13.02.2019 yildagi PQ-4190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan vaqt mobaynida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish milliy xizmatini takomillashtirish, ruhiy holati buzilishidan aziyat chekuvchi shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalarida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3606-son qaroriga muvofiq aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, psixiatriya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash), shuningdek respublika psixiatriya muassasalari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari bajarilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalari oshirildi, oliy tibbiy ta’lim muassasalarining psixiatriya kafedralarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlari faollashdi. Ilk bor ruhiy xastaliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish, sifatli psixiatriya yordami ko‘rsatishni tashkil etish, ruhiy holat buzilishining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda — Kompleks chora-tadbirlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar manfaatlari yo‘lida ma’muriyatchilik sifatini oshirish, psixiatriya xizmati bilan davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, ruhiy xastaliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish sohasida xususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat buzilishi alomatlariga ega bo‘lgan insonlarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishi va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ruhiyati buzilgan shaxslar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalarida aholining xabardorlik darajasini oshirish, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlarga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj bo‘lgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psixiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini ko‘rsatishda, ayniqsa respublika hududlarida idoralararo multidissiplinar brigada ishi modelini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi amaldagi muassasalar negizida faol terapiyaga va keng ko‘lamli davolash-reabilitatsiya kompleks tadbirlari o‘tkazishga, kundalik vrachlar kuzatuvida bo‘lishga muhtoj bo‘lgan, biroq kunu-tun psixiatriya statsionariga joylashtirilishi shart bo‘lmagan ruhiy holati buzilishi zo‘rayadigan yoki kompensatsiyasi buziladigan shaxslar uchun kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi muassasalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlarini kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.K. Shodmonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini olish imkoniyati, uning samaradorligi va sifatini oshirish, ruhiy holatlar buzilishining ijtimoiy va iqtisodiy yukini kamaytirish, shuningdek aholining ko‘rsatilayotgan davolash-diagnostika va tibbiy-reabilitatsiya yordamidan to‘liq qoniqish hosil qilishiga erishish maqsadida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati faoliyatini yanada maqbullashtirish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga ruhiy holatlar buzilishiga tashxis qo‘yish va ularni davolash klinik protokollarini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni zamonaviy yuqori samarali dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtini xronometrajdan o‘tkazish orqali, aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etadigan mutaxassislar ish hajmi normativlarini, kelgusida shtat normativlariga o‘zgartishlar kiritgan holda qayta ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot taqdim etgan holda, ularning sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan monitoring o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosiga, shuningdek aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilishga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni muntazam tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yuzasidan choralar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini tayyorlash va kiritishda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimovga — Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarni ijro etish yuzasidan mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari rahbarlariga — fundamental va amaliy fanlar rivojlanishini ta’minlash, shuningdek aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qaror maqsadlari va vazifalarini, shuningdek Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlar ijrosining borishini yoritish bo‘yicha maqolalar va mavzuga doir teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4190-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsepsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) asosiy maqsadlari psixiatriya yordamini olish imkoniyati, uning samaradorligi va sifatini oshirish, ruhiy holatlar buzilishining ijtimoiy va iqtisodiy yukini kamaytirish, shuningdek aholining ko‘rsatilayotgan davolash-diagnostika va tibbiy-reabilitatsiya yordamidan to‘liq qoniqish hosil qilishiga erishishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatlarini isloh etishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan ilg‘or mamlakatlar tajribasiga asoslangan yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsepsiya qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda respublika aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar va tegishli tadbirlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qisqa muddatli istiqbolda (2019 — 2021-yillarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar manfaatlari yo‘lida ma’muriyatchilik sifatini oshirish, psixiatriya xizmati bilan davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatini tashkil etishdagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashxis qilish va davolash (shu jumladan, ixtisoslashmagan tibbiyot muassasalarida) standartlarini qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik ularni klinik amaliyot va ta’lim jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘liqni saqlashning ixtisoslashmagan muassasalarida ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek psixofaol moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlar munosabati bilan yordam ko‘rsatish bo‘yicha mhGAP-IG qo‘llanmasi (2.0 versiya)”ni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish sohasida xususiy tibbiyot amaliyoti rivojlanishini rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha hududlarida “go‘daklar psixiatriyasi” xizmatini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan xastalangan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun perinatal skriningni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni, jumladan, aholining ushbu guruhi bilan ishlayotgan barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlari buzilishi holatlari to‘g‘risida tezkor xabardor qilishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamining kasalxonadan tashqari shakllarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamga muhtoj bo‘lgan aholining barcha yoshdagi guruhlarini psixiatriya yordami bilan qamrab olish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi muassasalarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni rekonstruksiya qilish va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordamini ko‘rsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari” metodik tavsiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) o‘rta