11.04.2019 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada so‘nggi yillarda yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan g‘o‘zapoya va qamish kabi mahalliy o‘simliklarni qayta ishlash yo‘li bilan import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar uchramoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan qayta tiklanadigan va tez o‘suvchi mahalliy o‘simliklar xom ashyosidan keng foydalanishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, sohaga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, mahalliy xom ashyodan keng foydalangan holda chuqur qayta ishlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikada yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kichik sanoat zonalarida tashkil qilish tavsiya etiladigan, qamish xom ashyosi mavjud bo‘lgan hududlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda mavjud tabiiy qamishzorlar, ulardan foydalanish darajasi va qamishlarning o‘rib olinishi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, ko‘chib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanish mumkin bo‘lgan qamishzorlar maydonlarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qamishzorlar reyestri asosida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda qamish xom ashyosi mavjud bo‘lgan joylarni yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, faoliyat ko‘rsatish davrida doimiy foydalanishga ajratib berilishini va qamish xom ashyosini o‘rib olishga ruxsat etilishini o‘rnatilgan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xom ashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xom ashyosini yetkazib berish hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xom ashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 — 2021-yillarda yaratiladigan quvvatlar va ishlab chiqarish prognozlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati “formalin 37%” mahsulotini va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati “karbamid A” mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “formalin 37%” mahsuloti bo‘yicha va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “karbamid A” mahsuloti bo‘yicha monopol yuqori narxlar qo‘llanilishining oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda monitoring olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2022-yil 1-yanvarga qadar yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan yog‘och qirindili plitalar va uning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqib, terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlarni plantatsiya usulida yetishtirish uchun ball boniteti past bo‘lgan yerlarning o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yog‘ochbop daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvarga qadar yer maydonlarida terak, pavlovniya va boshqa turdagi tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlar ekilgan qismiga yer solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada qamish xom-ashyosi mavjud bo‘lgan hududlar hamda qamishni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinishi tavsiya etiladigan kichik sanoat zonalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

(tumanlar nomi, MFY nomi)

Qamishzor maydoni, ga

Qamish o‘simligining mavjud taxminiy yillik zaxirasi hajmi (tonna)

Qamishni qayta ishlash korxonasi tashkil qilinishi tavsiya etiladigan kichik sanoat zonasi nomi

Respublika bo‘yicha:

88 123

475 864

shu jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

64 623

348 964

1.

Mo‘ynoq tumani

50 359

271 939

Mo‘ynoq kichik sanoat zonasi

2.

Chimboy tumani

4 165

22 491

Chimboy kichik sanoat zonasi

3.

Kegayli tumani

7 800

42 120

4.

Boshqa tumanlarda jami

2 299

12 415

Surxondaryo viloyati

20 000

108 000

1.

Termiz tumani
davlat chegarasi hududi bo‘ylab

6 500

35 100

Muzrabot kichik sanoat zonasi

2.

Muzrabot tumani
davlat chegarasi hududi bo‘ylab

13 500

72 900

Buxoro viloyati

3 500

18 900

1.

Peshku tumani
Jongeldi QFY hududidagi “Qoraqir 1-kontur” tabiiy suv havzasi atrofi

1 300

7 020

Buxoro shahar va Jondor kichik sanoat zonalari

2.

Peshku tumani
Jongeldi QFY hududidagi “Qoraqir 2-kontur” tabiiy suv havzasi atrofi

1 100

5 940

3.

Peshku tumani
Jongeldi QFY hududidagi “Qoraqir 3-kontur” tabiiy suv havzasi atrofi

100

540

4.

Qorako‘l tumani
Katta Zamonbobo” ko‘li atrofi

1 000

5 400

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Hisob-kitoblar asosida 1 gektar maydondan o‘rtacha 5,4 tonna qamish, 1 kub metr yog‘och-qirindili plitalarni (DSP) ishlab chiqarish uchun 0,72 tonna qamish zarur bo‘ladi. Loyiha quvvati 30 ming kub metr bo‘lgan korxona uchun bir yilga 21,6 ming tonna qamish xom-ashyosi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy o‘simliklardan yog‘och-qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xom ashyosini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ming tonna

Mahsulot nomi

Yog‘och-qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun talab etiladigan “formalin 37%” va “karbamid A” xom ashyosiga bo‘lgan talab prognozi

2019-yilga

2020-yilga

2021-yilga

Formalin 37%

7,5

21,0

24,0

Karbamid A

4,3

12,3

22,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada qamish, g‘o‘zapoya va boshqa mahalliy xom ashyodan yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 2019-2021-yillarda yaratiladigan quvvatlar va ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognozlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ming kub. m

T/r

Mahsulot nomi

Yog‘och qirindili plitalarga (DSP)

bo‘lgan talab

Loyihalar ishlab chiqarish quvvati

2018-y. ishlab chiqarish hajmi

Ishlab chiqarish prognozlari

2019-y.

2020-y.

2021-y.

JAMI

505,0

425,0

26,3

60,0

190,0

330,0

shundan: mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga

404,0

340,0

21,0

48,0

152,0

264,0

qurilishda foydalanishga

101,0

85,0

5,3

12,0

38,0

66,0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

150,0

0,0

4,0

6,0

98,0

1.

“Sifat Invest kompaniyasi” MChJ
(Qorao‘zak tumani)

10,0

-

4,0

6,0

8,0

2.

“Mo‘ynoq LDSP” MChJ

(Mo‘ynoq tumani)

50,0

-

-

-

30,0

3.

“Fumeu group” MChJ

(Mo‘ynoq tumani)

90,0

-

-

-

60,0

Buxoro viloyati

10,0

0,0

0,0

6,0

8,0

4.

“Tadbirkor” XK

(G‘ijduvon tumani)

10,0

-

-

6,0

8,0

Navoiy viloyati

30,0

0,0

0,0

18,0

25,0

5.

“Zhong Tian” MChJ XK

(Karmana tumani)

30,0

-

-

18,0

25,0

Surxondaryo viloyati

195,0

16,0

30,0

127,0

162,0

6.

“Surxon KSP Grand” MChJ

(1-bosqich) (Termiz shahri)

30,0

16,0

25,0

25,0

28,0

7.

“Surxondaryo ta’mirlash butlash” MChJ

(Termiz shahri)

15,0

-

5,0

12,0

14,0

8.

“Surxon KSP Grand” MChJ

(2-bosqich) (Muzrabot tumani)

150,0

-

-

90,0

120,0

Sirdaryo viloyati

30,0

6,8

20,0

25,0

28,0

9.

“Fayz” MChJ

(Sirdaryo tumani)

30,0

6,8

20,0

25,0

28,0

Farg‘ona viloyati

10,0

3,5

6,0

8,0

9,0

10.

“Yaypan Vodiy Laminati” MChJ
(O‘zbekiston tumani)

10,0

3,5

6,0

8,0

9,0

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)