Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2759-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 43, 2019-15-sonli “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2759-2, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 28-yanvardagi 3 va 2016-05-son qarori (roʻyxat raqami 2759, 2016-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
38-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-fevral,
2018-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 38 va 2018-13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “7,5 foiz” degan soʻzlar “14 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “7,5 foiz” degan soʻzlar “14 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “7,5” raqami “14” raqami bilan almashtirilsin.
6. Ilovada:
040-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Soliq solish bazasi |
040 |
25 000,0 |
17 000,0 |
”; |
061-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlganda |
061 |
14% |
14% |
”; |
070 va 071-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi — jami |
070 |
5 570,0 |
2 380,0 |
|
|
rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlganda |
071 |
2 695,0 |
2 380,0 |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2759-1/0862-son)