muddatli istiqbolda (2022 — 2025-yillarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini innovatsion rivojlantirish, yosh jihatidan ruhiy holat buzilishlarini profilaktika, tashxis qilish va davolashning ilg‘or texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini bilan integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarning sport obyektlari, madaniyat muassasalari va boshqa obyektlardan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demensiya to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, shuningdek demensiya bilan kasallangan odamlarni parvarishlayotgan shaxslar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, “tibbiy psixolog va psixoterapevt”, “ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis”, “ijtimoiy xodim” yo‘nalishlari bo‘yicha aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati mutaxassislarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika psixiatriya muassasalarida ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini davolashning innovatsion diagnostik va davolash-reabilitatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordamini ko‘rsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari”ni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolash klinik protokollarini joriy etish orqali yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davolash-profilaktika tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ambulatoriya sharoitida ko‘maklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy dori vositalari va preparatlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslarning yo‘ldosh kasalliklarini tashxis qilish va davolash uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlari uchun — aholi o‘rtasida suitsidal xulq-atvorni profilaktika qilish modullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida obyektiv ma’lumotlarni to‘plash, axborot olishning obyektivligi va tezkorligini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini profilaktika, tashxis qilish, davolash, reabilitatsiya qilish va prognozlash masalalariga innovatsion yondashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy, etnik, yoshga oid, gender va boshqa xususiyatlarni o‘rgangan holda aholining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori darajasini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi stress holatlarining aniq sabablarini, jumladan sud muhokamasi materiallari asosida o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh jihatidan ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashxis qilish, davolash va profilaktika qilish usullarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya xizmatlari faoliyati to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga barham berish masalalarida ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan o‘zaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam to‘g‘risidagi axborotni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar, jumladan, ularning oila a’zolari uchun ta’lim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika bo‘yicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kadrlar salohiyatini mustahkamlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ta’lim standartlarini yanada takomillashtirish orqali ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislarning professional darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati mutaxassislarini tayyorlash va taqsimlash hajmlarini hududlarning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda, aholi soni va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqib optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning ish hajmi normativlarini ish vaqti xronometrajini o‘tkazgan holda qayta ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadr resurslarini jalb etish maqsadida ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari va oddiy tibbiyot xodimlari uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy ta’minotini oshirish va xizmatda o‘sish imkoniyatlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsepsiyani amalga oshirish 2021-yilga kelib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatishning barcha darajalarida sog‘liqni mustahkamlash, profilaktika, tashxis qilish va davolash bo‘yicha xizmatlarning keng doirasidan teng foydalanishni ta’minlaydigan ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh jihatidan ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida aniqlash darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada va ta’lim muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatish hisobiga psixiatrlar yetishmovchiligini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilayotgan psixiatriya xizmati sifatini oshirgan holda davlat va xususiy psixiatriya muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmati mutaxassislarini tayyorlash darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holat buzilishlarining asosiy ko‘rsatkichlarini tizimli monitoring qilish uchun axborot tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
psixiatriya yordamini ko‘rsatuvchi muassasalarning moddiy-texnik va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy salomatlikni muhofaza qilish, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishiga chek qo‘yish, ularga nisbatan noto‘g‘ri tasavvurlarga barham berish masalalarida aholining xabardorlik darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning uzoq vaqt bo‘lish va/yoki yashash muassasalarida bolalar huquqlarining himoyasini ta’minlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsepsiyani amalga oshirish 2025-yilga kelib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion axborot-kommunikatsiya tizimlari asosida ruhiy salomatlik sohasida zarur darajada rejalashtirish va baholashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ruhiy holat buzilishlarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash bo‘yicha kuchli salohiyatni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati yoki xulq-atvori buzilgan shaxslarni tashxis qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning xalqaro standartlarga javob beradigan hamda ilg‘or xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llaniladigan usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga psixiatriya yordami ko‘rsatishning barcha bo‘g‘inlarida ruhiy salomatlikni saqlash bo‘yicha mutaxassislar bilan ta’minlanishini yaxshilash, kadrlarning zarur darajadagi malakasi, ko‘nikma va yuksak professional darajaga yetishishiga motivatsiya yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demensiya bilan kasallangan shaxslar, shuningdek ularni parvarish qilayotgan shaxslarni profilaktika, tashxis qilish va davolash (jumladan, palliativ yordam, reabilitatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash) bo‘yicha xizmatlarning keng doirasi bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruhiy holati buzilgan shaxslar va ularning yaqinlarini ta’lim dasturlari bilan qamrab olish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsepsiyani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Natijalarga erishish darajasi va ularning samaradorligi ilovada keltirilgan indikatorlar bo‘yicha Konsepsiyada nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli ko‘rsatkichlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkichlar

Bugungi kunda*

2021-y.

2025-y.

1.

Psixiatriya dispanseri hisobida turganlar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining qisqargani (foizlarda)

35,3

30

20

2.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar o‘limi darajasining pasaygani (100 ming kishiga)

11,6

10

8

3.

Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi muassasalarning o‘rin (koyka)lar bilan ta’minlangani (100 ming kishiga)

24

25,5

27

4.

Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi statsionar muassasalarda davolanishga takror yotqizilgani (foizlarda)

37,9

30

25

5.

Kunduzgi statsionarlarning joylar bilan ta’minlangani (100 ming kishiga)

1,7

2

2,5

6.

Psixiatriya muassasalari va ularning tarkibiy bo‘linmalari psixiatr vrachlar bilan ta’minlangani (100 ming kishiga)

2,5

3

4

7.

Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi mutaxassislar bilan ta’minlanganlik (ilmiy ma’muriy xodimlar bilan birgalikda, 100 ming kishiga)

3,1

3,5

4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2018-yil uchun rasmiy statistik ma’lumotlar e’lon qilinmaganligi sababli 2017-yil oxiri holatidagi ma’lumotlar keltirilgan.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

“Muruvvat” internat uylariga yuborishga tibbiy ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni qayta ko‘rib chiqish;

“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomni “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil

1-mayga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

O‘zbekiston nogironlar jamiyati (K. Abdullayev),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

2.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi bosh suitsidologi” lavozimlarini kiritish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi

2019-yil

1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

3.

Ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashxis qilish va davolash (shu jumladan, ixtisoslashmagan tibbiyot muassasalarida) standartlarini qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik ularni klinik amaliyot va ta’lim jarayoniga joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi

2020-yil

1-dekabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

4.

Ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolash klinik protokollarini ishlab chiqish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga joriy etish.

Ishlab chiqish

Joriy etish

2019-yil

1-iyunga qadar

2020-2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

5.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik va moliyaviy ko‘magida ruhiy holat va xulq-atvor buzilishining yuki bo‘yicha mamlakat miqyosida tadqiqot o‘tkazish.

Aniq takliflar keltirilgan tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil

1-iyulga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

“Sog‘liqni saqlashning ixtisoslashmagan muassasalarida ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek psixofaol moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlar munosabati bilan yordam ko‘rsatish bo‘yicha mhGAP-IG qo‘llanmasi (2.0 versiya)”ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Ishlab chiqish

Joriy etish

2019-yil

1-oktabrga qadar

2019 — 2025-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov)

7.

“Psixiatriya yordamini ko‘rsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari” metodik tavsiyalarini ishlab chiqish va respublika hududlaridan birida tajriba loyihasini amalga oshirgan holda joriy etish.

