O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15 aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1909-5]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 17-fevraldagi 6 va 2020-05-sonli “Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1909-6, 28.02.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-son qarori (ro‘yxat raqami 1909, 2009-yil 24-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
44-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
2019-22-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-martdagi 44, 2019-22-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sof qo‘shimcha foyda — qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq chegirib tashlangan, hisobot davridagi qo‘shimcha foyda summasidir.”.
2. 15-banddagi “Iqtisodiyot vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Ilovaning 060-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Qo‘shimcha foydaga to‘g‘ri keladigan qismi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ___% stavkada (050-satr x __%) |
060 |
AQSh doll. |
”. |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/1909-5/2936-son)