12.04.2019 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlari markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish va ularni modernizatsiya qilish hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda XTA deb ataladi) oʻrtasida 2018-yil 17-mayda “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirishni moliyalashtirish toʻgʻrisida 2047 yilgacha qoplash muddati, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr bilan qiymati 140 mln AQSh dollari boʻlgan kelishuv imzolangani;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, issiqlik taʼminoti tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va vazirlik huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi bilan 2018-yil 10-oktabrda XTA kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisida kelishuv imzolangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) loyihaning umumiy qiymati 220,7 mln AQSh dollarini, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XTA krediti 140,0 mln AQSh dollarini (markaziy qozonxonalar, issiqlik tizimlari va tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi 34,89 mln AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishida 21,34 mln AQSh dollari ekvivalentini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Oʻy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari 9,65 mln AQSh dollarini (uylarning ichki issiqlik tarmoqlarini qayta tiklash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining mablagʻlari va kvartiralar egalarining oʻz mablagʻlari 36,16 mln AQSh dollarini (kvartiralarning ichki issiqlik tarmoqlarini qayta tiklash) tashkil etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2019 — 2023-yy.) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, XTA kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun loyihani amalga oshirish davrida ijro etuvchi agentlik huzurida shtatdagi xodimlari soni 13 kishidan iborat boʻlgan va yagona ijtimoiy toʻlov inobatga olingan holda, XTA krediti hisobidan taʼminlanadigan, zimmasiga XTA talablariga muvofiq loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, kredit mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobini yuritish vazifasi yuklanadigan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy yigʻma koʻrsatkichlari 1-ilovaga* hamda Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi issiqlik taʼminoti tashkilotlari boʻyicha 1a — 1e-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditini qaytarish va komissiya toʻlovlarini toʻlashning yigʻma prognoz jadvali 2-ilovaga* hamda Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi issiqlik taʼminoti tashkilotlari boʻyicha 2a — 2e-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditini qaytarish, shuningdek, Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi issiqlik taʼminoti tashkilotlari boʻyicha kredit komissiyalari hamda boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash ulushlarining taqsimoti 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X.Saliyev, Andijon (Abduraxmanov), Buxoro (Barnoyev), Samarqand (Turdimov), Toshkent (Ibragimov) viloyatlari va Toshkent shahar (Artikxodjayev) xokimlari zimmasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirilishi, loyihani amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda yakuniy parametrlarga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha obyektlarida loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun zarur boʻlgan tegishli maydonchalar hamda binolarning ushbu uskunalar yetkazib berilishidan oldin tayyorlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining tartib-taomillari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur xisobot va hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar parametrlariga muvofiq loyiha xududlaridagi uylar ichki issiqlik taʼminoti tizimlarini qayta tiklash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306-son