O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2989-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/24-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3415, 13.01.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son qarori (ro‘yxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018y., 10/18/2989/0968-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-fevral,
4/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. 3-bandning o‘n beshinchi xatboshisidagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2989-1/2734-son)