1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
Ofatlar xavfi toʻgʻrisidagi bilimlarni oshirish | ||||
|
1. |
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning tashqi (transchegaraviy) va ichki manbalarini aniqlash va baholash, prognoz materiallarini tayyorlash, zamonaviy geoaxborot texnologiyalari asosida maʼlumotlar bazasini yuritish. |
1. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar monitoringi, prognozi va tahlilini tashkil etish. 2. Zarur qarorlar qabul qilish uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi prognoz materiallarini tayyorlash 3. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish, koinotdan va joyning oʻzida olingan maʼlumotlardan, shu jumladan, geoaxborot tizimlari maʼlumotlaridan foydalanish hamda eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash. 4. Quyidagi toifalar boʻyicha ochiq axborotdan foydalanishni taʼminlash: xavf-xatarning haqiqiyligi, zaiflik, xatar, ofatlar xususiyati va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar. |
reja-jadvalga muvofiq
|
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston MTRK, Ichki ishlar vazirligi |
|
2. |
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yetkazishi mumkin boʻlgan zararni baholashning metodologik asoslarini ishlab chiqish. |
1. Soʻnggi 3 — 5 yilda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarni tahlil qilish, koʻrilgan zararni baholash, ular yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy-sanitariya, taʼlim, ekologik va madaniy oqibatlarini, shuningdek, ular yuzaga kelishi ehtimolini (xavfini) tahlil qilish. 2. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini va ulardan koʻriladigan zararni baholash metodikalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil may
|
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
3. |
Davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va aholining ofatlar xavfini kamaytirish masalalari boʻyicha maʼlumotga egaligi va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, ularga bilim berish va ularni oʻqitish. |
1. Davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga tegishli qarorlar qabul qilish uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot taqdim etish. 2. Vazirliklar va idoralar rahbarlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi) Fuqaro muhofazasi institutida, FVDT hududiy quyi tizimi rahbar organlari — hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida oʻqitilishini tashkil etish. 3. Oʻtkaziladigan qoʻmondonlik-shtab va taktik-maxsus mashgʻulotlarga mahalliy aholining keng jalb qilinishi va ishtirokini taʼminlash. 4. Tabiiy ofatlarda harakat qilishga tayyorlash tizimiga innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish. |
2020 — 2030-yillar yanvar
2019-yil |
FVV, Oʻzbekiston MTRK, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
4. |
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olish, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirish |
1. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻqitishning zamonaviy dasturlari va metodikalarini ishlab chiqish. 2. Oliy, oʻrta maxsus va oʻrta taʼlim muassasalarida tayyorlash tizimini takomillashtirish, taʼlim jarayoniga “Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari” fanini, oʻqitishning yangi usullarini joriy etish. |
reja-jadvalga muvofiq |
FVV, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
5. |
Yuz berishi mumkin boʻlgan ofatlarning ogʻir oqibatlarini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish uchun yuz berishi mumkin boʻlgan xavflar, aholining va hududlarning zaifligi toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalanish. |
1. Tegishli vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tarkibida xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar xavfi yuqori boʻlgan hududlar va obyektlarni oʻrganish. 2. Mamlakat Hukumatiga, obyektlar va hududlar rahbarlariga yuz berishi mumkin boʻlgan xavfli tabiiy hodisalar va texnogen avariyalar toʻgʻrisida axborot taqdim etish. |
2020 — 2030-yillar yanvar — noyabr
|
FVV, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
6. |
Jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar orqali favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish maqsadida fuqarolar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yaxshilash. |
1. Avtomatlashtirilgan xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish tizimini modernizatsiya qilish, favqulodda vaziyatlardan xabardor qilishning lokal tizimlarini oʻrnatish. 2. Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish ishlarini bajarish uchun nodavlat tashkilotlarni jalb qilish. |
2019 — 2022-yillar
|
FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
Ofatlar xavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
|
7. |
Yangi qonun hujjatlari normalarini ishlab chiqish va mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish. |
