18.03.2019 yildagi PQ-4242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublikada nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy zaif qatlamiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirishga qaratilgan izchil choralar koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslar uchun axborot resurslari va davlat tezkor operativ xizmatlar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatlarini toʻliq taʼminlash orqali mavjud sharoitlarga moslashtirish tizimini yanada takomillashtirish zaruriyati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarning jamiyatga toʻliq ijtimoiy integratsiyasini taʼminlash, aholining ijtimoiy zaif qatlamiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek ushbu toifadagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dispetcherlik xizmatini tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — Dispetcherlik xizmati) toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dispetcherlik xizmatining asosiy vazifasi etib eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qoʻngʻiroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy taʼminotdan foydalangan holda qoʻngʻiroqlar va boshqalar) orqali boʻladigan murojaatlarga shoshilinch operativ xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini muvofiqlashtirgan holda taʼminlash belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dispetcherlik xizmati xodimlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan dastlabki 10 shtat birligi hisobiga toʻldiriladi (bir nafar serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va 9 nafar xizmatchi) va keyinchalik tushadigan xabarlar hamda murojaatlar hajmiga qarab ularning soni 22 nafargacha yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dispetcherlik xizmatini dastlabki texnik jihozlash bilan bogʻliq xarajatlari (server uskunalari, kompyuter texnikasi va orgtexnika, dasturiy taʼminot) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dispetcherlik xizmatini joriy taʼminlash va moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur boʻlganda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, mazkur bandning ikkinchi xatboshi talablarini inobatga olib, Dispetcherlik xizmatining belgilangan shtat birligiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda Dispetcherlik xizmatini yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir mutaxassislar bilan toʻldirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga imo-ishora tilida soʻzlashadigan mutaxassislar orasidan nomzodlarni taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari elektron bazasini yaratishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Dispetcherlik xizmatining reglamentini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Dispetcherlik xizmatining faoliyati uchun kerakli boʻlgan texnik jihozlanishini (server uskunalari, kompyuter texnikasi va orgtexnika, dasturiy taʼminot) taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Dispetcherlik xizmati faoliyatining xususiyatlarini inobatga olib, toʻliq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaxslarga shoshilinch operativ xizmatlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan mobil aloqa servislaridan foydalanish boʻyicha bepul xizmat koʻrsatish imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar hamda mavzuga oid koʻrsatuvlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4242-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 07/19/4242/2783-son)