12.04.2019 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlari markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish va ularni modernizatsiya qilish hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda XTA deb ataladi) oʻrtasida 2018-yil 17-mayda “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirishni moliyalashtirish toʻgʻrisida 2047 yilgacha qoplash muddati, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr bilan qiymati 140 mln AQSh dollari boʻlgan kelishuv imzolangani;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, issiqlik taʼminoti tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va vazirlik huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi bilan 2018-yil 10-oktabrda XTA kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisida kelishuv imzolangani;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, XTU kreditidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan XTU ishtirokida “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish davrida loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Hidoyatov), Andijon (Abduraxmanov), Buxoro (Zaripov), Samarqand (Turdimov), Toshkent (Mirzayev) viloyatlari hokimlari zimmasiga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirilishi, loyihani amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda yakuniy parametrlarga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha obyektlarida loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun zarur boʻlgan tegishli maydonchalar hamda binolarning ushbu uskunalar yetkazib berilishidan oldin tayyorlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining tartib-taomillari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur xisobot va hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/306/2933-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)