1. Ofatlar xavfini boshqarish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi tadbirlarning masʼul organlar tomonidan samarali amalga oshirilishi uchun normativ-huquqiy, tashkiliy va institutsional asoslarning dolzarbligi hamda yetarliligining doimiy monitoringini olib borish. 2. Moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda, yangi qonunlar, normalarni ishlab chiqish orqali ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan FVDT rahbar organlariga tavsiyalar berish. 3. Yangi tahdidlar yuzaga kelishi ehtimoli va ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi xalqaro tajribani hisobga olgan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi normativ-huquqiy va metodik bazani takomillashtirish. |
2019 — 2030-yillar oktyabr-noyabr
|
FVV, Ichki ishlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
8. |
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish yuzasidan rejalar, respublika va mahalliy strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish. |
1. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi ishlar holatini oʻrganish, aniqlangan xatarlarni yengib oʻtishning texnik, moliyaviy va maʼmuriy xususiyatlarini baholash, strategiyalar va rejalarni ishlab chiqish uchun dastlabki va boshqa maʼlumotlarni toʻplash. 2. Vazifalar, koʻrsatkichlar va muddatlarni koʻrsatgan holda favqulodda vaziyatlarni??g oldini olish, mavjud xavflarni kamaytirish hamda iqtisodiy, ijtimoiy, sanitariya-gigiyena va ekologik jihatdan ofatlarga qarshi kurashish salohiyatini mustahkamlash yuzasidan turli muddatlarga moʻljallangan respublika strategiyalari va mahalliy strategiyalarni va rejalarni ishlab chiqish |
2019-yil dekabr yanvar-fevral |
FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar |
|
9. |
Ofatlar xavfini kamaytirish borasidagi profilaktik tadbirlarni yangi qonunchilik normalari va ushbu sohada harakat qilish salohiyatini mustahkamlashning tegishli strategiyalari doirasida samarali tashkil etish. |
1. Davlat sektorlari va xususiy sektorlar saʼy-harakatlarini davlat mulki boʻlgan hamda davlat tomonidan boshqariladigan yoki tartibga solinadigan xizmatlar va infratuzilma obyektlariga daxl qiluvchi ofatlar xavflarini bartaraf etishga qaratish. 2. Ofatlar xavfidan xabardorlikni oshirish maqsadida moliyaviy yordam, aholi xabardorligini va tayyorgarligini oshirish sohasidagi tashabbuslarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan mexanizmlar va tashabbuslarni takomillashtirish. |
tegishli dasturiy hujjatlar doirasida
|
FVV, Davlat geologiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
10. |
Texnika xavfsizligi boʻyicha amaldagi reglament va qoidalarga, shu jumladan, yerdan foydalanish va shaharsozlikni rejalashtirishda yuqori darajada rioya etilishini taʼminlash boʻyicha mexanizmlar va ragʻbatlantiruvchi omillarni takomillashtirish. |
1. Xalqaro tajribani hisobga olgan holda xavfsizlik texnikasiga oʻqitish va ular boʻyicha ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish. 2. Texnika xavfsizligi boʻyicha amaldagi reglament va qoidalarga, shu jumladan, yerdan foydalanish va shaharsozlikni rejalashtirishga doir amaldagi qoidalar va reglamentlarga, qurilish normalariga, atrof muhit va resurslardan foydalanish, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalari va xavfsizlik standartlariga yuqori darajada rioya etilishini taʼminlash uchun zarur mexanizmlar va ragʻbatlantiruvchi omillar yaratilishini ragʻbatlantirish. |
2020-yil fevral
|
FVV, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
|
11. |
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi tarmoq va mahalliy rejalarni amalga oshirishning borishi va natijadorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish. |
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida qabul qilingan tarmoq va mahalliy rejalarni amalga oshirish jarayonini tizimli oʻrganish, ularning �atijadorligini baholash. 2. Jamoatchilik nazoratini ragʻbatlantirish, ofatlar xavfini kamaytirishga doir harakatlar rejalarining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼruzalarni rasmiy muhokama qilish, shu jumladan, parlament aʼzolari va boshqa tegishli mansabdor shaxslar bilan muhokama qilish. |
yillik rejalarga muvofiq
|
FVV, FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
12. |
Mahalliy darajada ofatlar xavfiga barham berish masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishtirokini kengaytirish va javobgarligini kuchaytirish. |
1. Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, FVDT hududiy quyi tizimi kuchlari va vositalarini jalb qilib va moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olib mahalliy darajada tegishli choralarni koʻrish. 2. Mahalliy darajadagi ofatlar xavfini bartaraf etish masalalarida FVDT hududiy quyi tizimi rahbar organlari javobgarligini oshirish. |
|
FVV, |
|
13. |
Ofatlar yuzaga kelishi xavfi taʼsiriga uchragan zonalarda qurilish ishlari olib borilishini nazorat qilishga qaratilgan davlat strategiyasini takomillashtirish, amaldagi norma va qoidalarni |
