10.04.2019 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 295-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) hududlardagi mavzuli sayyor majlislarini tayyorlash va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining hududlardagi mavzuli sayyor majlislari (keyingi oʻrinlarda sayyor majlislar deb ataladi) joylarda aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonining samaradorligini oʻrganish borasida Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish shakli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar sayyor majlislarni oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining kompleks tahlilini, shu jumladan hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, aholi bandligi va turmush darajasini izchil oshirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish jarayonining monitoringini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududning eksport salohiyatni oshirish holatini oʻrganish, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosi ustidan tizimli va taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, boshqa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining, barcha darajadagi hokimlar faoliyatini baholash, zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali va natijador bajarilishi, shuningdek, Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida koʻrsatilgan maqsadli vazifalarga erishilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligi masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlovchi eng muhim vazifalar, iqtisodiyotning aniq tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sayyor majlislarni tashkillashtirish va oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sayyor majlislarni tashkillashtirish va oʻtkazish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sayyor majlislar tizimli asosda, qoida tariqasida, har chorakda oʻtkaziladi. Sayyor majlislar sanasi hamda ularga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar (reja-jadval) Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yigʻilishi shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sayyor majlislar quyidagilardan kelib chiqib rejalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi holatni tanqidiy tahlil qilish va maqsadli vazifalarni amalga oshirish boʻyicha talablari va topshiriqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda amalga oshirish holatining tanqidiy va tizimli tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosi jarayonining monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlar jarayonlariga toʻsqinlik qilayotgan sabab va muammolarning tizimli tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatining monitoringi hamda tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sayyor majlislarda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir deb ataladi) topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sayyor majlislarda Bosh vazir raislik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayyor majlislarda raislik qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh vazirning topshirigʻiga asosan Bosh vazirning oʻrinbosari yoki maslahatchisi vakolatlari sohasiga bevosita kiruvchi masalalar boʻyicha sayyor majlislar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi raisligida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sayyor majlislarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni axborot-tahliliy va tashkiliy taʼminlash Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq sayyor majlis oʻtkazilishi sanasidan kamida yigirma kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalarini, tegishli tahliliy materiallarni, shuningdek, sayyor majlis bayonnomasi loyihasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillarini jalb qilgan holda sayyor majlis sanasidan kamida oʻn kun oldin kiritilgan materiallarni puxta ishlaydi hamda sayyor majlisni oʻtkazish boʻyicha zarur maʼlumotnoma, axborot-tahliliy, taqdimot va boshqa materiallarni tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati quyidagilarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilardan iborat hujjatlar toʻplamini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga faksogramma (kuzatuv xati, topshiriq) loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibi va kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot beruvchilar va sayyor majlisda ishtirok etuvchi shaxslar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibidagi hisobotlar boʻyicha maʼlumotnoma-obyektivkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy maʼruza loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor majlis bayonnomasi loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-tahliliy va taqdimot materiallari, sayyor majlis anonsi va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilarni oʻz ichiga olgan tashkiliy masalalarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor majlisni oʻtkazish sanasi, joyi va shakli (ochiq, yopiq, videoselektor);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor majlis ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va joylashtirish sxemasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik vositalardan (telefonlar, radioaloqa, shuningdek, audio- va video qayd etish hamda axborotni qayta ishlash vositalari) foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor majlis bayonnomasini va stenogrammasini yuritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor majlis ishtirokchilarini joylashtirish, transport taʼminoti tartibi va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sayyor majlislar oʻtkazishni sifatli va barvaqt tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati mudiri, Bosh vazir protokol xizmati mudiri, Bosh vazir matbuot kotibi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillaridan iborat tarkibda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi sayyor majlisni oʻtkazish sanasidan yetti kun oldin sayyor majlisni oʻtkazish uchun tayyorlangan hujjatlar toʻplami va tashkiliy masalalar boʻyicha Bosh vazirga axborot beradi va Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda bir kun ichida Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan koʻrib chiqilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan eʼtirozlardan kelib chiqib qayta ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qayta ishlangan materiallar sayyor majlisni oʻtkazish sanasidan besh kun oldin Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati masʼul xodimlari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining boshqa masʼul xodimlari bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan uch kun oldin sayyor majlisga barvaqt va sifatli tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik va boshqa masalalarni hal etish uchun sayyor majlis oʻtkaziladigan joyga (hududga) tashrif buyuradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sayyor majlisga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mansabdor shaxslarning sayyor majlislarga ishtirok etishi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sayyor majlislarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sayyor majlislarga zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari taklif etilishi mumkin. Boshqa mansabdor shaxslar sayyor majlislarga faqat vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sayyor majlisda Bosh vazirning majlis mavzusiga bevosita tegishli boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa obyektlarga tashrifi ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari Bosh vazirning obyektlarga tashrifi davomida materiallarning taqdimotini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning obyektlarga tashrifini tashkillashtirish Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari vakillarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sayyor majlislarda masalalarning muhokamasi, qoida tariqasida, ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Sayyor majlislarni ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sayyor majlislarda Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining, Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sayyor majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sayyor majlislarda qabul qilingan qarorlar bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Sayyor majlis bayonnomasi zarurat boʻlganda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sayyor majlis bayonnomasi loyihasi sayyor majlis oʻtkazilganidan keyin uch kun ichida Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda rasmiylashtiriladi hamda keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolashga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bosh vazir raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi imzolashga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminisratsiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi bilan birgalikda imzolangan sayyor majlis bayonnomasini tarqatishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sayyor majlislarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, shuningdek, koʻrib chiqiladigan masalalarning muhokamasiga jamoatchilikni jalb qilish Bosh vazir Matbuot xizmati tomonidan tashkillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bosh vazir matbuot xizmati sayyor majlisda muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalar toʻgʻrisida eʼlon berish va ularni koʻrib chiqish natijalarini yoritishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmalari sayyor majlislarning bayonnoma topshiriqlari bajarilishining tizimli nazorati va tahlilini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan tizimli asosda sayyor majlislarning bayonnoma topshiriqlari bajarilishi jarayonining monitoringi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sayyor majlislar bayonnoma topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini tashkillashtirish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/295/2921-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)