Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Samarqand viloyatidagi “Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi, Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi” investitsiyaviy loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son va “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarorlarini bajarish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirish, energetika resurslarining muvozanatini oshirish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini yanada koʻproq qondirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xitoy Xalq Respublikasining Tijorat vazirligi tomonidan “Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi” va “Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi” investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berish maʼqullanganligi;
“Gidroproyekt” AJ tomonidan “Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi” va “Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi” investitsiyaviy loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi;
qiymati 30,63 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi va amalga oshirish davri 2019 ― 2021-yillar davriga moʻljallangan “Samarqand viloyatidagi “Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi va Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi” yagona investitsiyaviy loyihaning (keyingi oʻrinlarda investitsiyaviy loyiha deb ataladi) asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrga yillik 2,2 foiz stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasi qoʻshilgan holda beriladigan 24,8 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari;
“Oʻzbekgidroenergo” AJning 5,8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari.
3. Quyidagilar:
“Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi va Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi” investitsiyaviy loyihasining texnik-iqtisodiy asosi, asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
“Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalida Shaudar kichik GES qurilishi va Dargʻom kanalining 135+50 piketida kichik GES qurilishi” investitsiyaviy loyihasi doirasida beriladigan XXR Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, kredit boʻyicha foiz va komissiya toʻlovlarini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. Belgilansinki:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ investitsiya loyihasining qarz oluvchisi va tashabbuskori hamda loyihani samarali amalga oshirish va XXR Eksimbanki mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha masʼul hisoblanadi;
XXR Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarzni qoplash, foiz va komissiyalar toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekgidroenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJning 1-son Qurilish direksiyasi investitsiyaviy loyiha doirasida, loyiha qarorlarining obyektlardan foydalanish boʻyicha ishonchlilik va obyektlardan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, kuzatib borish va texnik nazorat qilish, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilish boʻyicha masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi.
5. “Turonbank” ATBga investitsiyaviy loyihani moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda XXR Eksimbanki bilan qarz kelishuvini va “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan XXR Eksimbanki kreditini qayta moliyalashtirishi boʻyicha kredit shartnomasini rasmiylashtirish tavsiya qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga:
“Turonbank” ATBning qarz kelishuvida nazarda tutilgan shaklda XXR Eksimbanki oldidagi majburiyatlari boʻyicha;
“Oʻzbekgidroenergo” AJning XXR Eksimbankining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan “Turonbank” ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Turonbank” ATBning XXR Eksimbanki oldidagi XXRning Eksimbanki bilan qarz kelishuvida nazarda tutilgan shakldagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston Respublikasida tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, olib kelinadigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar, instrumentlar, texnologik hujjatlar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotlaridan ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasini amalga oshirishni taʼminlasin va investitsiyaviy loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-aprel,
275-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 09/19/275/2876-son)