1. Ofatlar xavf solayotgan zonalarda turar joy binolari va inshootlar qurilishini vaqti-vaqti bilan oʻrganish, bunda togʻoldi va togʻli hududlarga, sel va toshqin xavf solayotgan zonalarga alohida eʼtibor qaratish. 2. Xavfli tabiiy hodisalar yuz berishi mumkin boʻlgan zonalardan aholini koʻchirish ishlarini tashkil etish. 3. Xavfli zonalardan koʻchirilayotgan aholiga amaldagi normalar va qoidalarni inobatga olgan holda yer uchastkalari va uy-joylar berish. |
tegishli davrga
|
FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Davlat geologiya qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi |
|
Ofatlar xavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish | ||||
|
14. |
Tarkibiy, notarkibiy va funksional choralar koʻrish orqali ofatlarga qarshilik qilish salohiyatini mustahkamlashga oid tadbirlarga davlat investitsiyalari |
1. Iqtisodiyot tarmoqlari va maʼmuriy hududlarni rivojlantirishga doir davlat strategiyalariga, dasturiy hujjatlarga ofatlar xavfiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar kiritilishini tashkil etish. 2. Ofatlar xavfini kamaytirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy r�surslarni hisoblash va ajratilishini taʼminlash. 3. Ofatlarga qarshi kurashish salohiyatini oshirishga doir tadbirlarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish. |
|
FVV, vazirliklar va idoralar, |
|
15. |
Avariya-qutqaruv va boshqa maxsus mol-mulkni mahalliylashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish. |
1. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar 2. Mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoniga investitsiyalarni keng jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish. |
tegishli davrga |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, FVV, aloqador vazirliklar, idoralar |
|
16. |
Ofatlar xavfini sugʻurta qilishga oid tadbirlarni tashkil etish. |
1. Sugʻurta kompaniyalari, FVV, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa aloqador tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tarkibida ofatlar xavf solayotgan xavfli uchastkalarni oʻrganish. 2. Xavfli uchastkalarda yashovchi aholi orasida tabiiy ofatlar xavfidan sugʻurta qilish toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish, ularning hayoti va mol-mulkini sugʻurta qilishni tashkil etish. 3. Shaharlar va qishloq tumanlarida ofatlarning davlat hamda jamiyat uchun iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida ofatlar xavfini sugʻurta qilish, xavfni taqsimlash va toʻxtatish, ham davlat investitsiyalari, ham xususiy investitsiyalar hisobiga moliyaviy himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash. |
tegishli davrga |
Sugʻurta kompaniyalari, FVV, Moliya vazirligi, |
|
17. |
Tarkibiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrish orqali ish joylarida favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish salohiyatini oshirish. |
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalalari boʻyicha asosiy tadbirlar rejasini, shuningdek, obyektlar barqaror ishlashini oshirish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Tashkilotlarda doimiy shtatlar asosida yoki shtatdan tashqari asosda qutqaruv tuzilmalari tuzilishini tashkil etish. 3. Qutqaruv tuzilmalarini zarur qutqaruv vositalari va asbob-uskunalari bilan jihozlash, xavfsizlik texnikasi boʻyicha har kuni yoʻriqnoma mashgʻulotlarini oʻtkazish. |
har yili
|
Vazirliklar |
|
18. |
Tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlarni ofatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini tashkil etish va qabul qilish. |
1. Loyiha institutlari va boshqa aloqador tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlar holatini oʻrganish. 2. Masʼul tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlarning holati toʻgʻrisidagi axborotni ushbu obyektlarda avariyalar va yemirilishlarning oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish uchun taqdim etish. 3. Tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlar holatining monitoringini tashkil etish, ularni doimiy ravishda joriy taʼmirlash va saqlab turish boʻyicha boshqa tadbirlarni doimiy oʻtkazish. |
2019-2020-yillar
|
Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, FVV, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Yerdan foydalanish va shaharsozlik sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda ofatlar xavfini baholash hisobga olinishini tashkil etish. |
1. Turar joy mavzelari, ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar va sanoat obyektlarining bosh rejalarini ishlab chiqishda, loyihalashtirishda 2. Yerdan foydalanish va shaharsozlik sohasidagi siyosatni amalga oshirishda ofatlar xavfini baholash, yerlarning tanazzuli darajasini baholash hisobga olinishini, prognoz qilinadigan demografik va ekologik oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan kelgusi faoliyatning amal qiluvchi prinsiplari |
