Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.01.2005 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IXTISOSLAShTIRILGAN “O‘ZAUKSIONSAVDO” TAShKILOTINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni sotish bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy qilish jarayonini yanada chuqurlashtirish, markazlashtirilgan ixtisoslashtirilgan taqsimot tizimini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy banki, O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotini tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotini tugatish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun ilovaga muvofiq tarkibda tugatish komissiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotini tugatish bilan bog‘liq masalalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin va hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi ikki hafta muddatda respublika norezidentlariga erkin muomaladagi valyutaga xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar (tovarlar) sotish bo‘yicha birja savdolari o‘tkazish uchun savdo maydonchasi tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tugatish komissiyasi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotining tugatilishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori likvidli mahsulotlarni kim oshdi savdosida sotishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyuldagi 298-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 40-modda) hamda “Mahsulotlarni kimoshdi savdolarida sotish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 22-apreldagi 193-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 40-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-yanvardagi
13-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotini tugatish bo‘yicha komissiya
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakovlev I. G. ‎ —‎ Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi‎
Najimov N. E.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi o‘rinbosari ‎
Toshmurodov Sh. M. ‎ —‎‎ Markaziy bank raisining o‘rinbosari ‎
Musayev D.A.‎ —‎‎ Moliya vazirining o‘rinbosari ‎
To‘xtabayev T.R.‎ —‎‎ O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining raisi ‎
Yusupov U.G. ‎ —‎‎ “O‘zauksionsavdo” shu’ba korxonasining direktori‎
Hikmatov S.S.‎ —‎‎ “O‘zauksionsavdo” shu’ba korxonasining iqtisodchi-buxgalteri‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 2-son 7-modda)