Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2020 30.03.2019 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi va “Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi ustavlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi zarur zamonaviy laboratoriya anjomlari bilan jihozlanishini va milliy darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilishini, shuningdek, uzum, mevalar va rezavorlardan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba ishlab chiqarishi tashkil etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha tashkilotlarining kolleksiyalari hisobiga O‘zbekiston vino kolleksiyasini yaratsin hamda har yili uning soha tashkilotlari mahsulotlari bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Akademik M. Mirzayev nomidagi uzumchilik, vinochilik va bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi huzurida uzumning texnik navlari plantatsiyasini yaratish, shuningdek, “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakulteti talabalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Vinochilik sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan davlat boshqaruvi respublika organi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Vazirlik oldida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida — The Agency of Viticulture and Wine Development under the Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida — Agentstvo po razvitiyu vinogradarstva i vinodeliya pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik tizimiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzumchilik o‘quv markazi” davlat unitar korxonasi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, uzumchilik va vinochilikni dinamik rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustun darajada texnik navlardagi uzum plantatsiyalarini kengaytirish va rivojlantirishga, vinochilikni rivojlantirishga, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga va vinochilik korxonalarini kompleks ravishda modernizatsiya qilishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishda, tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish yo‘li bilan eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini, shu jumladan, chet elda ommalashtirishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yo‘li bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum ekish materiallarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron ro‘yxatini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzumchilik va vinochilik sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, uzumchilik va vinochilikni dinamik rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan, klaster asosidagi uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishning davlat va maqsadli dasturlarini, shu jumladan, innovatsion va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish yo‘li bilan uzum planatsiyalarining samaradorligini va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosati ijrosini ta’minlaydi, ushbu yo‘nalishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyadan ma’lumot olish yo‘li bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanmasi monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik, shu jumladan, uzum ekish materialini ishlab chiqarish sohasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kafillik taqdim etish sohasida umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ustun darajada texnik navlardagi uzum plantatsiyalarini kengaytirish va rivojlantirishga, vinochilikni rivojlantirishga, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga va vinochilik korxonalarini kompleks ravishda modernizatsiya qilishga ko‘maklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda agrotexnologiyalarni takomillashtirish va uzum hosildorligini oshirish, tarmoq mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum plantatsiyalarida mahalliy seleksiya navlari, xususan, yashash muhitining abiotik va biotik sharoitlariga ko‘proq moslashgan Yevropa klonlari va avtoxton navlar ulushini oshirish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy ampelografik kolleksiyalar saqlanishi va kengaytirilishini ta’minlaydi hamda uzum navlari DNK katalogi (reyestri)ni shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishda, tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish yo‘li bilan eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini, shu jumladan, chet elda ommalashtirishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashadi, shuningdek, uzumchilik mahsulotlari tashqi bozori konyunkturasini o‘rganadi, mamlakatimiz uzumchilik mahsulotlarini ommalashtirish va tarmoq mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda korxonalarda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy qilishga ko‘maklashadi va takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar va vinoni tanishtirish bo‘yicha milliy va xalqaro festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish yo‘li bilan uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb qiladi, shuningdek, tarmoq mutaxassislari, uzum yetishtiruvchilar va vinochilarni respublikaning yetakchi korxonalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Vinochilik sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida, shuningdek, chet elda malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlashga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, boshqa oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shu jumladan, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uzumchilik va vinochilik sohasida ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalariga bevosita tarmoqning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarida amaliyot o‘tishlarida ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) uzum ekish materiallarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini tartibga solish, uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash yuzasidan Inspeksiya bilan o‘zaro hamkorlik qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum ekish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha pitomniklarni barpo qilishda ko‘maklashadi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning faoliyatini tartibga soladi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organlar ishida ishtirok etadi, texnik va texnologik reglamentlar, standartlar, shuningdek, uzumchilik sohasi hamda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish sohasida sanitariya-gigiyena normalarini yaratish, joriy qilish va yaxshilash masalalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi va kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo tarmoqlarida nazorat tartibida sotib olish yo‘li bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini tekshirish yakunlari bo‘yicha Inspeksiyaga ma’lumot kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiyaning tashabbusi bilan uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishga litsenziya berish jarayonida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat va tekshirish organlarining so‘rovi bo‘yicha uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash bo‘yicha monitoring olib borish va tekshirishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron ro‘yxatini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron ro‘yxatini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z vakolati doirasida Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, uzumning texnik navlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya bilan birgalikda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlangan alkogolli mahsulotlar sifatini belgilash va nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tuzish va Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnika, dasturiy ta’minot hamda Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa tovarlar ta’minoti va foydalanish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari huquq va majburiyatlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosati samarali amaliy amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil qilish uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Direktor o‘z maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatishi shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Direktor Agentlik direktorining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinladigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlari vazifalar taqsimlanishiga muvofiq uning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda Agentlik davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda qabul qilingan qarorlar bilan uzumchilik va vinochilik sohasidagi tadbirlarni o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlarni tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlik faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri mutasaddilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Direktor lavozimi bo‘yicha Vazirlik hay’ati tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishi jarayonini tanqidiy jihatdan va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri topshiriqlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘zining o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Agentlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi jarayonini nazorat qilishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sifatli ishlab chiqish va Vazirlikka o‘z vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik rahbarlari va xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safariga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yo‘riqnomalari va Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, Agentlik markaziy apparati, “Enologiya laboratoriyasi” DUK va “Uzumchilik o‘quv markazi” DUK xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga uzumchilik va vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik, idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvallariga o‘zgartish kiritish yuzasidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida Vazirlikka takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor vaqtincha bo‘lmagan vaqtlarda uning vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri topshiriqlarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflarni taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritish uchun Vazirlikka o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligi, safar xarajatlariga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning uzumchilik va vinochilik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha direktorga taklif kiritish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishini tashkil qilish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyning o‘ziga chiqib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904 son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor o‘rinbosarlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli sarflanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik direktori o‘rinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan Agentlikning javobgarligi sohalari bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha quyidagi choralar ko‘riladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatni amalga oshirishga va markaziy apparat ta’minoti uchun xarajatlar, shu jumladan, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa to‘lovlar, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qoplanishi Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agentlik xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Agentlik direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kelishgan holda Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha ustamalar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agentlik xodimlariga rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan ustama va qo‘shimcha haqlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan mehnat shartnomalari (kontraktlar) va nizomlarga muvofiq to‘lanadi. Bunda rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan ustamalar va qo‘shimcha haq belgilanishi Agentlik direktorining huquqi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Agentlikning Vazirlik oldida hisobot berishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agentlik direktori Vazirlik oldida Agentlik faoliyati natijalari to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Agentlik direktori faoliyatining unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘zini ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Agentlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) boshqarish tartibini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ishlatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi hamda uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati ta’minoti va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik markaziy apparatining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan har yillik subsidiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sof tushumining besh foiz miqdoridagi ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUK va “Uzumchilik o‘quv markazi” DUKning belgilangan tartibdagi ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarzlar) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga majburiy ajratmalarni o‘z vaqtida yuborish uchun shaxsiy mas’uliyat Jamg‘armaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kech bo‘lmagan muddatda amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratmalar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona har bir kechiktirilgan kun uchun, ajratmalarning kechiktirilgan summasining 0,01 foizi miqdorida penya to‘laydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi uzum plantatsiyalarini yaratish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish (modernizatsiya qilish), uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy loyihalarini moliyalashtirish, shu jumladan, uzumning yangi seleksiya navlarini yaratish, uzumni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish va o‘rganish, shuningdek, uzum, mevalar va reza mevalardan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sifatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini boshqarish bo‘yicha inspeksiyaning budjetdan tashqari jamg‘armasini alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalarning ajratmalari summasidan o‘n foiz miqdorida shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparati ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qo‘shimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va Agentlik direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomga muvofiq boshqa to‘lovlarni, shuningdek, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik sohasida chet el mutaxassislari va maslahatchilarni jalb qilish, shuningdek, uzum yetishtiruvchilar, Agentlik va vinochilik korxonalarining xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, vinochilik mahsulotlarini tanishtirish bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari, festivallar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish va tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, ushbu tadbirlarda, shu jumladan, chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarda alkogol sohasi korxonalari ishtirok etishida ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy tashkilotlar va xalqaro tashkilotlarda, shu jumladan, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotida a’zolik badallarini va boshqa badallarni to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, e’lonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, vinochilik va uzumchilik sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan vinochilik va uzumchilik sohasida normalar, reglamentlar va qoidalar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar va tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamg‘arma hisobiga loyihalarni moliyalashtirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlarga yuridik shaxslarga kreditlar berish uchun (alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash bundan mustasno) 7 yilgacha bo‘lgan muddatga bozor stavkalarida resurslarni joylashtirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun yuridik shaxslarga kreditlar berish uchun O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida 2 yilgacha bo‘lgan muddatga resurslarni joylashtirish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan maqsadlarga tegishli shartlarda qarz berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan maqsadlarga grantlar berish. Bunda berilgan grantlar summasi Jamg‘arma hisobvarag‘iga har yil tushadigan umumiy summaning 5 foizidan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada ko‘rsatilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan summa subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 120 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda suv chiqarish uchun burg‘ulash qudug‘i, yaratilayotgan 35 gektardan ziyod gektarli uzum plantatsiyalarini sug‘orish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurish.
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahalliy sharoitda tok o‘simligi to‘qima (meristema hujayra)laridan “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona tok ko‘chatiga 4 (to‘rt) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tok ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (o‘n besh) ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan “v” va “g” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar hisobidan, “v” va “g” kichik bandlaridagi maqsadlar uchun mablag‘lar Jamg‘armaning qolgan manbalaridan kelib tushadigan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish holati bo‘yicha amalga oshiriladi, Tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish holati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga muvofiq tarkibdagi foydalanishga topshirish bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Berilgan qarzlarning har yillik summasi Jamg‘armaning hisobvaraqlariga tushgan har yillik mablag‘lar umumiy summasining 20 foizidan oshmasligi lozim va qarz ta’minoti sifatida ko‘chadigan va ko‘chmas mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ta’minot turlari taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mablag‘lardan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha foyda manbaini olish maqsadida Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlarida joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamg‘armaning ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash Agentlik direktori tomonidan Jamg‘armaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini ushbu Nizomga hamda Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi va uning mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning oldin berilgan mablag‘lari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish, uzaytirish va o‘zgartirish bo‘yicha qarorlarni qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamg‘arma mablag‘laridan ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizomning 6-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan maqsadlarga Jamg‘arma mablag‘laridan grant va subsidiyalarni taqdim qilish bo‘yicha qarorlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga grant va subsidiyalarni taqdim qilish Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengashning subsidiyalarni taqdim qilish to‘g‘risidagi ijobiy qarori O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘armaga mablag‘larni ajratish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlislari bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Agentlik Kengashning ishchi organi hisoblanadi, uning vazifalari va funksiyalari Kengash tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Loyihalarni grant yoki