Ishlab chiqish

Joriy etish

2020-yil

1-yanvarga qadar

2020-yil

1-dekabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

IIV (D. Nazarmuxamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Ruhiy holat buzilishlarining oldini olish, barvaqt tashxis qilish va davolash choralarini takomillashtirish

8.

Ruhiy holati buzilgan shaxslarni:

samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy dori vositalari;

ambulatoriya sharoitida ko‘maklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun psixotrop preparatlar bilan ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi

2019-yil

1-aprelga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

9.

Ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashxis qilish va davolash sifatini yaxshilash uchun psixiatriya muassasalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-dekabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

10.

Psixiatriya amaliyotida foydalaniladigan Asosiy dori vositalari ro‘yxati va Dori vositalari formulyar ro‘yxatiga psixiatriya xizmati ehtiyojlaridan kelib chiqib, psixiatriya sohasidagi jahon tajribasi va farmaiqtisodiy tadqiqotlarni hisobga olgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi

2019-yil

1-mayga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

11.

Jamoat tashkilotlarini (ularning roziligi bilan) ruhiy holati va xulq-atvori buzilgan shaxslarni profilaktika, barvaqt tashxis va reabilitatsiya qilishda ishtirok etishga jalb etish.

Axborot-multimedia kompleks chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov),

Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva),

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Tug‘ma fenilketonuriya va gipotireozni aniqlash bo‘yicha, neonatal davrning muhim bosqichlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, shuningdek fenilketonuriya va gipotireoz bilan kasallangan bolalarni maxsus davolash ozuqasi bilan ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

13.

Bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilishi holatlari to‘g‘risida tezkor xabardor qilishni joriy etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Psixiatriya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash, psixiatriya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

14.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining psixiatriya kafedrasida umumiy amaliyot shifokorlari uchun psixiatriya kurslarini tashkil etish va o‘tkazish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi

2019-yil
1-avgustga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

15.

Aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning ish hajmi normativlarini ish vaqti xronometrajini o‘tkazgan holda qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik shtat normativlariga o‘zgartirishlar kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

1-sentabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev)

16.

Kadrlar tayyorlash sifati va davolash-tashxis yordamini yaxshilash uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari psixiatriya kafedralarining klinik bazalar bilan o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorligini chuqurlashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

OTMV (I. Madjidov)

17.

Ruhiy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarini tayyorlashning davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

OTMV (I. Madjidov)

18.

Endogen, psixogen va somatopsixik buzilishlarni yosh jihatidan profilaktika, tashxis qilish va davolashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.

Chora-tadbirlar
dasturi

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish

19.

Psixiatriya xizmatlari faoliyati to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga va psixiatriya sohasida salbiy qarashlarga barham berish masalalarida tushuntirish ishlarini olib borish, ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam to‘g‘risidagi axborotni tarqatish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

OTMV (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xodjayev),

O‘zA (A. Kuchimov)

20.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar hamda ularning oila a’zolari uchun ta’lim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika bo‘yicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish.

Ta’lim dasturlari

ishlab chiqish
— 2019-yil

1-avgustga qadar

joriy etish —

2019-yil

1-sentabrdan

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

OTMV (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

21.

Ta’lim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

OTMV (I. Madjidov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xodjayev),

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

V. Sog‘liqni saqlash davlat psixiatriya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish

22.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarining mavjud psixiatriya muassasalari negizida kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish, jumladan:

2019-yilda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida;

2020-yilda — Andijon, Navoiy, Namangan viloyatlarida.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari

23.

Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan kunduzgi statsionarlarga oziq-ovqat ta’minoti uchun budjet mablag‘larini ajratish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Xalqaro hamkorlik

24.

O‘zbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasi faoliyatini tashkil etish va uning Jahon psixiatriya assotsiatsiyasiga (Jeneva sh.) a’zo bo‘lishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

1-sentabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Adliya vazirligi (R. Davletov)

25.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida psixiatriya bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

Tadbirlar
jadvali

tasdiqlash — 2019-yil

1-mayga qadar

amalga oshirish — 2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

OTMV (I. Madjidov)

26.

Psixiatriya muassasalari psixiatr shifokorlarining yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 07/19/4190/2614-son)