Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.01.2005 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 11.01.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IXTISOSLAShTIRILGAN “OʻZAUKSIONSAVDO” TAShKILOTINI TUGATISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni sotish bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy qilish jarayonini yanada chuqurlashtirish, markazlashtirilgan ixtisoslashtirilgan taqsimot tizimini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy banki, Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasining Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun ilovaga muvofiq tarkibda tugatish komissiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish bilan bogʻliq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi ikki hafta muddatda respublika norezidentlariga erkin muomaladagi valyutaga xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar (tovarlar) sotish boʻyicha birja savdolari oʻtkazish uchun savdo maydonchasi tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tugatish komissiyasi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotining tugatilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori likvidli mahsulotlarni kim oshdi savdosida sotishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyuldagi 298-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 40-modda) hamda “Mahsulotlarni kimoshdi savdolarida sotish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 22-apreldagi 193-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 40-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-yanvardagi
13-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish boʻyicha komissiya
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakovlev I. G. ‎ —‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Najimov N. E.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Toshmurodov Sh. M. ‎ —‎‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari ‎
Musayev D.A.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Toʻxtabayev T.R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasining raisi ‎
Yusupov U.G. ‎ —‎‎ “Oʻzauksionsavdo” shuʼba korxonasining direktori‎
Hikmatov S.S.‎ —‎‎ “Oʻzauksionsavdo” shuʼba korxonasining iqtisodchi-buxgalteri‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son 7-modda)