subsidiyalar hisobiga moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Loyihalarni ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga grant yoki subsidiyalar hisobiga moliyalashtirish tartibi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Grant yoki subsidiyalar mablag‘larini olish uchun loyiha tashabbuskori Agentlikka yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, so‘ralayotgan mablag‘ maqsadlari, loyihani amalga oshirish joyi, bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan holda grant yoki subsidiya berish to‘g‘risidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum plantatsiyalarini barpo etish uchun yoki shpalerga ko‘tarilishi lozim bo‘lgan tokzorlar joylashgan yer uchastkasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat — subsidiyalarni olishda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis hujjatlari nusxalari (ustav va/yoki ta’sis shartnomasi) (fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) va davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma — subsidiyalarni olishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalarni olishga rozilik to‘g‘risida xo‘jalik jamiyatlari muassislari (paychilar, ishtirokchilar) va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi (kuzatuv kengashi, boshqaruv) bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda loyiha bo‘yicha ma’lumot — subsidiyalarni olishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hal qilish uchun grant olish talab qilinadigan muammolarni tavsiflovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar smetasi va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari (bunday manbalar mavjud bo‘lganda) va loyiha bo‘yicha boshqa ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskoridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan grant yoki subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim qilingan hujjatlarda xato va/yoki kamchiliklar aniqlanganda Agentlik loyiha tashabbuskorini xato va/yoki kamchiliklar haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori tomonidan xato va/yoki kamchiliklar Agentlik xabardor qilgandan so‘ng yetti kun mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda hujjatlar loyiha tashabbuskoriga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Loyiha tashabbuskori tomonidan grant yoki subsidiyalarni olish uchun taqdim qilingan, ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlar Agentlik tomonidan Kengashning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim qilingan hujjatlar asosida Kengash grant yoki subsidiyani berish yoki berishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlik loyiha tashabbuskorini qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kengash tomonidan grant yoki subsidiyani berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror asosida loyihani amalga oshirish uchun Agentlik va loyiha tashabbuskori o‘rtasida grant yoki subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Grant berilishi grant ajratish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan shartlar va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalar berilishi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilgandan so‘ng bir oylik muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Subsidiya, grant va qarzlar loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Subsidiya oluvchining majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yangi uzum plantatsiyalarini barpo qilish bo‘yicha ariza berilgan loyihani amalga oshirish subsidiya olingandan so‘ng uzum ekilishining keyingi mavsumi tugagunga qadar yakunlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik tuman (shahar) hokimligi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bilan birgalikda uzum ekilishi mavsumi yoki shpalerga ko‘tarish ishlari tugagandan keyin ikki oy mobaynida loyiha tashabbuskorlari tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan ariza berilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i va Agentlik vakili tomonidan imzolanadigan shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar loyiha tashabbuskori tomonidan bajarilgani yoki bajarilmagani to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Subsidiya olingandan so‘ng uzum ekishning keyingi mavsumi tugagunga qadar yangi uzum plantatsiyalarini barpo qilish yoki shpalerga ko‘tarish ishlari bo‘yicha ariza berilgan loyiha amalga oshirilmagan taqdirda ajratilgan subsidiyalar Agentlikning mablag‘larni qaytarish haqidagi xabari olingan kundan e’tiboran bir oy mobaynida Agentlikka qaytarib berilishi lozim.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik loyiha tashabbuskorini ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan dalolatnoma imzolangan kundan e’tiboran 10 ish kuni mobaynida ajratilgan subsidiyalarni qaytarish haqida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng bo‘lgan subsidiya summasi qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Agentlikning kredit berish bo‘yicha tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi va 6-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati o‘rtasidagi bosh kelishuvni tuzish yo‘li bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga resurslar taqdim qilinadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi, bunda Jamg‘arma mablag‘larining sarflanishi Jamg‘armaning respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyalardai tashqari boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining kreditlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga Agentlik bilan kelishgan holda beriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalarida berilishi nazarda tutilsin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tijorat banki resurslarning foydalanilmagan va/yoki to‘lanmagan qismini Agentlikning hisobvaraqlariga 3 ish kuni mobaynida qaytarib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizomning 6-bandi to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan qarzlarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agentlik har bir yo‘nalish bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari tushishi va harakatining alohida hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha, yillik hisobot esa keyingi yilning 30-yanvaridan kech bo‘lmagan muddatda har chorakda taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga o‘tkazilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga grantlar va subsidiyalar berish bo‘yicha kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xodjayev J.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Kengash raisi

