02.04.2019 yildagi O‘RQ-532-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 7-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat (bundan buyon matnda maʼmuriy nazorat deb yuritiladi) bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Maʼmuriy nazoratning asosiy vazifasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratning asosiy vazifasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularga yakka tartibda profilaktik taʼsir koʻrsatishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demokratizm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adolatparvarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilanadigan cheklovlarning differensiallashganligi va individuallashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazorat — nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan maʼmuriy cheklovlarni qoʻllashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik taʼsir koʻrsatish choralari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy cheklov — huquqlar va erkinliklarni vaqtinchalik cheklash yoki zimmaga majburiyatlar yuklatish boʻlib, ushbu cheklash yoki majburiyat yuklatish jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs — oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat amalga oshirilayotgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi (yashash joyi) — nazorat ostidagi shaxs doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joy.
(5-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladigan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 8-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda quyidagi voyaga yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan shaxslarga nisbatan oʻrnatilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Maʼmuriy nazorat chogʻida belgilanadigan maʼmuriy cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida quyidagi maʼmuriy cheklovlar belgilanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida boʻlishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan joylarda boʻlishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha ichki ishlar organiga (ichki ishlar organining tayanch punktiga) kelish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilishni taqiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy cheklovlar nazorat ostidagi shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab toʻliq hajmda yoki alohida-alohida tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy cheklovlarning roʻyxati uzil-kesil boʻlib, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki u kengaytirib sharhlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllaniladigan maʼmuriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organining taqdimnomasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakilining arizasiga, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga binoan nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi va xulq-atvori haqidagi maʼlumotlar inobatga olingan holda qisman bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish, amalga oshirish, uzaytirish, tugatish va maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarga nisbatan — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshligʻi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalarida turgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoxud har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazoni oʻtash davrida belgilangan tartibda saqlash rejimini qasddan buzuvchilar deb topilgan boʻlsa, — ularni ozod etishdan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasining boshligʻi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga nisbatan — sudlanganlik holatining tugatilishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlari doirasida ichki ishlar organining boshligʻi tomonidan ushbu shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin bir yil ichida ikki yoki undan koʻproq maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnomada maʼmuriy nazoratni oʻrnatish zarurati, oʻrnatiladigan maʼmuriy cheklovlar yuzasidan takliflar va oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi mumkin boʻlgan shaxsning oʻzi tanlagan yashash joyi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning maʼlum sabablarga koʻra aniq turar joyi boʻlmasa, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati unga yashash joyi bilan taʼminlash, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishga hamda ishga joylashishga yordam berishni soʻrab, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarni yoki ogʻir kasalliklarga chalingan shaxslarni davolash masalalarini oldindan hal qilish toʻgʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ichki ishlar organlariga va sogʻliqni saqlash muassasalariga iltimosnoma yuboradi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan sud majlisida ichki ishlar organi vakilining majburiy ishtirokida va oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma koʻrib chiqilayotgan shaxs ishtirokida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma koʻrib chiqiladigan, sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilingan shaxs uzrsiz sabablarga koʻra sud majlisiga kelmasa, shuningdek sud majlisini boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, taqdimnoma sud tomonidan ushbu shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorida maʼmuriy nazoratni oʻrnatish uchun asos, uning muddati va nazorat ostidagi shaxsga nisbatan oʻrnatiladigan maʼmuriy cheklovlar koʻrsatiladi. Agar maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasasidan ozod etish chogʻida belgilangan boʻlsa, sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorida nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib keladigan muddat ham koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning aniq yashash joyi maʼlum boʻlmagan taqdirda, sud uning ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishidan oldin yashagan oxirgi yashash joyi boʻyicha maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi boʻlmagan taqdirda, sud mahalliy davlat hokimiyati organlariga nazorat ostidagi shaxsni turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻrish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Maʼmuriy nazorat muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga oʻrnatiladi. Maʼmuriy nazorat muddati maʼmuriy nazoratni oʻrnatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqarilgan paytdan eʼtiboran, maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan shaxsni ozod etish chogʻida oʻrnatilgan hollarda esa, nazorat ostidagi shaxs tanlagan yashash joyiga yetib kelgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat muddatining oʻtishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsga qidiruv eʼlon qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxs maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan taqdirda, maʼmuriy nazorat muddati ichki ishlar organining taqdimnomasi boʻyicha sud tomonidan olti oygacha boʻlgan muddatga, lekin sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Nazorat ostidagi shaxsga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qilish va topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxs sud majlisida ishtirok etgan taqdirda sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning qarori tegishincha jazoni ijro etish muassasasiga yoki nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organiga keyinchalik nazorat ostidagi shaxsga tilxat olib topshirish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning qarorini nazorat ostidagi shaxsga topshirish chogʻida uning huquq va majburiyatlari, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik, shu jumladan maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganlik uchun javobgarligi, oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilishidan oldin oʻrnatilgan shaxsga esa, tanlagan yashash joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarligi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Jazoni ijro etish muassasasi tomonidan sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini yuborish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati jazoni oʻtash davrida oʻziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsni jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilishdan oldin nazorat ostidagi shaxsning tanlagan yashash joyidagi ichki ishlar organiga sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi qarorini ushbu shaxs yetib boradigan vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda xabar qilgan holda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritish, shu jumladan ularning turmush tarzi, xulq-atvori va niyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganligi va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi faktlarini aniqlash hamda hujjatlashtirish boʻyicha choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashash joyi oʻzgargan taqdirda maʼmuriy nazoratni nazorat ostidagi shaxsning yangi yashash joyidagi ichki ishlar organi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish davriyligi va vaqti sud belgilagan maʼmuriy cheklovlardan, nazorat ostidagi shaxsning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, xulq-atvoridan, shuningdek uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning bir maromdagi hayot faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi kerak va, qoida tariqasida, uning ishdan, oʻqishdan yoki xizmatdan boʻsh