Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
qarori
“Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2759-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 28-yanvardagi 3, 2016-05-son “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2759, 2016-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 45-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38, 2018-13-son “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2759-1, 2018-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 10-son, 181-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
43-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
2019-15-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2759-2/2906-son)