tegishli dasturiy hujjatlar doirasida
|
Davyergeodezkadastr, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, FVV, Moliya vazirligi |
|
20. |
Sel, toshqinlar, koʻchkilar va boshqa xavfli tabiiy ofatlar, shuningdek, qurgʻoqchilik bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlar�i amalga oshirish. |
1. Xavfli gidrometeorologik va geologik hodisalar faollashishi mumkin boʻlgan zonalarni oʻrganish, ushbu zonalarda joylashgan aholi punktlarini aniqlash, vaqtincha evakuatsiya qilinishi yoki xavfsiz joylarga doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan xoʻjaliklar, shuningdek, sel, toshqin va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan uchastkalar roʻyxatini tuzish. 2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha ofatlar xavfini kamaytirishni taʼminlovchi tashkiliy, muhandislik-texnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish boʻyicha manzilli takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi majlisida ularning koʻrib chiqilishini tashkil etish. 3. Tegishli manzilli dasturlarni ishlab chiqish, ularni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining bayonnoma qarori bilan tasdiqlash, tadbirkorlik subyektlarini yuz berishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlarning oldini olishga doir ishlarga davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish. |
har yili yanvar-fevral
|
FVV, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
21. |
Mahalliy sharoitlarda ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan shaharsozlik normalari, qoidalarini, aholi punktlarini rejalashtirish va qurishga oid standartlarni takomillashtirish. |
1. Shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani xatlovdan oʻtkazish. 2. Hududlarni rejalashtirish va kompleks qurish boʻyicha mavjud shaharsozlik normalari, qoidalari, standartlarini qayta koʻrib chiqish yoki zarur hollarda yangilarini ishlab chiqish yuzasidan, ularning mahalliy sharoitlarda samaradorligini oshirishga qarat�lgan takliflarni tayyorlash |
2019-yil dekabr |
FVV, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
22. |
Ofatlar yuz berganda shoshilinch, malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarining salohiyati�i oshirish. |
1. Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimi samaradorligini tahlil qilish. 2. Jabrlanganlarga shoshilinch, malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash. 3. Favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiyalash. 4. Favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfini tushunish, sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatida favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfini kamaytirishga qaratilgan yondashuvlarni qoʻllash va amalga oshirish nuqtai nazaridan sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari salohiyatini oshirish. |
2019-yil sentyabr
dekabr tegishli dasturiy hujjatlar doirasida, reja-jadvalga muvofiq |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
23. |
Halokatlar tibbiyoti sohasida oʻqitish salohiyatini rivojlantirish |
1. Halokatlar tibbiyoti boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va taʼlim muassasalarining oʻqitish tizimiga joriy etish. 2. Shoshilinch tibbiy xizmatlar xodimlarining jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish va ularni shifoxonaga yotqizishni tashkil etish, qutqaruv ishlarini tibbiy taʼminlash boʻyicha oʻqitilishini tashkil etish. 3. Qutqaruv tuzilmalarini halokatlar tibbiyoti sohasida tayyorlash metodikasini takomillashtirish. |
tegishli davrga |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVV |
|
24. |
Tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish. |
1. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni, shu jumladan, mahalliy aholi ishtirokida ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish. 2. Strategiyalar va rejalarni ishlab chiqishda hayot uchun xavfli boʻlgan va surunkali kasalliklarga chalingan, favqulodda vaziyatlar yuz berishidan oldin, yuz bergan vaqtda va yuz berganidan keyin bunday kasalliklarga duchor boʻladigan shaxslarning oʻziga xos ehtiyojlarini eʼtiborga olish, shu jumladan, yashash uchun muhim xizmat�ardan foydalanishni taʼminlash. 3. Sogʻliqni saqlash sohasidagi bazaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, onalar, chaqaloqlar va bolalarning sogʻligʻini, reporoduktiv salomatlikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish, uy-joy bilan taʼminlash, tabiiy ofatlardan jiddiy zarar koʻrgan odamlarga yordam koʻrsatish boʻyicha uzoq muddatli qarorlar qabul qilish sohalarida koʻmaklashish. |
tegishli davrga |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
25. |
Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini hamda ishlab chiqarish resurslarini himoya qilish darajasini oshirish. |
