07.03.2019 yildagi PQ-4234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkoʻmir” AJ faoliyati samaradorligining tahlili koʻrsatdiki, soʻnggi bir necha yillarda kon yuzasini ochish ishlarini bajarishda qoloqlikka yoʻl qoʻyilgani, koʻmir qazib olish samaradorligi darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi respublikada koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning oʻsib borayotgan hajmlari qondirilmayotganligiga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkoʻmir” AJ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini hamda koʻmir sanoatini kelgusida barqaror va muvozanatli rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, 2019 — 2023-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining koʻmir mahsulotlariga oʻsib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4497-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekkoʻmir” AJga, istisno tariqasida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Oʻzbekkoʻmir” AJ ustav kapitalidagi aksiyalari ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, ishonchli boshqaruvchi bilan kelishgan holda, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK ekspertizasidan oʻtkazilgan, cheklangan narxi belgilangan texnik topshiriqlarga asosan 2-ilovaga* muvofiq kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4497-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekkoʻmir” AJ boshqaruv organlariga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda ishonchli boshqaruvchi bilan birgalikda auditor xulosasi olingandan soʻng ikki hafta muddatda ishonchli boshqaruvchi tomonidan taqdim etilgan “Oʻzbekkoʻmir” AJni “Angren” koʻmir razrezi kesimida rivojlantirish strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) tasdiqlash hamda “Oʻzbekkoʻmir” AJning 2019-yilga moʻljallangan ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati rejasini ushbu Strategiyaga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekkoʻmir” AJ bilan birgalikda Strategiya tasdiqlangandan soʻng bir oy muddatda Strategiyada nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi takliflar maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga “Chinniobod” shaharchasida yer uchastkalari olinishi munosabati bilan buziladigan uylar, binolar, inshootlar, ekin maydonlarining bozor qiymati va mulkdorlarga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” va “Oʻzbekkoʻmir” AJlarning “Oʻzbekkoʻmir” AJ uchun mazkur qarorning 2-ilovasida* nazarda tutilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni jamiyatning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan moliyalashtirish manbalari hisobidan xarid qilish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishonchli boshqaruv va Strategiyani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzbekkoʻmir” AJ va ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmagan loyiha va pudrat tashkilotlari — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishonchli boshqaruvchi, “Oʻzbekkoʻmir” AJ hamda ular tomonidan jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmagan loyiha va pudrat tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan tovarlar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar, materiallar va texnologik jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash bilan bogʻliq toʻlovlar, yigʻimlar va davlat bojlarini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlarga muvofiq chetdan olib kiriladigan loyiha va texnik hujjatlar, metall prokati, qurilish va yordamchi materiallar, asboblar va ularning qismlari, butlovchi buyum va qismlar, kimyoviy reaktivlar va laboratoriya mebellari uchun bojxona bojlarini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Oʻzbekkoʻmir” AJ:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 2-ilovasiga* muvofiq olib kiriladigan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalar hamda Strategiyada qoʻshimcha ravishda belgilanadigan uskuna, texnika, laboratoriya uskuna va jihozlari, ularning ehtiyot qismlari uchun bojxona toʻlovlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
(10-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4497-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy shaxslar — xorijiy mutaxassislar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-203-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 2019-yil 1-iyunga qadar respublikada togʻ-kon ishi, shu jumladan koʻmir sanoati sohasidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va loyiha institutlarining filiallarini ochish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4234-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4234/2726-son, 25.10.2019-y., 07/19/4497/3957-son)