13.02.2019 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlarni vohaning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy meros obyektlari bilan keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari turlarini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qurilish vazirligining Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida — “Shovot” kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilma obyektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shovot” va “G‘ovuk ko‘l” kichik turizm zonalarining (keyingi o‘rinlarda kichik turizm zonalari deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik turizm zonalarida investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalarining ushbu loyihalarga mutanosib ravishda ajratilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda kichik turizm zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etilishini taminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorazm viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda kichik turizm zonalarining aniq chegaralarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kichik turizm zonalarining aniq chegarasi belgilangandan so‘ng ularning hududida yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda muhandislik infratuzilma obyektlarini tashkil etish, shuningdek, kichik turizm zonalarida issiqlik bilan ta’minlash obyektlarini qurish bo‘yicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kichik turizm zonalarining hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishtirok etish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan qo‘shimcha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar va ijrochilar mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Dasturdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar ularni bajarish holati yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.U. Aqqulov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi 119-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ullar

1.

Urganch shahrining Shovot kanali bo‘yidagi himoya zonasini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda optimallashtirish yuzasidan o‘rganish.

1. “Shovot” kanal bo‘yidagi himoya zonasini optimallashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.

2. “Shovot” kanal bo‘yidagi himoya zonasini optimallashtirish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish.

3. O‘rganish natijalariga ko‘ra asoslangan takliflar ishlab chiqish va Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.

2019-yil 10-mart


2019-yil
20-mart


2019-yil

10-aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi

2.

1. Turkiyaning “Idealist” kompaniyasi bilan Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida “Shovot” kichik turizm zonasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan loyiha yuzasidan 2018-yil 5-sentabrda tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan summaning 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovlarini hamda shartnoma shartlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgandan so‘ng 15 kun muddatda yakuniy to‘lovlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlash.

1. Turkiyaning “Idealist” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 15 foiz miqdordagi to‘lovlarni amalga oshirish.

2. Loyiha bo‘yicha kompaniya bilan tarmoq jadvalini tasdiqlash.

3. Shartnoma shartlari bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgandan so‘ng yakuniy to‘lovlarni amalga oshirish.

4. Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida amalga oshirilgan ishlarni qabul qilib olish.

2019-yil 1-mart



2019-yil 10-mart


shartnomaga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi

3.

Turistlar tashrif buyuradigan obyektlar, umumiy ovqatlanish obyektlari hamda aholi gavjum joylar, markaziy ko‘chalar, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shohobchalari va istirohat bog‘larida Urganch va Xiva shaharlarining tarixidan kelib chiqqan holda, turistlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida har xil noyob haykaltaroshlik namunalarini, jumladan, tarixiy dalillarga asoslangan jang maydonlari va strategik obyektlar o‘rnida (“Ichan qal’a” majmuasidan tashqarida) tarixiy shaxslar timsollarini gavdalantirish, joylashtirish va ular atrofida suratga olish maydonchalari tashkil etish.

1. Turistlar ko‘p tashrif buyuradigan obyektlar, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda aholi gavjum joylar, markaziy ko‘chalar, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shohobchalari va istirohat bog‘larining manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Turli noyob haykaltaroshlik namunalarini, jang maydonlari va tarixiy shaxslar timsollarini gavdalantirish va joylashtirish manzillarini aniqlash.

3. Joylashtirish ishlarini amalga oshirish hamda ular atrofida suratga olish maydonchalarini tashkil etish.

2019-yil davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

4.

Xiva temir yo‘l vokzalidan “Ichan-qal’a” majmuasigacha bo‘lgan ko‘chadagi barpo etilayotgan obyektlarda turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi hududning tarixiy-madaniy muhitiga uyg‘un holda har xil ko‘ngil ochar maskanlar va savdo shohobchalarini joylashtirilishini ta’minlash.

1. Ko‘ngil ochar maskanlar va savdo shohobchalari joylashtiriladigan hududlar manzillarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan manzillar asosida hududning tarixiy-madaniy muhitiga uyg‘un holda har xil ko‘ngil ochar maskanlar va savdo shoxobchalarining joylashtirilishini ta’minlash.

2019-yil davomida

Tashabbuskorlar va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi

5.

“Ichan-qal’a” majmuasining umumbashariy bemisl ahamiyatini, “tirik muzey-shahar” maqomini saqlab qolish, uning hududida yashayotgan tub aholining turmush tarzini yaxshilash, oilalarning o‘ziga xos hunarmandchilik va qadimiy kasb turlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida ayrim oilalarni ularning taklifiga asosan Xiva shahri atrofida barpo etiladigan yangi ko‘p qavatli uylarga bosqichma-bosqich ko‘chirish ishlarining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshirilishini ta’minlash.

Aholini qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni talablariga asosan belgilangan tartibda ko‘chirish.

2019-yil davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi

6.

