Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2026 15.02.2019 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 330-sonli “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni talablarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining namunaviy nomenklaturasi roʻyxatini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash yuzasidan nazoratni va uslubiy rahbarlikni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar uch oy muddatda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining namunaviy nomenklaturasi roʻyxatiga muvofiq, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimida bajariladigan funksiyalar, hududning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar prognozini inobatga olgan holda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralari hajmini va nomenklaturasi roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilgacha boʻlgan davrda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini bosqichma-bosqich yaratish boʻyicha tegishli kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 137-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda zaxira yaratuvchi organlar deb ataladi) tomonidan, ularni favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda shoshilinch ravishda jalb etish maqsadida yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy resurslar zaxirasini qayta tiklash — moddiy zaxiralarni, ularni hamda idishi va qadogʻining belgilangan saqlash muddati tugaganligi, saqlash muddati tugamagan holda idishi buzilishi yoki boshqa sabablarga koʻra mahsulotning yaroqsiz holga kelishi, sifati buzilishi natijasida mahsulotning roʻyxatdan chiqarilishi va bir vaqtning oʻzida uning miqdoriga teng boʻlgan xuddi shunday moddiy boylikni uning oʻrniga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy resurslarni zaxiradan chiqarish — zaxiradagi moddiy boyliklarni muayyan shartlar asosida yoki begʻaraz tarzda oluvchiga (isteʼmolchiga) berish yoki ularni bozorda sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy resurslarni zaxiradan olib turish — moddiy zaxiralarni keyinchalik uning oʻrniga shunga oʻxshash boʻlgan teng miqdordagi moddiy boylikni qaytarish sharti bilan olib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiradagi moddiy resurslarni almashtirish — standartlar va tayyorlash texnologiyalarining oʻzgarishi munosabati bilan zaxiradagi moddiy boyliklarni chiqarish va bir vaqtning oʻzida uning oʻrnini shunga oʻxshash va shunga teng miqdordagi moddiy boyliklar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy resurslarni masʼuliyatli saqlash — tomonlardan biri (saqlab beruvchi) ikkinchi tomon bergan moddiy resurslarni saqlash va talab qilinganda but holda qaytarishni oʻz zimmasiga oluvchi shartnomaviy munosabatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxirasi — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, dori-darmonlar, tibbiy texnika va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, neft mahsulotlari, shaxsiy himoya vositalari va boshqa moddiy resurslarning maxsus zaxiralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy resurslar zaxirasi — tegishli zaxira yaratuvchi organlar tasarrufidagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda koʻzda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy resurslar zaxiralarini saqlash — saqlanayotgan moddiy resurslarning birlamchi holatda saqlanishini, shu bilan birga, ularga xizmat koʻrsatish, ularni yangilash, almashtirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Zarur holatlarda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat moddiy zaxiralari resurslaridan foydalanish mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun quyidagi turdagi moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari yaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy moddiy resurslar zaxiralari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan respublika favqulodda vaziyatlarini bartaraf etish va 500 dan ortiq odamning hayot faoliyatini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1,0 ming barobaridan koʻpi bilan 5,0 ming barobarigacha boʻlgan miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi budjeti, tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetlari hisobidan mahalliy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va 100 dan kam boʻlmagan va lekin 500 dan ortiq boʻlmagan odamlarning hayot faoliyatini taʼminlash uchun;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning moddiy resurslar zaxiralari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda budjet, budjetdan tashqari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, boshqa tashkilotlarda esa oʻz mablagʻlari hisobidan lokal favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va 100 kishidan ortiq boʻlmagan odamlarning hayot faoliyatini taʼminlash uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarini yaratadigan vazirliklar va idoralar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ularning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimida (keyingi oʻrinlarda FVDT deb ataladi) bajaradigan funksiyalarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Obyektlarning moddiy resurslar zaxiralari fuqaro muhofazasi boʻyicha toifaga ega boʻlgan hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda majburiy tarzda, boshqa tashkilotlarda esa sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar xavfi va manbalarini hisobga olgan holda ushbu tashkilotlarning rahbarlari ixtiyoriga koʻra yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining nomenklaturasi va hajmi, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning prognozi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalari, shuningdek, hududning tabiiy, iqtisodiy va boshqa oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib zaxirani yaratuvchi organlar tomonidan ishlab chiqiladi va quyidagilar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va obyektlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari faqat mahalliy moddiy resurslar zaxirasi tarkibida yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moddiy zaxirasini shakllantirish vazifasi yuklangan tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralarining nomenklaturasini ishlab chiqishda, takrorlanishning oldini olish maqsadida, ularga topshiriqda belgilangan moddiy boyliklarni kiritmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ayrim moddiy resurslarni (oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqalarni) sotib olish va saqlash oʻrniga, ular doimo mavjud yoki muomalada boʻlgan korxonalar bilan shoshilinch yetkazib berish (sotish) yuzasidan tegishli shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunda ushbu moddiy resurslarni sotib olish, saqlash va ushlab turishga moʻljallangan moliyaviy mablagʻlar, zarur boʻlgan holatlarda foydalanish uchun maxsus bank hisobraqamlarida tashkil etiladigan moliyaviy resurslar zaxirasiga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Zaxiraga qoʻyilayotgan moddiy resurslar, agar ularga odamlarning hayot xavfsizligi, salomatligi va atrof-muhit muhofazasiga doir talablar belgilangan boʻlsa, saqlash muddati davomida ushbu talablarga mosligi yuzasidan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Avval foydalanilgan, biroq soz va butlovchi qismlari toʻliq boʻlgan maxsus jihozlarni moddiy resurslar zaxirasiga toʻplashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Moddiy resurslar zaxiralari ular qayerga joylashtirilganligidan qatʼiy nazar davlat yoki ularni tashkil etgan (sotib olgan) yuridik shaxsning mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Moddiy resurslar zaxiralaridan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslar zaxiralari ushbu resurslarni saqlashga moʻljallangan, favqulodda vaziyat hududiga tezkor yetkazib borish imkoni mavjud boʻlgan obyektlarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Moddiy resurslar zaxiralarini saqlashning asosiy vazifasi, ularni butun saqlash muddati davomida miqdor va sifat jihatidan saqlab turish hamda ularning maqsadli foydalanish uchun doimiy tayyorligini taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Moddiy resurslarning miqdor va sifat jihatidan saqlab turishni taʼminlash ularni masʼuliyatli saqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Moddiy resurslar quyidagi holatlarda zaxiradan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflarni bartaraf etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularni yangilash yoki almashtirish munosabati bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Chegaradosh yoki boshqa hududlarda va obyektlarda sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy resurslarni zaxiradan chiqarish, vaqtincha foydalanish sharti bilan, agar boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, zaxira yaratuvchi organ va oluvchi oʻrtasida olti oygacha boʻlgan muddatga tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada vaqtincha foydalanish uchun olingan vositalarni qaytarish tartibi, muddati va shartlari hamda shartnoma talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun sarflangan moddiy resurslarni qayta tiklash tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxiradan ishlatilgan barcha turdagi resurslar uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda qayta tiklanadi. Moddiy resurslarni qayta tiklash muddati ularni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Saqlash muddati tugashi munosabati bilan moddiy resurslar zaxirasini qayta tiklash, ushbu zaxirani yaratuvchi organ tomonidan har yili ishlab chiqiladigan jadval asosida saqlash muddati tugagan moddiy resurslarni tashkilotlar ehtiyoji uchun berish yoki sotuvga chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Moddiy resurslarni zaxiradan chiqarish, ularni vaqtincha foydalanish sharti bilan olish, qayta tiklash va almashtirish, shuningdek, moliyaviy resurslar zaxirasidan foydalanish tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining — fuqaro muhofazasi boshliqlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Lokal favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ushbu obyektning va yuqori turuvchi organlarning moddiy resurslar