02.04.2019 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES-10), “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B), “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son va “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarorlarini bajarish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirib borish, energetika resurslarining muvozanatini oshirish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliq qondirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan “Chirchiq GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-10)”, “Samarqand GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-2B)”, “Toshkent GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-1)” investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit berilishi maʼqullanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gidroproyekt” AJ tomonidan “Chirchiq GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-10)”, “Samarqand GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-2B)”, “Toshkent GESlar kaskadi” UK modernizatsiyasi (GES-1)” investitsiyaviy loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati 52,6 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi va amalga oshirish davri 2019 — 2021-yillar davriga moʻljallangan “Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES-10)”, “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B)”, “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi”ning (keyingi oʻrinlarda investitsiyaviy loyiha deb ataladi) yagona asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar investitsiyaviy loyihaning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrga yillik 2,2 foiz stavkasi bilan, “Turonbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan va qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasi qoʻshilgan holda beriladigan 40,7 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning 11,9 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES-10)”, “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B)”, “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihasining texnik-iqtisodiy asosi, asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK (GES-10)”, “Samarqand GESlar kaskadi” UK (GES-2B)”, “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-1) modernizatsiyasi” investitsiyaviy loyihasi doirasida beriladigan XXR Eksimbanki krediti boʻyicha qarzni qaytarish, kredit boʻyicha foiz va komissiya toʻlovlarini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJ investitsiyaviy loyihaning qarz oluvchisi va tashabbuskori hamda loyihani samarali amalga oshirish va XXR Eksimbanki mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXR Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarzni qoplash, foiz va komissiya toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekgidroenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning 1-son Qurilish direksiyasi investitsiyaviy loyiha doirasida, loyiha qarorlarini obyektlardan foydalanish boʻyicha ishonchlililik va obyektlardan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, kuzatib borish va texnik nazorat qilish, tovar, ish va xizmatlarni qabul qilish boʻyicha masʼul boʻlgan ijro organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Turonbank” ATBga investitsiyaviy loyihani moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda XXR Eksimbanki bilan qarz kelishuvini va “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan XXR Eksimbanki kreditini qayta moliyalashtirishni nazarda tutuvchi kredit shartnomasini rasmiylashtirish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turonbank” ATBning qarz kelishuvida nazarda tutilgan shaklda XXR Eksimbanki oldidagi majburiyatlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekgidroenergo” AJning XXR Eksimbankining qayta moliyalashtiriladigan krediti yuzasidan “Turonbank” ATB oldidagi majburiyatlari boʻyicha, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Turonbank” ATBning XXR Eksimbanki oldidagi, XXRning Eksimbanki bilan qarz kelishuvida nazarda tutilgan shakldagi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston Respublikasida tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda — olib kelinadigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, priborlar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasini amalga oshirishni taʼminlasin va investitsiyaviy loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 09/19/276/2877-son)