1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi maʼlumotlari asosida oʻn kun muddatda nohalol eksport qiluvchilar reyestrini shakllantirib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yongʻoq, uzum va poliz mahsulotlari, muzlatilgan, quritilgan sabzavot va mevalar (TIF TN boʻyicha tovar kodi 07, 08, 0904, 1202);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport kontraktlari tuzgan yoki eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida eksport qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
invoys — meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun hisobvaraq-faktura;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti — eksport qiluvchi va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun tuzilgan xoʻjalik shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nohalol eksport qiluvchilar reyestri — Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan, real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan eksport qiluvchilar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Eksport qiluvchilar meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktini tijorat xavflaridan sugʻurta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi eksport qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi asosida amalga oshiriladi. Bunda hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish holatlari uchun eksport qiluvchi javobgar hisoblanadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Eksport qiluvchilar eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarini TSOYAEATga invoys toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni kiritish sharti bilan eksport qilish huquqiga ega.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Eksport qiluvchi yuridik shaxslar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Eksport kontraktlari boʻyicha eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan joygacha transportda tashish paytida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish uchun qoʻllanadigan Eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tabiiy yoʻqolish normativlari doirasida tabiiy yoʻqolishlar boʻlgan holatlarda, eksport qiluvchi bu haqda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) axborot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yoʻqolishlari mavjud boʻlganda, yoʻqolish summasi debitor qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinadi. Yoʻqotish summasi oldindan toʻlov sifatida eʼtirof etilganda, tabiiy yoʻqotishlar summasiga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchi tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar asosida yuklab joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy yoʻqotishlar summasi xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan eksport qiluvchining tabiiy yoʻqotishlar summasi toʻgʻrisida TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar asosida eksportga yuklangan mahsulotlar summasidan kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish natijasida paydo boʻlgan yoʻqotish summasi xorijiy sherikka qaytarilishi lozim yoki keyingi yetkazib berishlar uchun oldindan toʻlov deb hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda eksport bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatiga tuzatishlar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan talablar eksport kontraktlari va ularni bajarishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari qoʻllanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasida meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymati invoys valyutasida koʻrsatiladi. Tijorat banklari tomonidan TSOYAEATga milliy valyutadagi naqd mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan taqdirda, meva-sabzavot mahsulotlarining milliy valyuta ekvivalentidagi umumiy faktura qiymati bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha TSOYAEATda bojxona rasmiylashtiruvi uchun qayd etilgan summadan oshmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Meva-sabzavot mahsulotlarini nohalol eksport qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. TSOYAEATga kiritilgan eksport kontrakti boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan eksport qiluvchi real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud kontraktlar doirasida ushbu qarzdorlik summasidan kam boʻlmagan miqdordagi valyuta tushumlari toʻgʻrisida maʼlumot TSOYAEATga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgandan soʻng nohalol eksport qiluvchi real vaqt rejimida shakllanadigan Reyestrdan chiqariladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reyestrga kiritilgan nohalol eksport qiluvchiga keyingi eksportini faqat 100 foizli oldindan toʻlov sharti asosida amalga oshirishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Reyestr tijorat banklari va bojxona organlari tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda elektron tarzda shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr xizmat koʻrsatuvchi bankning va eksport qiluvchining nomlari, eksport qiluvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), kontraktning raqami, sanasi va identifikatsiya raqami, toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzdorlik summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytlari bilan integratsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchi toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni oʻzining elektron kalitidan foydalangan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytlaridan olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarining eksport operatsiyalariga xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Eksport operatsiyalariga tijorat banklari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi zarur hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etgan paytdan boshlab bir ish kuni davomida unga xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvaraq ochishga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti yoki invoys boʻyicha eksport qiluvchining bank hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlari haqidagi maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritish uchun masʼuldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mablagʻlar kelib tushganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYAEATga tijorat banklari tomonidan toʻlov valyutasida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish uchun qoʻllanadigan eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tabiiy yoʻqolishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yukning sof vazni (netto)ga nisbatan % hisobida)
Tashish masofasi, km.
Mahsulot nomi
bodringlar
pomidorlar
shirin va achchiq qalampir, baqlajon, kabachki
karam, piyoz
koʻkat
boshqa sabzavotlar
poliz mahsulotlari
uzum
danakli mevalar va anor
olma va nok
poʻchoqli mevalar va xurmo
sitrus mevalar
100 km. gacha
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
0,3
0,3
250 km. gacha
1,9
1,1
1,2
1,1
0,5
0,7
1
1,1
1,3
0,7
1,1
-
500 km. gacha
2,4
1,7
1,5
1,7
0,6
1
1,6
1,4
1,6
1
1,9
-
501 — 550
2,5
1,8
1,6
1,8
0,7
1
1,7
1,5
1,7
1
2,0
-
551 — 600
2,6
1,9
1,7
1,9
0,8
1,1
1,8
1,6
1,7
1,1
2,1
-
601 — 700
2,8
2,1
1,8
2,2
1
1,3
2
1,7
1,8
1,3
2,3
-
701 — 800
3
2,3
1,9
2,5
1,1
1,5
2,1
1,8
1,9
1,5
2,5
-
801 — 900
3,2
2,5
2
2,8
1,2
1,7
2,3
1,9
2,0
1,7
2,7
-
901 — 1000
3,4
2,7
2
3,1
1,3
1,9
2,8
2,0
2,1
1,9
2,9
-
1000 km. dan uzoq masofaga tashishda belgilangan meʼyor keyingi har 100 km. da oshiriladi
0,1
0,1
0,1
0,3
0,1
0,1
0,2
0,1
0,1
0,1
0,1
-
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tashuvi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashuv va mazkur tashuvlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari toʻgʻrisidagi Kelishuvga asosan tasdiqlangan normalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarini temir yoʻl transportida tashishda yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi va temir yoʻl kompaniyalarining javobgarligi, shuningdek, yuklarni tashishda vujudga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni koʻrib chiqish tartibi Yuklarni temir yoʻlda tashish xalqaro Kelishuvida, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavida, yuklarni tashish Qoidalarida hamda boshqa tegishli normativ hujjatlarda belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sitrus mevalarni 100 km. masofadan uzoqqa tashishda norma keyingi har bir 50 km. uchun 0,1%ga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan oldindan toʻlovsiz meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi chet el import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi 609-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 14-dekabrdagi 984-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 287-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Investstroy” AJ faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-iyundagi 430-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 287-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi 16-son qarori ilovasining 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 9-oktabrdagi 814-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi 963-son qarori ilovasining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 287-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/163/2663-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)