10.04.2019 yildagi PQ-4277-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son qaroriga muvofiq, shuningdek, shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy nano-texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qaroriga muvofiq “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyiha amalga oshirila boshlandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Turonbank” ATB va “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha 21,4 million yevro miqdoridagi loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) 1-ilovaga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirish taklif etildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan “Falk Porsche Fiberglass” MCHJ tashkil etildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK aksiyadorlari tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 12-fevraldagi 4-1001-1806/20410-son qarori asosida olingan 60 434 million soʻmlik mulkni, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq mulklarni “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga mulk qilib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 1-bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan mulkni topshirish va qabul qilib olish qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar jamiyat joylashgan manzildan qatʼiy nazar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi bilan belgilangan imtiyozlar 2024-yil 31-dekabrga qadar tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi va “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ ikki oy muddatda umumiy maydoni 3 620 kvadrat metr (0022 va 0027 literlar) boʻlgan, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Olmazor koʻchasi, 51-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlar baholanishi hamda “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga sotilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ 0022 literda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga barqaror ishlab chiqarish siklini taʼminlash maqsadida oʻz ishlab chiqarish quvvatlari va uskunalarini joylashtirish uchun muhandislik kommunikatsiyalari holati boʻyicha mavjud binodan qolishmaydigan, 1 008 metr kvadrat maydonga ega boʻsh bino berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi 3-ilovaga muvofiq saqlanayotgan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan texnologik uzellar va uskunalarni “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga topshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga ishlab chiqarish zarurati taqozo etganda ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash maqsadida tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan texnologik uzellar va uskunalarni ulardan qaytarib berish sharti asosida foydalanishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ oʻz mablagʻlari hisobiga tegishliligiga qarab mavjud muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini inobatga olgan holda, ularning “Falk Porsche Fiberglass” MCHJ hududi ajratilgan chegaragacha loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan obyektlarning “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarishda kompozit materiallardan, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning boshqa zamonaviy tizimlaridan foydalanish boʻyicha talablarni normativ hujjatlarga kiritish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4277-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga
1-ILOVA

Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

Investitsiya summasi (mln yevro)

Loyiha quvvati

Foydalanishga topshirish sanasi

1

Shisha tola ishlab chiqarishni tashkil etish

12,4

13 000 tn

2021-yil,
mart

2

Shisha tola buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

7,0

3 000 tn

2022-yil, fevral

3

Energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish

2,0

240 dan 40 000 kVt gacha

2022-yil, oktabr

Jami:

21,4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga
2-ILOVA

“Falk Porsche Fiberglass” MCHJga topshiriladigan, “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QKning Toshkent shahar, Olmazor tumani, Olmazor koʻchasi, 51-uy va Usta Shirin koʻchasi, 120-uyda joylashgan bino va inshootlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Kadastr boʻyicha raqami (liter)

Maydoni (kv. m) / uzunligi (m)

1.

Omborxona

0024

402

2.

7-sex binosi

0028

7 327

3.

Ayvon

0029

477

4.

Sex binosi

0030

386

5.

Chiqindilarni qayta ishlash binosi

0031

37

6.

Chiqindilarni qayta ishlash binosi

0032

810

7.

Qoʻriqlash binosi

0035

6

8.

8-sex binosi

0036

13 099

9.

Chuqursoy stansiyasi kirish yoʻllari

676,14 p.m.

Jami:

22 544 kv. m

676,14 p.m.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga
3-ILOVA

“Falk Porsche Fiberglass” MCHJga topshiriladigan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan texnologik uzellar va asbob-uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

TMQ nomi

Miqdori

Qimmatbaho metallning netto ogʻirligi, gramm

1.1

800-raqamli bushinglar termoelementlari bilan

20 dona

40 857,154

2.1

Termoelementlar

6 dona

506,1

3.1

Babler forsunkalari

8 dona

2 374,712

3.2

Texnologik bushinglar (temporlash vannasi)

8 dona

15 643,368

3.3

812-raqamli bushinglar

1 dona

2051,04

3.4

800-raqamli bushinglar

4 dona

8 204,16

3.5

Termoelement simlari

2 rul.

446,00

3.6

Plastina (sirkulyatsiya uchun material)

1 up.

4 257,554

4.1

Termoelementlar (uzunlari)

15 dona

5 086,159

5.1

Keramik termoelementlar (kaltalari — 60 sm)

12 dona

Platina termoelementlari (kaltalari)

12 dona

Jami:

89

79 426,247

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qaroriga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARTIRISHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning oltinchi xatboshidagi “1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 6-band va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 07/19/4277/2919-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)