O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlari markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish va ularni modernizatsiya qilish hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi o‘rinlarda XTA deb ataladi) o‘rtasida 2018-yil 17-mayda “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirishni moliyalashtirish to‘g‘risida 2047 yilgacha qoplash muddati, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr bilan qiymati 140 mln AQSh dollari bo‘lgan kelishuv imzolangani;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
b) loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, issiqlik ta’minoti tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va vazirlik huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi bilan 2018-yil 10-oktabrda XTA kreditini qayta kreditlash to‘g‘risida kelishuv imzolangani;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki:
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, XTU kreditidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan XTU ishtirokida “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etishga ruxsat beriladi;
Loyihani amalga oshirish davrida loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Hidoyatov), Andijon (Abduraxmanov), Buxoro (Zaripov), Samarqand (Turdimov), Toshkent (Mirzayev) viloyatlari hokimlari zimmasiga:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qarori tahririda)
loyihaning belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirilishi, loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda yakuniy parametrlarga erishish;
loyiha obyektlarida loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni o‘rnatish va montaj qilish uchun zarur bo‘lgan tegishli maydonchalar hamda binolarning ushbu uskunalar yetkazib berilishidan oldin tayyorlanishini ta’minlash;
Jahon bankining tartib-taomillari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur xisobot va hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etish uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-dekabrdagi 677-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-aprel,
306-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/306/2933-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)