vaqtida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Maʼmuriy nazoratni tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan muddat tugaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganlik olib tashlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan va jazoni oʻtash joyiga yuborilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs vafot etgan yoki sudning uni vafot etgan deb topish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha maʼmuriy nazoratni tugatish toʻgʻrisida ichki ishlar organi tomonidan qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar nazorat ostidagi shaxs huquqbuzarlik sodir etmayotganligi, oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya qilayotganligi hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarayotganligi aniqlansa, shuningdek yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyidan ijobiy tavsifnomalar mavjud boʻlsa, maʼmuriy nazorat muddatining kamida yarmi oʻtgach ichki ishlar organining taqdimnomasi yoxud nazorat ostidagi shaxsning yoki uning vakilining arizasi asosida, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining iltimosnomasiga koʻra maʼmuriy nazorat sud tomonidan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnoma, ariza yoki iltimosnoma oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror chiqariladi, qaror nazorat ostidagi shaxsga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nazorat ostidagi shaxsning huquq va majburiyatlari. Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Nazorat ostidagi shaxsning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat xizmatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan izohlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudda maʼmuriy nazorat oʻrnatish va cheklovlar qoʻllash toʻgʻrisidagi materiallar bilan tanishib chiqish hamda ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida, shuningdek belgilangan maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish haqida sudga bevosita yoki vakili orqali arizalar bilan murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u boʻyicha oʻz mulohazalarini bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, u bilan bogʻliq maʼmuriy cheklovlar va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish boʻyicha keltirilgan protestlar va kelib tushgan shikoyatlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnomalar olish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ichki ishlar organlariga murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita yoki vakili orqali ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish chogʻidagi harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Nazorat ostidagi shaxsning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxs quyidagi maʼmuriy nazorat qoidalariga rioya etishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin oʻzi tanlagan yashash joyiga sud tomonidan belgilangan muddatda yetib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin, shuningdek yashash joyi oʻzgarganidan soʻng oʻzi tanlagan yashash joyiga yetib kelgan kundan eʼtiboran uch kun ichida hisobga qoʻyilish uchun maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organiga kelish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organidan yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqariga qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnoma olingan taqdirda, qisqa muddatga chiqilayotgan hududning ichki ishlar organini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa muddatga chiqish joyidan qaytib kelganida doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organini xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organini ishga joylashganligi, yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi oʻzgarganligi yoxud mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida uch kun ichida xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyidagi ichki ishlar organiga ushbu organ tomonidan belgilangan muddatda chaqiruvga koʻra borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsning xulq-atvori toʻgʻrisida ish, oʻqish yoki xizmat joyi maʼmuriyatidan, jamoat birlashmasidan, yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsga uy-joy berish va uni ishga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga iltimosnomalar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktik suhbat oʻtkazish uchun nazorat ostidagi shaxsni uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga chaqirish, nazorat ostidagi shaxsning talabi bilan bunday suhbatlarni advokat, jamoatchilik, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindoshlari ishtirokida oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsdan oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etish hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari maʼmuriy nazoratni amalga oshirish boʻyicha alohida tadbirlarni oʻtkazishda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi, shuningdek oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarni buzganlik hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazorat muddati mobaynida nazorat ostidagi shaxslarning hisobini yuritishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxslarni oʻzlari tanlagan yashash joyida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va ularni ishga joylashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrishi;
(17-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy nazorat ostidagi shaxsning oʻziga nisbatan belgilangan maʼmuriy cheklovlarga rioya etishi va yashash, ish, oʻqish yoki xizmat joyi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan tizimli ravishda nazoratni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxs bilan uning huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishga qaratilgan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganidan keyin yashash joylariga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan, shuningdek yashash joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan yoki sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ruxsatnomasiz chiqib ketgan nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvini amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish nazorat ostidagi shaxsning boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxs yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganda, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilish chogʻida maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan hollarda yashash joyiga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmaganda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash choralarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxsning qayerdaligi aniqlanmagan taqdirda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash boʻyicha koʻrilgan choralar haqidagi hujjatlar (dalolatnoma, fuqarolarning yozma koʻrsatuvlari, ichki ishlar organi xodimining bildirgisi) bilan birga sudga unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-638-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma sud tomonidan besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga beriladigan ruxsatnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsga yashash joyidan tashqarida boʻlish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga quyidagi shaxsiy holatlar munosabati bilan ruxsatnoma beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin qarindoshining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalariga qabul qilish chogʻida kirish imtihonlarini topshirish zarurati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida koʻrsatilgan ruxsatnoma quyidagi hollarda bir oygacha boʻlgan muddatga berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat ostidagi shaxsning tibbiy yordam olishi yoki sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanishdan oʻtishi zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan buyon istiqomat qilishning imkoni boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida taʼlim olganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat oshib ketgan taqdirda, maʼmuriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning turgan joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Sudning, ichki ishlar organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratni oʻrnatish va amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan prokuror tomonidan protest keltirilishi yoki nazorat ostidagi shaxs yoki uning vakili tomonidan sud qarori nusxasi olingan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish yoxud maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat yoki protest yuqori turuvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha sud tomonidan quyidagi qarorlardan biri chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarorini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarorini bekor qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish va maʼmuriy nazorat oʻrnatish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi maʼmuriy nazoratning amalga oshirilishini sud maʼmuriy nazoratni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarguniga qadar toʻxtatib turmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi 750-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 33-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) VIII boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-532-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 03/19/532/2873-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)