zaxirasi, mahalliy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun — mahalliy moddiy resurslar zaxirasi, respublika favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun — tegishli hududlarning mahalliy moddiy resurslar zaxirasidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim holatlarda tegishli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiyalarning qarorlariga asosan lokal favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mahalliy moddiy resurslar zaxirasidan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasi yetarli boʻlmagan taqdirda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan mablagʻ ajratilishi yuzasidan asoslantirilgan talabnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Moddiy resurslar zaxiralari bilan ishlashda hisobga olish va hisobotni yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Moddiy resurslar zaxiralarini hisobga olishning asosiy maqsadi ularning miqdor va sifat jihatdan saqlab turishni taʼminlash, foydalanilmayotgan, belgilangan tartibda sotishga chiqarilishi lozim boʻlgan vositalarni aniqlash, mavjud qoldiq toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni olishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Moddiy resurslar zaxiralarini hisobga olish, ular toʻgʻrisida birlamchi hujjatlarni talab darajasida rasmiylashtirish (nomi, soni, navi, markasi va oʻlchami) hamda moddiy resurslarning harakati va sifat (texnik) holatining oʻzgarishlari bilan bogʻliq barcha qaydlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Zaxira yaratuvchi organlar har yili 1-yanvardagi holatiga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy zaxiralarning mavjudligi, foydalanilganligi va qayta toʻldirilganligi toʻgʻrisida hisobot (keyingi oʻrinlarda hisobot deb ataladi) tayyorlashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy zaxiralarning mavjudligi, foydalanilganligi va qayta toʻldirilganligi yuzasidan hisobotlarni taqdim etish ushbu Nizomga ilova qilingan sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mablagʻlar ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan (keyingi oʻrinlarda zaxira fondi deb ataladi) budjet mablagʻlarini ajratish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zaxira fondi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan takliflar tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Zaxira fondi mablagʻlarini ajratish yuzasidan qarorda ajratilayotgan mablagʻlarning umumiy miqdori hamda ularni tadbirlar turlariga koʻra taqsimlanishi koʻrsatiladi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat hududida qutqaruv ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat oqibatida shikastlangan obyektlarda avariya-qutqaruv ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
evakuatsiya qilingan fuqarolarning kerakli biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddatgacha vaqtincha yashashi va ovqatlanishi uchun punktlarni tashkil etish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlar va halok boʻlganlarning oila aʼzolariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarni favqulodda vaziyatning zararli omillaridan muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat hududidan aholini evakuatsiya qilish va ularni doimiy yashash joylariga qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni va obyektlarni muhofaza qilish uchun vaqtinchalik qurilmalarni tashkil etish va qurish, ularni demontaj qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxira fondi mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda zaxira fondidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablagʻlarning hisobi yuritilishini tashkillashtiradi hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxira fond mablagʻlarini oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga zaxira fondidan ajratilgan mablagʻlar ishlatilganligi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari mavjudligi, ulardan foydalanilganligi va ularning qayta toʻldirilganligi toʻgʻrisida hisobotlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Tadbirlar

Masʼul ijrochilar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari mavjudligi, ulardan foydalanilganligi va ularni qayta toʻldirilganligi toʻgʻrisida hisobotlarni (keyingi oʻrinlarda hisobotlar deb ataladi)

Idoraviy, mahalliy va obyektning zaxiralarini yaratuvchi tashkilotlar

Har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 5-yanvaridan kechikmasdan

2-bosqich

Hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga taqdim etish

Mahalliy va obyektning zaxiralarini yaratuvchi tashkilotlar

Har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechikmasdan

3-bosqich

Hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etish

Idoraviy zaxiralarni yaratuvchi tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari

Har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechikmasdan

4-bosqich

Hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevralidan kechikmasdan

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/137/2624-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)