12.03.2019 yildagi 214-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizda yilqichilik sohasini yanada rivojlantirish, naslli va sport otlarini yetishtirish, sport otlarini xalqaro darajadagi ko‘rgazmalarda, sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash, epizootik barqarorlikni nazorat qilish, shuningdek, naslli va sport otlariga milliy va xalqaro ot pasportini berish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslli va sport otlariga “Ot pasporti” ot egasining xohishiga ko‘ra beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslli va sport otlarini auksionlarda, ko‘rgazmalarda, milliy va klassik ot sporti o‘yinlarida, sport musobaqalarida ishtirok etishi, shuningdek otlardan xizmat otlari sifatida foydalanish ushbu “Ot pasporti” mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otlarning genetik (qon) tahlilini o‘tkazish laboratoriyasini tashkil etish va laboratoriyada ishlaydigan mutaxassislarning xorijiy davlatlarda malaka oshirish kurslariga yuborilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ot pasporti” namunasining Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ot pasporti”ni berish bilan bog‘liq barcha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilab, ularning ijrosini ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 214-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ot pasporti” — naslli va sport otlarining nasl-nasabi, zotga mansubligi, nasl qiymati, yuqumli kasalliklarga qarshi o‘tkazilgan emlanmalar (vaksinalar), laboratoriya sinovlari tahlillarining natijalari va diagnostik tekshiruvlar o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslli ot — kelib chiqishi (nasl-nasabi) ma’lum bir zotga mansub bo‘lgan va naslli ot sifatida Davlat naslchilik kitobida ro‘yxatga olingan ot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport oti — otlar ishtirokida o‘tkaziladigan turli ot sporti musobaqalarida qatnashuvchi ot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ot egasi — otga egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat naslchilik kitobi — nasl xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan otlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ot pasporti” mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Naslli va sport otlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish va naslli otlarning Davlat naslchilik kitobini yuritish O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Ot pasporti” O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar qaramog‘idagi naslli va sport otlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va klassik ot sporti o‘yinlari, sport musobaqalarida, ko‘rgazmalarda va auksionlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otchoparlarda, ot sporti klublari va maktablarda hamda xizmat otlari sifatida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya-naslchilik ishlarini samarali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan sport o‘yinlarida (Xalqaro musobaqa va Olimpiya o‘yinlarida) qatnashadigan sport otlariga Xalqaro ot sport federatsiyasining (FEI) pasportini olish uchun beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Ot pasporti”ni rasmiylashtirish uchun ot egasining o‘z mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. To‘langan to‘lov O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi Yilqichilik va ot sportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Ot pasporti” mazkur nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Ot pasporti”ni olishga doir talablar va uni berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Ot pasport”ni olish uchun ot egasi O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yozma ravishda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining vakili “Ot pasporti”ni olish uchun ot egasining murojaati bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganadi va quyidagilar to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otning grafik tasviri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otning tana o‘lchamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otning kelib chiqishi va nasl-nasabi (birlamchi zootexnika hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
otning 7 dona fotosurati (otni o‘ng yon tomondan, chap yon tomondan, boshining old tomonidan, tumshug‘i, old va orqa oyoqlarining oldindan ko‘rinishi, old va orqa oyoqlarining orqa tomondan ko‘rinishi va bo‘ynining past tomondan ko‘rinishi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Ot pasporti” beriladigan otlarning kelib chiqishini aniqlash uchun zarur hollarda, maxsus laboratoriyalarda otning genetik (qon) tahlillari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Laboratoriya tahlili natijalari ushbu nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Ot pasporti” O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan va muhrlangan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Ot pasporti” O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining buyurtmanomasiga asosan tayyorlanadi hamda ushbu pasport naslli va sport otlarining butun umri davomida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Ot pasporti” 10 ish kunida rasmiylashtiriladi va ot egasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Ot pasporti”ni ot egasiga berish vaqtida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida yuritiladigan maxsus reyestr kitobiga tegishli yozuv kiritilgan holda ro‘yxatga olinadi va elektron shaklda rasmiy veb-saytga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Naslli otlarga “Ot pasporti” berilgandan so‘ng ushbu naslli ot belgilangan tartibda Davlat naslchilik kitobiga ro‘yxatga olinadi va buning uchun to‘lov to‘lanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Ot pasporti”ga tegishli yozuvlar O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan har yili kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan “Ot pasporti”ga kelgusi yillarda ham har yili kiritiladigan tegishli yozuvlar kiritilganda, ot egasidan to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kelgusi yillarda “Ot pasporti”ga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bog‘liq (xizmat safari) xarajatlar O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi zimmasida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Otlardan xizmat otlari sifatida foydalanuvchi tashkilotlarning murojaatlariga ko‘ra “Ot pasporti” berilishi mumkin. Bunda, ushbu nizom qoidalariga amal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Ot pasporti”ga otlarni emlash tadbirlari, laboratoriya va diagnostik tekshiruvlar o‘tkazilgani to‘g‘risidagi tegishli yozuvlar veterinariya vrachi tomonidan kiritiladi hamda imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob.Ot pasportini qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirishlar kiritish va hisobdan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Ot pasporti” yo‘qolganda va yaroqsiz holatga kelganda, ot egasi tomonidan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga murojaat qilinadi va “Ot pasporti” ikki ish kunida bepul qayta rasmiylashtirilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Otning egasi o‘zgarganda, uning yangi egasining murojaatiga ko‘ra “Ot pasporti”ga O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan ikki ish kunida tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “Ot pasporti”ga ega bo‘lgan otlar majburiy so‘yilsa yoki boshqa sabablar oqibatida nobud bo‘lgan taqdirda, ot egasi tomonidan bir ish kunida “Ot pasporti” O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Naslli va sport otlari belgilangan tartib asosida eksport qilinganda “Ot pasporti” hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Ot pasporti”ga oid birlamchi ma’lumotlar bazasining saqlanishiga O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA

Mazkur hujjat ot egasi (qarovchisi)da saqlanadi va ot sotilgan paytda yangi egasiga beriladi.

Nastoyashiy dokument soxranyayetsya vladelsem (smotritelem) loshadi i peredayetsya novomu vladelsu pri prodaje loshadi.

This document is retained by the owner (caretaker) of the horse and transferred to the new owner when a sale of horse.

Laqabi:

Klichka:

Name:

Tug‘ilgan sanasi:

Data rojdeniya:

Date of birth:

Zoti:

Poroda:

Breed:

Tusi:

Mast:

Colour:

Jinsi:

Pol:

Sex:

Tug‘ilgan joyi:

Mesto rojdeniya:

Place of birth:

Pasport raqami:

Nomer pasporta:

Passport Number:

Egasi:

Vladelets:

Owner:

Mamlakat:

Strana:

Country:

Mikrochip raqami:

Nomer mikrochipa:

Micro chip number:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Belgilarning yozma ifodalanishi

Opisaniye primet

Description of signs

Boshi

Golova

Nead

Chap old oyog‘i

Levaya perednyaya noga

Left Foreleg

O‘ng old oyog‘i

Pravaya perednyaya noga

Right Foreleg

Chap orqa oyog‘i

Levaya zadnyaya noga

Left Nindleg

O‘ng orqa oyog‘i

Pravaya zadnyaya noga

Right Nindleg

Qo‘shimcha belgilari

Dopolnitelnie primeti

Extra signs

Ot egasining f.i.sh. va manzili

F.i.o vladelsa i adres

Name, address of the owner

Otxona manzili

Adres konyushni

Address of the stable

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ot tavsifi

Xarakteristika loshadi

Characteristics of horse

O‘lchamlari

Promeri

Measure

Bonitirovka soni

Kratnost bonitirovke

Freguency vate of bonitation

Ko‘rsatkichlar

Pokazeteli

Indicators

Bonitirovka ballari

Balli bonitirovki

Bonitation mark

I

II

III

I

II

III

Yoshi

Vozrast

Age

Nasl-nasabi

Proisxojdeniye

Origin

Qarchig‘ay balandligi, sm.

Visota v xolke, sm.

Neight from withers, sm.

Tipikligi

Tipichnost

Typicality

Tananing qiya uzunligi, sm.

Kosaya dlina tulovisha, sm.

Oblique length of torso, sm

O‘lchamlari

Promeri

Measure

Ko‘krak aylanasi,sm.

Obxvat grudi, sm.

Chest girth, sm

Tashqi tuzilishi

Eksteryeri

Exteriors

Kaft aylanasi, sm.

Obxvat pyasti, sm.

Metacarpus girth, sm.

Ishchanlik qobiliyati

Rabotosposobnost

Capacity

Avlodining sifati

Kachestvo potomstva

Quality of breed

Sinfi

Klass

Class

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Otlarni emlash (vaksinatsiya qilish) to‘g‘risida belgilar

Otmetki o vaksinatsii loshadey

Vaccination record

Emlanmaning nomi

Naimenovaniye vaksini

Name of vaccine

Emlanmaning tayyorlangan sanasi, seriya raqami, tayyorlovchining manzili

Data izgotovleniya vaksini, nomer serii, strana izgotovitel

Date of manufacture, batch number, place and of country manufacturer

Emlangan sanasi, emlanmani qayd etilgan raqami

Data vaksinatsiya, nomer registratsii vaksini

Date of vaccination, registration number

Veterinariya vrachining f.i.sh., imzosi, muhri

F.i.o. veterinarnogo vracha, podpis, pechat

Name, signature and stamp of official veterinarian

Laboratoriya tekshirishlari o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumot

Dannie o provedenii laboratornix issledovaniy

Labaratory health test

Sana

Data

Date

Tekshirish turi Vid issledovaniya

Type of test

Kasallik nomi

Nazvaniye bolezni

Name of disease

Tekshirish natijalari

Rezultat issledovaniya

Result of the tests

Laboratoriyaning nomi, manziliva muhri

Naimenovaniye, adres laboratoriii pechat

Name and Address of the laboratoryand Company Stamp

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Diagnostik tekshirishlar o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar

Dannie o provedenii diagnosticheskix issledovaniy

Data on diagnostic medication control

Tekshirish natijalari

Rezultat issledovaniya

Result of the tests

Ekspertiza raqami

Nomer ekspertizi
Number of expertise

Veterinariya vrachining f.i.sh., imzosi, muhri

F.i.o. veterinarnogo vracha, podpis, pechat

Name, signature and stamp of official veterinarian

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sinovlar va sport yutuqlari to‘g‘risida ma’lumotlar

Svedeniya ob ispitaniyax i sportivnix dostijeniyax

Information of the tests and sport achievements

Yil

God

Year

Joyi

Mesto

Place

Ma’lumotlar

Svedeniya

Info

Ko‘rgazmalardagi chiqishlari to‘g‘risida ma’lumotlar

Svedeniya o vistavkax-vivodkax

Information of exhibitions and demonstrations

Yil

God

Year

Joyi

Mesto

Place

Ma’lumotlar

Svedeniya

Info

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qulun olish

Priplod

Offspring

№/P

Ota-onasining laqabi

Klichka roditeley

Parental name

Ota-onasining zoti

Poroda roditeley Parental breed

Qulun/Priplod/Offspring

Tusi

Mast

Jinsi

Pol

Tamg‘a raqami

Tavro №

Tug‘ilgan yili

God rojdeniya

Otasi

Otets

Sire

Onasi

Mat

Dam

Otasi

Otets

Sire

Onasi

Mat

Dam

Colour

Sex

Brand №

Date of birth

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ot egasining o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot

Svedeniya o smene vladelsa

Information on shange of the ownership

Sotilgan sanasi

Data prodaja
Date of sale

Ot egasining F.I.Sh. va manzili
F.I.O., vladelsa i adres

Name, address of the owner

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vakilining

imzosi va muhrining o‘rni

Podpis i mesto pechati

Signature and Company Stamp

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎Nasl-nasabi/Rodoslovnaya/Parentage

Qayd etish
‎raqami_____________________________
‎Registratsionniy №_________________________________
‎Registration number
‎№_________________________________
Tug‘ilgan joyi
‎Mesto rojdeniya
‎Place of birth ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________
‎ ‎‎
Laqabi
‎Klichka
‎Name _______________________________________________
‎ ‎‎
‎‎Tusi
‎Mast
‎Colour _______________________________________________
‎‎Tamg‘a
‎Tavro
‎Brand _______________________________________________
‎‎DNK №
‎GPK№
‎SNB № ______________________________________________
Zoti
‎Poroda Breed_______________________________________________
‎ ‎
‎‎Tug‘ilgan sanasi
‎Data rojdeniya
‎Date of birth __________________________________________
‎‎Jinsi
‎Pol
‎Sex ________________________________________________
‎‎Immunitet ekspertizasi raqami, canasi
‎№ ‎ekspertizi immuniteta i data
‎Immunity expertise №, date _______________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎Chipning identifikatsiya raqami
‎Identifikatsionniy nomer chipa
‎Chip identification number ‎‎

Sana
‎Data
‎Date ‎‎

Chip kodi
‎Kod chipa
‎Chip code ‎‎‎

Shtrix kod
‎Barcode

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎M.O‘/M.P/R.R

‎‎‎Federatsiya raisi o‘rinbosari
‎Zamestitel predsedatelya ‎Federatsii
‎Deputy-chairman of Federation_____________________________________________________________________
‎‎Berilgan vaqti
‎Data vidachi
‎Date of issue:__________________________________________________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Otning egasi o‘zgarganda mazkur ot pasportiga O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti Federatsiyasi tomonidan otning yangi egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi va otning yangi egasiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pri smene vladelsa pasport doljen nezamedlitelno vozvrashatsya v Federatsiyu konevodstva i konnogo sporta Uzbekistana, pri etom soobshayutsya familiya i adres novogo vladelsa, posle registratsii, kotorix Federatsiya vozvrashayet pasport novomu vladelsu.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
On change of ownership the passport must immediately be lodged with the “Norse breeding and Equestrian Federation of Uzbekistan” giving the name and address of the new owner, for re-registration and forwarding to the new owner.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslli va sport otlariga “Ot pasporti”ni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/214/2761-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)