Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-mart,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 30-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada:
a) “Litsenziya turi, raqami va berilgan sanasi” satridan “turi,” degan soʻz chiqarib tashlansin;
“Telefon/faks, e-mail” satridagi “/faks, e-mail” degan soʻzlar “, elektron manzil, veb-sayt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) I bobdan 03, 04 va 07-satrlar chiqarib tashlansin;
v) IV bob qoʻyidagi mazmundagi 271-satr bilan toʻldirilsin:
|
“ |
boshqa tijorat tashkilotlari |
27¹ |
”; |
g) VI bob qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
Koʻrsatkichlar nomi |
Satr raqami |
Hisobot yilida | |||||
|
|
soni, jami |
shundan auditorlik xulosalar | |||||
|
|
ijobiy fikr bildirilgan |
salbiy fikr bildirilgan |
izohlar bilan fikr bildirilgan |
fikr bildirish rad etilgan | |||
|
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
|
|
Berilgan auditorlik xulosalarining soni-jami |
38 |
|
|
|
|
|
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
X |
X |
X |
|
|
majburiy auditorlik �ekshiruvlari boʻyicha |
39 |
|
|
|
|
|
|
|
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari boʻyicha |
40 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
”; |
d) “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Qoidalarda:
“1. Auditorlik tashkilotlari tomonidan Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotni (bundan buyon Maʼlumot deb yuritiladi) taqdim etish auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
2. Maʼlumot 31-dekabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bevosita, ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta yoki elektron aloqasi vositasi orqali hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha taqdim etiladi. III — VI boblarning koʻrsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan boshlab ortib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi.”;
b) 4-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya raqami va berilgan sanasi” satrida olingan litsenziyaning sanasi va raqami koʻrsatiladi;”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Telefon, elektron manzil, veb-sayt” satrida auditorlik tashkilotining aloqa telefoni raqami, elektron pochta manzili va veb-sayti (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.”;
v) 6-banddan “va auditorlik tashkilotining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
g) 10-bandda:
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
d) 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. “Hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlar toʻgʻrisida maʼlumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha jalb qilinganlar)” jadvalida auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi (1-ustun), uning ishga qabul qilinganligi, auditor lavozimiga oʻtkazilganligi haqidagi buyruqning raqami va sanasi (2-ustun), auditor malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3-ustun), malaka oshirish kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va sanasi (4-ustun), mavjud boʻlganda xalqaro buxgalter sertifikati boʻyicha maʼlumotlar (nomi, raqami va sanasi) (5-ustun) koʻrsatiladi.”;
e) 24-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“27¹-satrning (20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27 satrlardan tashqari) 3 va 4-ustunlarida mos ravishda hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi:
aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
xodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 10/19/2515-3/2886-son)