Mustafoyev O.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash raisining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

Salimov U.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari

Fayzibayev O.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Abdullayev T.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Po‘latov J.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

Lavozimi bo‘yicha

viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (moliyalashtiriladigan loyihaning joylashgan joyiga qarab)

Vapayev N.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi grantlari va subsidiyalari hisobiga loyihalarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Grant va subsidiyalarni olish imkonini ko‘rib chiqish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) hujjatlarni taqdim qiladi.

Tashabbus ko‘rsatish tartibida

II bosqich

Agentlik

Tashabbuskorning murojaat va hujjatlarini ko‘rib chiqadi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga grantlar va subsidiyalar berish bo‘yicha Kengash (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

3 ish kuni mobaynida

III bosqich

Kengash

Agentlik tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

1 oy mobaynida

IV bosqich

Agentlik

Tashabbuskorni Kengash tomonidan subsidiyalar berish yoki subsidiyalar berishni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.

Qaror qabul qilingandan keyin
1 ish kuni mobaynida

V bosqich

Agentlik,
loyiha tashabbuskori

Loyihani amalga oshirish uchun grant yoki subsidiya ajratish to‘g‘risidagi shartnomani tuzadi.

Kengashning ijobiy qarori qabul qilingandan so‘ng
3 ish kuni mobaynida

VI bosqich

Agentlik

Grant yoki subsidiya ajratish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng mablag‘lar loyiha tashabbuskorining tijorat bankida ochilgan maxsus 22626 hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Shartnoma shartlariga muvofiq

VII bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Mablag‘lardan qat’iy ravishda uzum plantatsiyalarini yaratish, tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy qilish va/yoki burg‘ulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok ko‘chatlari ekish va shpalerga ko‘tarish uchun belgilangan maqsadda foydalanadi.

2. Loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun barcha kuchlarni safarbar qiladi.

Shartnoma shartlariga muvofiq

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Yangi uzum plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha loyiha to‘g‘risida
‎MA’LUMOT

‎‎1. Loyiha tashabbuskori: ___________________________
‎2. Yaratiladigan uzum plantatsiyalarining umumiy maydoni: __________ ga.
‎3. Yaratiladigan uzum plantatsiyalari joylashgan joy: __________________________.
‎4. Uzum navini o‘tqazish rejasi: ____________-_____ga
‎(masalan, Bayan-Shirey — 50 ga, Saperavi — 10 ga, Kishmish — 10 ga).
‎5. Loyihani amalga oshirish muddati: _________ (masalan, 2019-yil kuzi).
‎6. Yaratiladigan ish joyi: ___ kishi.
‎7. Loyihaning umumiy qiymati — ___________ mln so‘m, undan:

T/r‎‏

Amalga oshiriladigan ishlar‎‎‎‎‏

Loyihaning umumiy qiymati, mln so‘m, undan:‎‎‏

Moliyalashtirish manbalari, mln so‘m‎‎‎

Loyiha tashabbuskor-larining mablag‘lari

Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi subsidiyalari‎‎

Tijorat banklari kreditlari, jumladan, Jamg‘arma resurslari hisobiga ‎‎

1.‎

Agrotexnik tadbirlar (jumladan, yer haydash, chizellash, erni tekislash va hokazo ishlarni amalga oshirish) ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Tuproqqa mineral o‘gitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

Uzum nihollarini xarid qilish va ularni o‘tqazishni tashkil qilish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

4.‎

Suv chiqarish uchun burg‘ilash quduqlari qurish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

Tomchilab sog‘orish tizimini joriy qilish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

51.

Tok ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

Boshqa xarajatlar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli bo‘lib biz yangi uzum plantatsiyalarini yaratish bo‘yicha loyiha to‘liq hajmda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beramiz.
‎‎Tashkilot boshlig‘i

‎‎_________________________

‎‎___________

(F.I.O.)‎‎‎

(imzo) ‎‎

M.O‘.‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Loyihalashtirishning aniq manbalari ko‘rsatilmagan loyihalar ko‘rib chiqilmaydi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/271/2863-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son; 07.04.2020-y., 09/20/203/0401-son)