Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2664-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2 ilovalar rus tili matnda berilgan.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-fevral,
125-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2019-y., 09/19/125/2610-son)