1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Homiylik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish borasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarini o‘tkazish rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 262-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘lar (keyingi o‘rinlarda jalb etilgan mablag‘lar deb ataladi) — fuqarolar yig‘inining qaroriga asosan ixtiyoriylik asosida jismoniy va yuridik shaxslardan (shartnoma asosida) yig‘ib olingan pul mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yo‘naltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari shaklidagi yordamni qonunchilik hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy va beg‘araz amalga oshiradilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘larni jalb etish, ulardan foydalanish va nazorat qilish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal etishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qaroriga asosan jalb etiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘inlari va yuridik shaxslar o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga asosan tegishli hududda ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlash ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordamlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish fuqarolar yig‘ini kengashining qarori asosida ushbu mablag‘lar va homiylik xayriyalarining maqsadidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘lar jalb etish va ulardan foydalanish fuqarolar yig‘inlari va yuridik shaxslar o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlash fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan bo‘lmasa yoki xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zosi bo‘lgan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini ta’minlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogironligi bo‘lgan shaxs yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun quyidagicha yo‘naltiriladi:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy va kvartiralarni ta’mirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq yoqilg‘i (ko‘mir va o‘tin) mahsulotlari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lig‘ini tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar haqini to‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazish.
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahallada tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli talofat ko‘rgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Fuqarolar yig‘ini tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning hisobini yuritish, shuningdek, undan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek, ushbu mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarda ma’lumotlarning to‘g‘riligini muntazam nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi jismoniy va yuridik shaxslarning yozma so‘rovlari bo‘yicha, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqarolar yig‘ini raisi jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarining maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida har chorakda fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fuqarolar yig‘ini raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishi va buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablag‘larni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘larni jalb etish, ulardan foydalanish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘larni jalb etish
1-bosqich
Fuqarolar yig‘ini
Fuqarolar yig‘ini raisi, Jismoniy va yuridik shaxslar
Fuqarolar yig‘ini kengashi
1. Fuqarolar yig‘inining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini qarorini qabul qiladi.
Fuqarolar yig‘ini qaroriga asosan hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘lar jalb etadi, homiylik xayriyalarini qabul qiladi.
2. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan homiylik xayriyalari bo‘yicha shartnoma tuzadi.
3. Tegishli hududda muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtiyoriy beg‘araz yordamlar ko‘rsatish haqida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzadi.
4. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida jamlaydi.
5. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini hisobini yuritadi.
zaruratga qarab
qaror qabul qilinganidan so‘ng
zaruratga qarab
zaruratga qarab
mablag‘lar va homiylik xayriyalari kelib tushganidan so‘ng
II. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish
2-bosqich
Fuqarolar yig‘ini raisi
1. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashining qarorini qabul qiladi.
2. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanadi.
3. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlashni amalga oshiradi.
4. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan bo‘lmasa yoki xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, quyidagi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning a’zosi bo‘lgan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini ta’minlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogironligi bo‘lgan shaxs yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga;
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadlariga sarflashni amalga oshiradi.
zaruratga ko‘ra
qaror qabul qilinganidan so‘ng
qaror qabul qilinganidan so‘ng
III. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishni nazorat qilish
3-bosqich
Fuqarolar yig‘ini raisi
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi Taftish komissiyasi
1. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalari maqsadli ishlatilishi to‘g‘risida fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot berib boradi.
2. Jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan maqsadli foydalanilishini hamda tayyorlangan hisobot va ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qiladi.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma so‘rovlari bo‘yicha, jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi
har chorakda
muntazam
yozma so‘rovga asosan
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/262/2855-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)