1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida obyektlar ishi barqarorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. Favqulodda vaziyatlar sharoitida obyektlarning oʻz mahsulotini belgilangan normalar va hajmlarda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish tadbirlarini tashkil etish. 3. Hayotiy muhim infratuzilma obyektlarining, shu jumladan, suv taʼminoti, transport va telekommunikatsiyalar infratuzilmasini, ijtimoiy ahamiyatli muassasalarning favqulodda vaziyatlar oqibatlariga bardoshligini oshirish. 4. Tabiiy ofatlar xavfidan zarar koʻrgan aholiga uzluksiz xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida korxonalarning qarshilik koʻrsatish salohiyatini hamda ishlab chiqarish resurslarining himoya qilinishi darajasini oshirish. 5. Hayot kechirish vositalari va ishlab chiqarish aktivlarini, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi hayvonlari, qoramol va urugʻliklarning himoya qilinishini mustahkamlash. |
tegishli davrga |
FVV, |
|
26. |
Turizm obyektlarining xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish. |
1. Turizm obyektlarining ofatlar xavfi taʼsiriga tushganligini oʻrganish, bunda gidrometeorologik va geologik xavfli hodisalar yuz berishi mumkin boʻlgan uchastkalarda joylashgan obyektlarga alohida eʼtibor qaratish. 2.Turizm obyektlari bazasida obyekt (doimiy shtat asosida yoki shtatsiz asosda) qutqaruv tuzilmalarini tashkil etish. 3. Turizm industriyasiga, dam oluvchilarning xavfsizligini taʼminlash darajasiga bogʻliqlikni inobatga olgan holda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini boshqarishga qaratilgan yondashuvlarni joriy etish. |
2019-yil iyun — dekabr yanvar |
Turizmni rivojlantirish |
|
Ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish | ||||
|
27. |
Favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish, prognozlashtirish, ularning oldini olish tizimini takomillashtirish. |
1. Yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning tashqi (transchegaraviy) va ichki manbalarini aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish, zamonaviy geoaxborot texnologiyalari asosida maʼlumotlar bazasini yuritish. 2. Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashish va prognozlashtirishning yagona tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga doir tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. 3. Tabiiy, ekologik hodisalar�i va texnogen jarayonlarni prognozlashtirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish hamda favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish va ularni prognozlashtirish tizimiga joriy etish. |
reja-jadvalga muvofiq 2019-2020-yillar
|
FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
28. |
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aloqa, favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish va doimiy shay holatda saqlash. |
1. Potensial xavfli obyektlarda va ularga tutash hududlarda lokal xabar berish tizimlarini tashkil etish. 2. Respublika, mahalliy, lokal va obyekt darajasidagi xabar berish tizimlarini, shuningdek, avtomatlashtirilgan xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazish tizimini modernizatsiyalash va doim shay holda saqlash. 3. Axborotni boshqarish va uza�ish uchun davlat va idora aloqa kanallarini (ularning rahbarlari bilan kelishgan holda radio, televideniye) va boshqa telekommunikatsiya tizimlaridan markazlashtirilgan tartibda foydalanishni taʼminlash. |
reja-jadvalga muvofiq 2019 — 2022-yillar |
FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
29. |
FVDT kuch va vositalarining, uning hududiy va funksional quyi tizimlarining shayligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Professional qutqaruv tuzilmalari, obyektlarda shtatsiz asosda tashkil etilgan qutqaruv tuzilmalari va FVDTning boshqa kuchlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalar, himoya vositalari va boshqa mol-mulk bilan mustahkamlash choralarini koʻrish. 2. Mutaxassislarning qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirishga doir koʻnikmalari va kasbiy mahoratini takomillashtirish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish. 3. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda zarur vositalarni shoshilinch jalb qilish maqsadida favqulodda vaziyatlarning oldi�i olish va bartaraf etish uchun moddiy-texnik va moliya resurslari zaxiralarini oldindan yaratish. |
tegishli davrga |
Oʻzbekiston Respublikasi FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
30. |
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, FVDT kuchlari va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini, rahbarlar tarkibining koʻnikmalarini oshirish sohasida FVDT hududiy quyi tizimi rahbarlari tarkibining vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini takomillashtirish. |
1. Favqulodda vaziyatlar?�ng oldini olish va ularda harakat qilishga doir tadbirlarni ofatlarning mahalliy xavflarini hisobga olgan holda rejalashtirishni tashkil etish. 2. Iqlim oʻzgarishi ssenariysini va ularning favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfi omillariga taʼsirini hisobga olgan holda ofatlar xavfini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qoʻmondonlik-shtab, taktik-maxsus va kompleks mashgʻulotlarni rejalashtirish va oʻtkazish. |