“Qadimiy Xorazm tarixi”, “Xorazmshohlar” va “Xorazm davlati xonlari” muzey ekspozitsiyalarini yaratish yuzasidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda muzeylarni tashkil etishning aniq muddatlarini belgilash hamda “Qadimiy Xorazm tarixi”, “Xorazmshohlar” va “Xorazm davlati xonlari” tarixini bir nechta davrlarga bo‘lib, muhim davrlar va voqealar, shohlar va xonlar hayotining o‘ziga xos noyob qiziqarli jihatlarini keng yoritib beruvchi taqdimot xonalarini (showroom), oynavand ekspozitsiyalarni tashkil etish.

1. Tarixchi olimlarni va mahalliy aholini jalb qilgan holda, ularning taklif va tavsiyalari asosida ma’lumotlarni saralash va jamlash.

2. Saralangan ma’lumotlar asosida muzey ekspozitsiyalarini yaratish yuzasidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 10-mart



2019-yil 20-mart

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi

7.

Xorazm viloyatiga tashrif buyurayotgan turistlar vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni qadimda o‘tgan xonlar va buyuk sarkardalar hayoti bilan tanishtirish maqsadida turli xil tomoshalarni bir yil mobaynida namoyish etish dasturini, shuningdek, 2019-yilning sentabr oyiga qadar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kinofilmlar, videoroliklarni suratga olish va turistlarga taqdim etish.

1. Qadimda o‘tgan xonlar va buyuk sarkardalar hayotini aks ettiruvchi tomoshalarni tayyorlash.

2. Yil mobaynida yuqoridagi tomoshalarni o‘tkazish dasturini tasdiqlash hamda turistlarga namoyish etish.

3. Hududning tarixda tutgan o‘rni, xonlar va buyuk sarkardalar hayoti hamda boshqa qiziqarli voqealarni o‘z ichiga olgan kinofilmlar hamda videoroliklarning bir nechta tillarda (o‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillar) taqdim etilishini ta’minlash.

2019-yil 10-mart


2019-2020-yillar

Budjetdan tashqari mablag‘lar,

Ijrochilar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,
Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

8.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Yangiariq tumani “Oq machit” qishlog‘idagi “Nemis mennonit”lari yashagan hududda nemislar yashagan davr ko‘rinishini yaratish, shu davrdagi bino va inshootlarni qayta tiklash hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. “Nemis mennonit”lari yashagan hudud to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni saralash hamda jamlash.

2. Saralangan ma’lumotlar asosida ushbu hududni turistik majmuaga aylantirish va loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
10-aprel

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi

9.

Urganch tumanida joylashgan “Ulli hovli” va Xiva shahridagi “Nurullaboy” majmualari hamda Chimboy tumanidagi hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida 2019-yil turizm mavsumiga qadar respublikada turizm sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlar hamda respublika ommaviy axborot vositalari vakillarining axborotturlarini tashkil qilish.

1. Axborot turlarining yo‘nalishini ishlab chiqish.

2. Turizm sohasi subyektlari uchun axborot turlarini tashkil etish.

3. “Dunyo bo‘ylab” telekanali va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot turlarini tashkil etish.

2019-yil 20-mart

2019-yil mart-aprel

Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“Hunarmandlar” uyushmasi,
Xorazm viloyati hokimligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

10.

“Plaza Notel Group GMBN” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan Urganch shahrida 14 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga mehmonxona kompleksini barpo etish.

Shu bilan birga, “Plaza Notel Group GMBN”
(Germaniya) kompaniyasiga Toshkent shahri markazida 350 xonali mehmonxona kompleksini qurish uchun zarur yer maydoni ajratish.

1. “Plaza Notel Group GMBN” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan mehmonxonalar tarmog‘ini barpo etish to‘g‘risidagi loyiha uchun tarmoq jadvalini ishlab chiqish.

1. Turistlar uchun qulay bo‘lgan hamda tashrif markazlariga aylangan obyektlarga yaqin bo‘lgan joylardan Toshkent shahrida mehmonxona qurish uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ta’minlash.

2019-yil 10-mart




2019-yil
1-aprel

-

Xorazm viloyati hokimligi




Toshkent shahar hokimligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

11.

Xorazm viloyatining turizm va transport salohiyatini oshirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Namangan shaharlaridan mahalliy, shuningdek, Frankfurt, Volgograd, Istanbul, Anqara, Izmir, Dehli va Futszyan shaharlaridan Urganch shahriga xalqaro aviareyslarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda yo‘lga qo‘yilishi belgilangan aviareyslarni 3 oy oldin e’lon qilish va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

1. Mahalliy va xalqaro aviareyslar qatnovlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.

2. Mahalliy va xalqaro aviareyslarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

3. Aviareyslarni yo‘lga qo‘yishdan oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik korpuslari orqali keng targ‘ibot ishlari olib borilishini ta’minlash.

2019-yil
10-aprel

-

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 09/19/119/2606-son,)