O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-fevral,
181-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 181-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandiga kuyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Oliy ta’lim muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi o‘qituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun o‘tkaziladigan tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakilining ilmiy kengash yig‘ilishida ishtirok etishi talab etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)