yerdagi hokimliklar apparatining korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan tegishli boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksionerlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish buyurtmanoma, tasdiqlangan xususiylashtirish rejasi, aksionerlik jamiyati ustavi nusxalari asosida amalga oshiriladi. Ushbu Tartibga muvofiq taʼsis etilgan aksionerlik jamiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari va boshqa xil toʻlovlar undirilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aksionerlik jamiyati roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab korxonaning aktivlari va passivlari aksionerlik jamiyati tomonidan balansga qabul qilinadi. Aksionerlik jamiyati qayta tashkil etilgan korxonaning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi boʻlib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Aksionyerlarning birinchi yigʻilishiga qadar qayta tashkil etilayotgan korxona rahbari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishni davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksionerlik jamiyati boshqaruvining doimiy organlari aksionyerlarning birinchi majlisida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xususiylashtirish jarayonida taʼsis etilgan aksionerlik jamiyatining aksiyalarini chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksionerlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda aksiyalar namunalarini (eskizlarini) tasdiqlaydi hamda aksionerlik jamiyatiga aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana va kodni koʻrsatgan holda, shuningdek tikilgan va “Roʻyxatdan oʻtkazilgan” shtampi qoʻyilgan muhr bilan tasdiqlangan emissiya prospektining bir nusxasini beradi. Aksiyalar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlaydigan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymatli qogʻozlar yagona davlat reyestriga kiritish uchun emissiya prospekti nusxasini bir hfta muddatda Moliya vazirligiga (hududiy moliya organiga) yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aksiyalar chiqarilishi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir hafta muddatda taʼsischi ommaviy axborot vositalarida aksiyalarga obuna toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat korxonalarini qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari va emissiya prospektlarini keyingi chiqarishlarni roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Aksiyalar va emissiyalar prospekti chiqarilishi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda aksionerlik jamiyati Boshqaruvi Milliy depozitariyga hisobga olish uchun aksiyalar emissiyasi prospektini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Aksiyalar naqdina shaklda chiqariladigan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasiga ega boʻlgan poligrafiya korxonalari ularni Milliy depozitariy buyurtmanomasi boʻyicha bir oy muddatda tayyorlab berishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tegishli uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, korxonalar bilan birgalikda aksionerlik jamiyati aksiyalarining toʻrt paketi belgilangan tartibda tarqatilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarni toʻliq sotib olish muddatlari va birinchi badal miqdori Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan, mazkur korxonalar xodimlari uchun imtiyoz va kafolatlarni nazarda tutgan holda, har bir muayyan holatda alohida belgilanadi, biroq bu muddat aksionerlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 21-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 26-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)