11.03.2019 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJning “Uchqir” oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarorini ijro etish yuzasidan va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni koʻpaytirishni taʼminlaydigan yangi zamonaviy quvvatlarni oʻz vaqtida ishga tushirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyixalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2019-yil dekabrda ishga tushirilishi nazarda tutilgan, umumiy qiymati 49,4 mln AQSh dollariga teng boʻlgan ““Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJning “Uchqir” oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. ““Gazlineftgazqazibchiqarish” MChJning “Uchqir” oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/209/2756-son)