har yili reja-jadvalga muvofiq |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, FVV, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar |
|
31. |
Favqulodda vaziyatlardan keyingi tiklash va reabilitatsiya qilish tadbirlariga ofatlar xavfini boshqarish prinsiplarini joriy etish. |
1. Favqulodda vaziyatlardan keyin tiklash va reabilitatsiya qilish jarayonlariga ofatlar xavfini boshqarish chora-tadbirlarining kiritilishiga koʻmaklashish. 2. Tiklash bosqichida qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda, shu jumladan, yerdan foydalanishni rejalashtirish, qurilish normalarini kuchaytirish va favqulodda vaziyatlardan keyin tajriba, bilim almashish kabi sohalarda chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali ofatlar xavfini kamaytirish imkonini beradigan salohiyat yaratish uchun imkoniyatdan foydalanish. 3. Ofatlar yuz berganidan keyingi davrda rekonstruksiya qilish tadbirlarini zarar koʻrgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlantirish faoliyatiga integratsiyalash. 4. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda rekonstruksiya qilish tadbirlariga tayyorgarlikni taʼminlash boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish, qurilish normalarini kuchaytirish, shu jumladan, tiklash va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirish tajribasi asosida kuchaytirish. |
tegishli davrga |
FVV, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, IIV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
32. |
Ofatlar taʼsiriga uchragan hududlardan aholining koʻchirilishini tashkil etish va amalga oshirish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining salohiyatini mustahkamlash. |
1. “Oʻzgidromet” va Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining koʻrsatmalariga muvofiq aholini xavfli hududlardan xavfsiz joylarga koʻchirishga doir tegishli choralar koʻrish. 2. Zarar koʻrgan aholini koʻchirish uchun xavfsiz joylarni aniqlash. 3. Doimiy yashash uchun koʻchirishda yakka tartibdagi turar joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish va pul kompensatsiyalari toʻlash tartibini takomillashtirish. |
har yili
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
33. |
Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish. |
1. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarni saralash va roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish, ofatlar natijasida oʻlim holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish. 2. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlar orasida kasallik va oʻlimning oldini olish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish. 3. Tiklash sohasida rejalarni amalga oshirish, ularda barcha muhtoj shaxslarga psixologik va ijtimoiy yordam xizmatlari koʻrsatilishini nazarda tutish. |
tegishli davrga |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVV |
|
34. |
Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. |
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ofatlar xavfini kamaytirish byurosi bilan hamkorlikni mustahkamlash, ushbu tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish. 2. Qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni takomillashtirish, transchegaraviy xususiyatga ega boʻlgan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlar toʻgʻrisida axborot almashish. 3. Chegaraoldi hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha hamkorlikdagi mashqlar, hayʼatlar oʻtkazish. 4. Ofatlar xavfini kamaytirish sohasida memorandumlar va boshqa xalqaro bitimlarni imzolash. 5. Favqulodda vaziyatlar yuz berganda xalqaro yordamni va birinchi navbatdagi qutqaruv ishlarini amalga oshirishda beriladigan yordamni tartibga solishga doir xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari va tartib-taomillardan toʻliq foydalanish. |
|
FVV, Tashqi ishlar vazirligi FVV, Tashqi ishlar vazirligi |
|
35. |
Ushbu Milliy harakatlar rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirish. |
1. Ushbu Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni shakllantirish va uning tarkibini tasdiqlash. 2. 2019 — 2030-yillar davrida “2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga Oʻzbekiston Respublikasida erishish strategiyasini tegishli davrda (bosqichda) amalga oshirishga doir Tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va uning bajarilishini taʼminlash. 3. Tegishli davrga (bosqichga) moʻljallangan Tadbirlar rejasini amalga oshirish yakunlari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni belgilangan maqsadlarga erishish darajasini koʻrsatgan holda tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish. |
2019-yil aprel
2023-yil fevral 2027-yil fevral
2027-yil yanvar 2031yil yanvar |
FVV, |