1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
[TSZ:
1.Moliya / Birja faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshidagi Qimmatbaho metallar agentligida qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va topshirish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4121-son qaroriga muvofiq, sanoat mahsulotlari, zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladigan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur Nizom talablariga muvofiq “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga qimmatbaho metallarni sotishga ruxsat beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va taqsimlash prognoz parametrlarini shakllantirishda sanoatda ishlatiladigan mahsulotlar, zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga ularning ehtiyojlarini hisobga olib, asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha birja savdolarida sotish uchun qimmatbaho metallar ajratish hajmlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 186-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qimmatbaho metallarni birja savdolarida sanoatda ishlatiladigan mahsulotlar, zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standart quymalar (plastinalar) — Oʻzbekiston Respublikasi, quymalarni ishlab chiqaruvchi davlatning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga, shuningdek, tovar-xom ashyo birjalari (keyingi oʻrinlarda birjalar deb ataladi) talablariga muvofiq boʻlgan zargarlik buyumlari va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo sifatida birja savdolarida sotish uchun moʻljallangan qimmatbaho metallar quymalari (plastinalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar — Oʻzbekiston Respublikasining, shuningdek, ishlab chiqaruvchi davlatning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga muvofiq boʻlgan quymalar, plastinalar, granulalar va kukun koʻrinishidagi oltin, kumush va platina;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar granulalari — qimmatbaho metallar affinajini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tayyorlanadigan, birja savdolarida zargarlik buyumlari va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga boshlangʻich xom ashyo sifatida sotalidagan yumaloq shakldagi kristallashtirilgan eritma shaklidagi qimmatbaho metallar guvalachalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimi — birja savdolarining birja tomonidan qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan, birja tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan birja tovarining oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarining elektron tizimi — birja aʼzolariga respublikaning har qanday geografik nuqtasidan masofada turib aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan global taqsimlangan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKP deb ataladi) — birjaning birja bitimlari boʻyicha kliring va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans — moliyaviy mablagʻlar sotuvchilari va xaridorlari tomonidan kiritiladigan, birja yigʻimini, shuningdek, tomonlarning zakalat pulini oʻz ichiga oladigan summa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi fiksingi — yuzaga kelgan talab va taklif asosida London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi tomonidan qoʻllaniladigan qimmatbaho metallar narxlarini belgilash va eʼlon qilish tartiboti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotish qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar yoki birja savdolarining boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar yoxud birja savdolarining boshqa ishtirokchilari — birjaning yetkazib beruvchilari normativ hujjatlar talablariga va namunaga muvofiq qimmatbaho metallardan plastinalar, quymalar, granulalar ishlab chiqarilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmalardan hamda bozordagi talab va taklif konyunkturasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan quyidagi oʻlchov ogʻirligidagi oʻlchov plastinalari, quymalarni ishlab chiqaradilar: oltindan — 5 gramm, 20 gramm, 50 gramm, 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1000 grammli, shuningdek, kumushdan — 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1000 grammli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarning standart plastinalari va quymalari yuzasida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi boʻlishi, sof qimmatbaho metall va ligatura massasi tarkibining koʻrsatgichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga hamda tovar-xom ashyo birjasining talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar granulalari mahsulotning tarkibi va sifatini koʻrsatuvchi tegishli yozuvlar kiritilgan ogʻirligi oʻlchangan oʻramga oʻrab joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar — qimmatbaho metallardan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqaruvchilar birja savdolarida qimmatbaho metallarning xaridorlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqaruvchilar savdolarda ishtirok etish uchun birjaga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beriladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar savdolarda ishtirok etish uchun birjaga Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini taqdim etishi kerak.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Birja savdolari har kuni (dushanbadan jumagacha) birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Birja savdolarida sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qimmatbaho metallar hajmlarini shakllantirish, birja savdolariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yetkazib beruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni birja savdolariga qoʻyish qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish hajmlarining tasdiqlangan hajmlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli yilga qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va taqsimlashning tasdiqlangan prognozlari asosida birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotishning choraklik va oylik prognozlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchilar har oyda joriy oyning 25-kunidan kechiktirmasdan mahsulotlarni birja savdolarida joylashtirish jadvalini ishlab chiqadilar va navbatdagi oy boshlanguniga qadar birjaga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirish jadvallarida birja savdolarida sotish uchun moʻljallangan qimmatbaho metallar hajmlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birja savdolarini tashkil etish va oʻtkazish qonunchilika, birja savdolari va hisob-kitob-kliring xizmat koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring xizmat koʻrsatish qoidalari birja, birja aʼzolari, sotuvchilar va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori xaridorlar va sotuvchilar uchun belgilangan tartibda birja xizmatlariga belgilangan tariflardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xaridorlar va sotuvchilar birja savdolarida birja bilan yoki brokerlar nomidan ularning treyderlari tomonidan tuzilgan shartnoma asosida dilerlar sifatida mustaqil ravishda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har bir birja savdosi boʻyicha sotuvchilar va xaridorlarga ruxsat berish yoki chetlatish, shuningdek, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish avtomatik tarzda birjaning elektron birja savdolari tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Savdoga qoʻyilgan, biroq sotilmagan mahsulotlar hajmlari, shuningdek, bekor qilingan bitimlar boʻyicha hajmlar takroriy ravishda birja savdolariga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida bir oy mobaynida sotilmagan qimmatbaho metallar hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda sotib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazib berish birja yetkazib beruvchilari tomonidan 100 foizli oldindan haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi. Qonunchilikka muvofiq birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahsulotning boshlangʻich narxini belgilash hamda birja savdolari ishtirokchilari va mahsulotni yuklab beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qimmatbaho metallarning boshlangʻich narxi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining birja bitimi tuzilgan sanadagi kursi boʻyicha milliy valyutada London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining soʻnggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarning milliy valyutadagi boshlangʻich narxining hisob-kitoblari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xaridorlar HKPdagi oʻz hisob raqamlariga birja bitimining moʻljallanayotgan summasining 1 foizi miqdoridagi zakalatni oʻz ichiga olgan avansni kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xaridorlar birjada avans bilan taʼminlangan hajmlarda mahsulot sotib olish uchun bitimlar tuzishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirish uchun birja tomonidan birja aʼzolariga birja savdolari qoidalariga muvofiq birja bitimini elektron roʻyxatdan oʻtkazish sanasida taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xaridor ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq 3 ish kuni mobaynida tuzilgan birja bitimi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun yetarli boʻlgan miqdordagi mablagʻlarni birjaning talab qilib olingungacha ikkilamchi depozit hisob raqamiga oʻtkazishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. HKP ushbu Nizomning talablariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha zarur pul mablagʻlari tushganidan soʻng bir ish kuni mobaynida sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlarning reyestrini yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sotuvchi HKPdan xaridor tomonidan ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq oldindan toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi xabarni olganidan soʻng birja bitimida kelishilgan yetkazib berish shartlari boʻyicha 5 ish kuni mobaynida xaridorga mahsulotni yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sotuvchiga HKP tomonidan xaridorning shaxsiy hisob raqamiga toʻlangan mablagʻlar tushganligi haqida bitimlar reyestrini taqdim qilish sotuvchi tomonidan xaridorga mahsulotni yuklab joʻnatish uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HKP tomonidan xaridor oʻz majburiyatlarini bajarganligi fakti tasdiqlanmasdan sotuvchi tomonidan mahsulot yuklab joʻnatilgan taqdirda, birja roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlarining xaridor tomonidan bajarilmaganligi uchun javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mahsulotni yuklash va olish fakti xaridor va sotuvchining imzolari bilan tasdiqlanadigan schyot-faktura nusxasi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Schyot-fakturaning taqdim qilingan nusxasi HKP bir ish kuni mobaynida sotuvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olingungacha ikkilamchi hisob raqamiga mablagʻlarni oʻtkazishi, shuningdek, bitimni yopish uchun asos va majburiyat sifatida xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini ijro etish va hisob-kitob-kliring xizmat koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sotuvchi yoki xaridor tomonidan ushbu Nizomdan kelib chiqadigan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, nohalol tomonning zakalati jabrlangan tomonning foydasiga ushlab qolinadi. Bunda sotuvchidan xaridor foydasiga undiriladigan summa miqdori shartnomaning umumiy summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddatlar
I bosqich
Sotuvchi va xaridor oʻz tanlovi boʻyicha broker bilan shartnoma tuzadi.
Sotuvchi, xaridor
Zaruratga koʻra
II bosqich
Sotuvchining brokeri yoki sotuvchining oʻzi shaxsiy kabinet orqali Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan jadvalga muvofiq qimmatbaho metallarning qoʻyiladigan hajmlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtiradi.
Sotuvchi, birja
Savdo boshlanishidan
1 kun oldin
III bosqich
Birja oʻzining veb-saytida
birja savdolari oʻtkazilishi sanasi va vaqti toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qiladi.
Birja
Savdo boshlanishidan oldin
IV bosqich
Birja savdolarida ishtirok etuvchi qimmatbaho metallarning sotuvchisi va xaridori hisob-kitob kliring palatasida (HKP) oʻzining shaxsiy hisob raqamiga savdoga qoʻyiladigan
va xarid qilish moʻljallanayotgan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdoridagi mablagʻni zakalat sifatida majburiy tartibda depozitga qoʻyadi.
Sotuvchi, birjaning HKPsi
Savdo boshlanishidan
1 kun oldin
V bosqich
Sotuvchining brokeri va xaridorning brokeri yoki sotuvchi va xaridorning oʻzi tuzilgan bitimlar reyestri asosida qimmatbaho metallarni sotishga birja bitimi tuzadilar.
Broker, sotuvchi, xaridor
Tuzilgan bitimlar reyestri taqdim qilingandan keyin
VI bosqich
1. Xaridor birja bitimi boʻyicha zarur pul mablagʻlarini birjaning HKPsidagi oʻz shaxsiy hisob raqamiga oʻtkazadi.
2. Birjaning HKPsi ushbu Nizom talablariga muvofiq tushgan summaga sotuvchiga toʻlangan bitimlar reyestrini yuboradi, bu mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatish uchun asos boʻladi.
3. Mahsulotning yuklab joʻnatilishi va olinishi fakti xaridor va sotuvchining imzolari bilan tasdiqlangan schyot-faktura bilan tasdiqlanadi.
Xaridor, birjaning HKPsi, sotuvchi
1. Birja bitimi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida.
2. Xaridordan pul mablagʻlari tushgandan keyin
1 ish kuni mobaynida.
3. HKPdan toʻlangan bitimlar reyestri olingandan keyin 5 ish kuni mobaynida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish